Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ona tilini unutmaslikka harakat

Ona tilini saqlab qolish uchun uni yetarli darajada muomalada bo'lishini ta'minlash kerak. 

Ya'ni ona tilidagi adabiyotlar, madaniy qo'llanmalar, video va audio materiallar mavjudligini, bolada boshqa o'zbek bolalari bilan o'zbek tilida muomala qilish sharoitini yaratib berish kerak. Chet tilidagi adabiyot yoki teledasturlarni bolaga o'zbek tilida tushuntirish kerak. Kattaroq bolalarga esa gumanitar fanlarni o'zbek tilida o'qitish lozim, yoki o'zbek tilidagi gumanitar adaiyotlar bilan bolani tanishtirish lozim (tarix, adabiyot, geografiya, madaniyat). O'zbek tilidagi to'garaklarga qatnashish juda ham ijobiy natija keltiradi. U yerda bola o'zbek tilida gapiradigan o'qituvchidan tashqari tengdoshlarini ham uchratadi.

Ko'pincha maktab yoshidagi bola ona tilini unutib yuborishi kuzatiladi. Bog'cha bollarida ham bu hol uchraydi, lekin ota-onalar ko'proq ona tilida muloqot qilib, video, audio dasturlardan foydalansalar, ona tilini unutib yuborish qiyin bo'ladi.

Bola bilan iloji boricha ko'proq o'zbek tilida gapiring. Bu oddiy gaplar emas, balki his tuyg'ular mujassam etilgan gaplar bo'lishi kerak. Sizning gapingiz, nutqingiz qanchalik to'g'ri va ravon bo'lsa, bolaning nutqi ham shunchalik to'g'ri va ravon rivojlanadi. O'zbek tilining boyligini ko'rsata bilishimiz kerak. Ya'ni tabiatning go'zalligi, hayvonlarning gapirishi, baxt, sevgi, hayot, yaxshilik va yovuzlik kabi tushunchalarni imlo ishoralar bilan emas, balki so'z va ta'riflarni iloji boricha ko'p ishlatgan holda nutq orqali ifoda qilish kerak.

O'zbek qoshiqlarini ko'p tinglating. Ayniqsa bolalar aytgan qo'shiqlar bola qulog'i bila osonroq qabul qilinadi. O'zbek tilida kitob o'qib berayotganingizda albatta bolangiz kitob nima haqida ekanligini sizga o'zbek tilida aytib bersin. Kitob uning yoshiga mos bo'lmog'i lozim. Aks holda bolaning psixikasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. (Duduqlanish)

Bola sizga savol bersa, javobni to'liq, tariflarga boy qilib bering. Bolada javobingiz orqali obraz paydo bo'lishi kerak. Rasmni ko'rsatib bolangiz rasmda nima borligini sizga aytib bersin. Lekin bundan oldin siz unga to'liq, chiroyli qilib rasmni ta'riflab berishingiz kerak bo'ladi.

Bola o'zi ham she'r va qo'shiqlarni yodlashi lozim, nutqi uchun foydali. Ushbu saytda O'zbek tilidagi she'rlar ni topishingiz mumkin.

Bolangizni ertaklar to'qishga qiziqtiring. Bola to'qigan ertak uning nutqi rivojlanishiga olib keladi.

Bola bilan o'zbek tilini qiziqarli o'rganish jarayoniga do'stlaringizni ham jalb qiling. Masalan she'rlar oqshomini uyushtirib, u yerga kelgan barcha o'zbek bolalariga she'r yodlating, ularni rag'batlantirib sovg'alar bering. Bolangiz ishtirokida o'zbek tilida kino oling. Kinoda bolaning o'yinlari, sevimli o'yinchoqlari ishtirok etishi mumkin. Uydagi hamma narsalarga nom bering, buvijoniga xat yozdiring, ko'chada aylanib yurayotganingizda atrofdagi ko'rayotgan narsalarga nom berib o'ting.

Har bir ota-ona o'z bolasini juda yaxshi biladi. Shuning uchun bolangiz ona tilini, ya'ni o'zbek tilini unutib yubormasligi uchun siz yordamingizni ayamashingiz lozim.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Bolajonlarimizga berayotgan dori vositalarimiz
    • Muslima Levakarantin tarkibli dori haqida an4a oldin yozgan ekansiz wu dorini i4irganmidiz aynan nima sababdan? Bizgayam 2 oylikda privivka oliwdan oldin nevropatolog ko'rikidan o'tganimizda bola sog'lom degan lekin wu bn intellan degan dori i4iriwni tavsiya qilgan wowib instruksiyasini ko'rmasdan olganmiz keyin o'qib juda ku4li dorilar bo'lgani un i4irmaganman hozir ham turibdi wu dorilar
    • mavluda1492
    • uzbaby's Avatar
    • TELEGRAM kanaliga obuna bo'ling!
    • Qizlarjon bizning saytimizda Uzbaby.uz telegram kanali ishga tushdi. Sayt rivoji uchun hissangiz qo'shmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanalga ssilkani ( telegram.me/uzbaby ) do'stlaringizga, siz bilgan guruxlarga TELEGRAM orqali tarqatib yuboring. Kanalimizga qancha ko'p odam obuna bo'lsa, biz shunchalik rivojlanamiz, shunchalik ko'payishamiz! Rahmat.
    • uzbaby

Davomi »

loading...