Chet elda o'sayotgan o'zbek bola

Qancha-qancha yurtdoshlarimiz chet ellarda hayot kechirib kelmoqdalar. Albatta bunday hayotda o'z qiyinchiliklari mavjud bo'lishi ajab emas. Bu qiyinchiliklardan biri chet elda bolalar ona tili muammosiga duch kelishidir.

Bola o'z ona tilini unutib yuborayotgan bo'lsa nima qilish kerak? Ko'chada chet ellik bolalar bilan muloqotda bo'lganida qiyinchilik bo'lmasligi uchun nima qilish kerak? Agar onasi o'zbek bo'lib otasi chet ellik bo'lsa-chi? U holda axir bolada ikki tili ona tili bo'lib qoladi-ku?


1. Farzand tug'ilishi bilanoq har bir ota-ona u bilan o'zining ona tilida gaplashmog'i lozim. Ota-ona ham bu holda o'z ona tilini y'ani o'zbek tilini mukammal bilmog'i darkor.
Agar bolaning onasi o'zbek bo'lib, otasi chet ellik bo'lsa, u holda ota-onalari har biri farzandi bilan o'z ona tilida gapirmog'i lozim. Nafaqat farzandi bilan, balki o'zaro ham o'z tillarida gaplashmoqlari lozim. Bu holat bolada ikki tilga moyillikni tug'diradi.

2. Bola bilan gaplashayotganingizda gap orasida boshqa tildagi so'zlarni aslo ishlatmang. Bu holat bolaning boshida adashishlarni keltirib chiqaradi.

3. Agar bolangiz o'zbek tilidan tashqari yana bir tilni ona tili darajasida bilishini istasangiz u holda farzandingiz bilan bir odam faqat o'zbek tilida, biri esa faqat chet tilida boshqa til so'zlarini umuman aralashtirmasdan gapirmog'i lozim. Boshida qiyin bo'lsada keyinchlik bola bu ikki tilni bemalol o'zlashtirib oladi.

4. Chet elga kelishdan oldin farzandingiz ikki tilni bilsa, u holda chet tilini bu yerga kelib o'zlashtirishi osonroq bo'ladi. Lekin 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalarda yangi chet tili asosiy tili bo'lib qolishi mumkin. Bu holda siz u bilan muomala qilayotganingizda aslo yangi tilda muloqot qilmang.

Yangi tilni o'rganish 7 yoshdan keyin bo'lgani yaxshi. Shu yoshda bola o'z ona tilida bemalol so'zlasha oladigan payti bo'ladi.
Albatta bola bir nechta tilda gapira olishi bu yaxshi, lekin bu uning ona tiliga bo'lgan munosabatiga ta'sir etmasligi lozim.

5. Ikki til mavjud bo'lgan sharoitda o'sayotgan bolalar nutq darajasi albatta sekinroq bo'ladi. Shuning uchun ularga ona tili va ikkinchi til degan izohni tushuntira olishingiz lozim.

6. Chet elda o'sayotgan bolalar maktab bog'chalarga chiqib u yerda chet tilida gapirib ona tilida gapirishga uyaladigan holatlar ham paydo bo'ladi. Bu holatga aslo yo'l qo'ymang. Bola boshidanoq anglashi kerak, oilada u o'zbek tilida do'stlari bilan chet tilida muloqotda bo'lmog'i lozim.

7. Ota-ona ikki til egasi bo'lgan oila farzandlarida ko'proq duduqlanish holatlari bo'ladi. Bu holat asosan 2-5 yoshlarda namoyon bo'ladi. Duduqlanish alomatlarini sezsangiz darhol mutaxassisga uchrating.

8. Bola faqat oilada o'zbek tilida gapirishi keyinchalik boshqa o'zbek bolalari bilan o'zbek tilida gapira olishi garovi emas. Shuning uchun bolangizni boshqa o'zbek bolalari bilan, yoki o'zbek to'garaklariga muloqot uchun olib borib turing. Aks holda u faqat ota-ona bilan o'zbek tilida gapirish kerak degan fikr bilan qolib ketadi, bu esa keyinchalik unda o'zbek bolalar bilan do'stlashishda, muloqot qilishda psixologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ovulyatsiya haqida savol va javoblar
    • Bazal harorat menda 37.2 dan boshlanib kotarildi 5 kundan beri olchayapman 37.2 dan 37.5ga kotarildi🤔 normami yo kuchli yaliglanishmi togrisi tushunme qoldim. Orgatilar 😓
    • Ummu Soliha
    • mavluda1492's Avatar
    • Iltimos, maslahat bering.
    • Raxmat Muslima! Sizdan bitta narsa so'ramoq4idim D calsin neo haqida ma'lumotga egamisiz? Doktor wu dorini yozgandi man retseptni yuqotib quydim internetdan ma'lumot chiqmayabdi bu qanday wakldagi calsiy ekanligini bilmayabman qizim suyuq dori i4maydi degandim tabletka ko'riniwidagim yoki bowqa bilolmayamban. Agar dori haqida bilmasangiz bolaga calsiy tabletkasini bersam buladimi
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

loading...