Disleksiya yoki xato bilan gapirish

Maktab yoshidagi bolalarning 15% ida disleksiya muammosi mavjud bo'ladi. Bunda bolaning gapirishi, so'zlar talaffuzi to'g'ri bo'lishiga qaramay qat'iy nazar o'qiyotganda juda ko'p xato qiladi. Ota-onasi bir necha marta to'g'rilasa ham, bola o'z holicha umuman tushunarsiz qilib o'qiydi.

Buning sababi bolaning aqliy rivojlanishi emas. Bola juda aqlli bo'la turib, disleksiyasi bo'lsa, hech qachon to'g'ri o'qiy olmaydi. Chunki bolada nutqni qabul qilish va to'g'ri eshita olish qobiliyati rivojlanmagan.

Agar maktab yoshidagi bola sekin-sekin o'qisa, bu normal holat, lekin o'qiyotganda bir xil tovushlarni yoki bo'g'inlarni qoldirib ketib yoki, aksincha, o'zidan qo'shib yuborib, so'zlarni oxirigacha o'qimay, o'qiyotgan narsasini ma'nosini tushunay olmayotgan bo'lsa, u holda mutaxassis bilan maslahatlashib ko'ring.

Ushbu holatlarning sababi disleksiya yoki bolaning aqliy rivojlanishi bo'lishi mumkin. Agar disleksiya bo'lsa, u holda bola bilan muntazam ravishda maxsus nutq mashg'ulotlari o'tkazish tavsiya etiladi. Aqliy rivojlanish tufayli bola yomon o'qisa, u holda ota-onaning o'zi bola bilan shug'ullanishi, ya'ni kitoblarni ko'proq o'qib berish, bola bilan puzl va origami yasash, bolani intellektual rivojlantirishi talab etiladi.

Disleksiyaning asorati disgrafiya bo'lishi mumkin. Bola tovushlarni to'g'ri o'qiy olmagani uchun tovushlarni noto'g'ri eshitayotgani uchun so'zlarni xato bilan yozadi. Albatta yozishni endi o'rgangan bolalarga bu taaluqli emas. Lekin yillar davomida ayrim so'zlarni muntazam ravishda noto'g'ri yozishi disgrafiya muammosi mavjudligidan dalolat beradi. Masalan, "olma" so'zining o'rniga "omla" yozadi yoki "mushukcha" ning o'rniga "mushuchka" deb yozishi mumkin.

Disgrafiyani ham vaqtida aniqlab maxsus logopedik mashg'ulotlar qo'llanilsa muammo bartaraf etiladi.
Ko'pincha ota-onalar disleksiya yoki disgrafiya mavjudligidan xabari bo'lmay, farzandi yomon o'qishiga uning o'zi sababchi deb o'ylaydilar. Aslida juda aqlli va zukko bola disleksiya muammosi bilan hech qachon to'g'ri oqzib yozay olmaydi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Iltimos, maslahat bering.
    • Raxmat Muslima! Sizdan bitta narsa so'ramoq4idim D calsin neo haqida ma'lumotga egamisiz? Doktor wu dorini yozgandi man retseptni yuqotib quydim internetdan ma'lumot chiqmayabdi bu qanday wakldagi calsiy ekanligini bilmayabman qizim suyuq dori i4maydi degandim tabletka ko'riniwidagim yoki bowqa bilolmayamban. Agar dori haqida bilmasangiz bolaga calsiy tabletkasini bersam buladimi
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

loading...