Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bolani ijodiyotga qiziqtirish

Hamma birdek aqlli bo'la olmasligi mumkin, lekin har bir bolada ijodkorlik qobiliyati mavjud. Faqat bu qobiliyatni kichikligidan so'ndirmay rivojlantirish kerak. Buning uchun quyidagi maslahatlar sizga yordam beradi:

1. Ijodkorlik avallambor atrof-muhitga bo'ladigan qiziqishdan boshlanadi. Ayniqsa, yoshi 2-6 yoshgacha bo'lgan bolalarda bu qiziqishni rivojlantirish kerak. Bola ota-onaga savol bersa, uni qiziquvchaligi uchun maqtab savoliga batafsil tushunarli qilib javob berish lozim.

2. Bolaning atrof-muhit bilan qiziqishi uchun sharoit yaratib berish kerak. Bola bilan ko'chalarda sayr qilish, muzey va teatrlarga borish, kitoblar o'qish bunga yordam beradi.

3. Bolani kitob o'qishga qiziqtirish lozim. Bola qancha ko'p kitob o'qisa, u shunchalik ko'p dunyoni o'rganadi va unga bo'lgan qiziqishi ortadi.

4. Kitob o'qigandan, biron narsa ko'rganidan so'ng unga bu haqda gapirish uchun imkoniyat bering. Baland ovozda o'z hissiyotlarini ayta olishi juda foydali bo'ladi.

5. Bolaga kun mobaynida xilma-xil savollar berib yurishga odatlaning. Bola o'zi o'ylab ularga javob izlasin. Savollar bolaning yoshiga mos bo'lishi kerak. Bola javob berishda qiynalsa ham, uni o'ylagani uchun, harakat qilgani uchun maqtab qo'yishni unutmang.

6. Bola ijod qilayotganda biron maqsadga erisha olmasa, hech qachon koyimang, buning o'rniga yordamlashib yuboring. Bo'lmasa uning qilayotgan ishiga bo'lgan qiziqishi so'nib qoladi.

7. Bola qiladigan ishni siz emas o'zi tanlasin. Masalan, sizga uning o'qishi kerak bo'lib u hozir chizishni istasa, imkoniyat yaratib bering. Siz aytganingizni a'lo darajada qilsa ham, bu uning ijodiyotini rivojlantirmaydi. Bolada amaliyotni tanlash huquqi bo'lishi kerak.

8. Bola yasagan yoki chizgan narsalarini hech qachon tashlab yubormang. Iloji bo'lsa, ularni uyning ko'rinarli joyiga yasatib qo'ying. Shunda bolada o'ziga nisbatan va qilayotgan ijodiga nisbatan ishonchi ortadi.

{xtypo_quote}Ma'naviy tomondan boy bola yomonlik qilishi juda qiyin.{xtypo_quote}

9. Bolaning ijodiy ishlarini hech qachon boshqa bolalarniki bilan solishtirmang.

10. Nihoyat ohirgi maslahat, bolaga ijod qilishni o'rgatib bo'lmaydi. Bola o'zi qiziqib bir narsa yaratishga harakat qilishi kerak. Ana shunda haqiqiy ijodkorlik qobiliyati uyg'onadi.

Farzandingiz qanchalik kreativ-ijodkor ekanligini bilib oling.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu aleykum qadrdonlarim, sog' omonmisizlar? bolajonila yaxshimi? men ham bugun shu yerdaman)))
    • muyassar2017
    • muslima1's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • Qo'llaringiz dard ko'rmasin!!! Meni ham shu bir niyyatim bor uyimda tandirim bo'lishini hohlayman! InshaAlloh somsa non yopgim keladi!!! Sevaraxon nonlarizni retsepini ham yozib qo'ying!!! Gazda qilsa ham bo'ladi albatta shu qiziqishim borde tandirga, eshitishimcha ko'tarib yursa bo'ladigan tandir chiqqanmish !!! Alloh nasib qilgin ilohim oshxonlarim kengaysin !!!!
    • muslima1
    • uzbaby's Avatar
    • Uzbaby.uz-2018
    • Sovg'alar haqida ma'lumotni tez kunda e'lon qilamiz.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Pazanda qo'li shirin qizlarjon-dugonajonlar. negadur Bolalar taomlari konkursida jim jitlik. Texnik qiyinchiliklar bo'lsa aytingiz, bartaraf qilishga harakat qilamiz.
    • uzbaby

Davomi »

loading...