Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

ona tili

Chet elda tug'ilgan va o'sayotgan bolada ikki tilni bilish muammosi tug'iladi. Ya'ni u yashayotgan mamlakat tilini bilishi kerak va shu bilan birga o'z ona tilini ham o'rganmog'i yoki unutmasligi talab etiladi. Shu shartmi? 

Shart deb javob berish qiyin, chunki har bir oilaning o'z qarashi, o'z maqsadi va niyati bo'ladi. Undan tashqari ayrim holatlarda bolaga bir nechta tilni o'rgatish yoki u bilan bir nechta tilda suhbatlashish mumkin bo'lmaydi. Shuning uchun har bir ota-ona o'z farzandiga nima kerakligini tanlashi kerak. Savolimizga kelsak, "Yaxshi bo'lar edi", deb javob bergan bo'lar edik. Chunki,

Birinchidan, bola qancha ko'p bilimga ega bo'lsa, hayotda unga shuncha foydali bo'lishi mumkin. Ona tilini o'rganish uchun imkoniyat juda katta. Bu ota-onaning so'zlashuvi, qarindoshlar bilan muloqotda bo'lish, oson topiladigan ona tilidagi adabiyot va materiallar. Bunday imkoniyat bo'lganda, maxsus repetitorlardan foydalanmay, bolani dars qil deb qiynamay osongina tabiiy ravishda qo'shimcha bir til egasi bo'lishiga hsaroit bo'ladi.

Ikkinchidan, til o'rganish xotirani charxlaydi. Demak, bola qancha ko'p til bilsa, u boshqa bilimlarni olishda ham qiynalmaydi.

Uchinchidan, yoshligidan til o'rgatish oson kechadi, bola yangi tilni tez qabul qiladi. Keyinchalik vatanga qaytganda darsga borib tilni o'rgangandan ko'ra yoshligidan uni unutmaslikka harakat qilgan yaxshi.

To'rtinchidan, ona tilini bilgan bola ona yurtiga, Vataniga nisbatan hurmati bo'ladi. Chet elda o'sayotganda Vatan tuyg'usini bolaga singdirishi foydadan xoli bo'lmaydi.

Beshinchidan, bola chet elda o'sayotgani bilan uning buvilari, qarindoshlari ona yurtida yashamoqdalar. Ular bilan munosabat yo'q bo'lib ketmasligi uchun bola ona tilini unutmasdan, ular bilan vaqt-vaqti bilan so'zlashib turgani muhim.

Oltinchidan, agar chet elda butunlay qolib ketish niyat bo'lsa qo'shimcha til zarar keltirmaydi, kelajakda ona yurtga qaytish ko'zda tutilsa, bola yoshligidan ona tiliga yangi bir til sifatida emas, o'z tili sifatida qarashi lozim.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub
    • Tushunishim bo'yicha ushbu konkurs bekor qilinishi kerak. Dekabr oyiga qadar bu yerga maktub yozilmsa, u holda ushbu konkurs bekor qilinadi Ishtirok etadiganlarga rahmat.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Tushunishim bo'yicha ushbu konkurs bekor qilinishi kerak. Dekabr oyiga qadar bu yerga maktub yozilmsa, u holda ushbu konkurs bekor qilinadi Ishtirok etadiganlarga rahmat.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari-4 konkursi g'olibini aniqlash
    • G'olib qizlar to'liq manzilingizni shaxsiy xabar orqali kutaman. Faqat hozircha sovg'alar yuborilmay turiladi. Chunki dekabrda natijasi chiqqan yana bir qator konkurslar natijasi bo'yicha siz ham g'olib bo'lib chiqsangiz sovg'alar qo'shilib jo'natiladi. Rahmat.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari - 4 (yakunlandi)
    • G'olib qizlar to'liq manzilingizni shaxsiy xabar orqali kutaman. Faqat hozircha sovg'alar yuborilmay turiladi. Chunki dekabrda natijasi chiqqan yana bir qator konkurslar natijasi bo'yicha siz ham g'olib bo'lib chiqsangiz sovg'alar qo'shilib jo'natiladi. Rahmat.
    • uzbaby

Davomi »