Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Egizaklarning tili chiqishi

Egizaklarning rivojlanishida ularning nutqiga alohida ahamiyat qaratish talab etilar ekan. Ko'pincha egizaklar to'g'ri gapirishni boshqa bolalardan ko'ra kechroq, ya'ni 3 yoshdan oshgandan keyin o'rganadilar.

Bolaning tili chiqishi kattalarning u bilan qilinayotgan muloqotiga bevosita bog'liqdir. Egizaklarning ota-onasiga esa har bir bola bilan muloqot qilishga vaqt ajratish juda qiyin bo'ladi. Shunda egizaklar bir-biri bilan gaplashishga o'rganib qolishadi. Faqat ular haqiqiy tilda gapirishni o'rganmay, faqat ikkalovi uchun tushunarli bo'lgan tilda muloqot qilishga o'rganib qolishadi va kattalar tiliga o'tishga shoshilishmaydi.

Shuning uchun kattalar qanchalik erta egizaklar nutqiga ahamiyat berishsa, shunchalik oson ularning tili chiqishiga yordam bera oladilar.

Agar egizaklar 3 yoshdan keyin ham ravon va tushunarli so'zlasha olmasa u holda logoped bilan maslahatlashish talab etiladi.
Shuni unutmangki, nutq rivojlanishiga ko'plab omillar ta'sir qiladi. Bu nutq apparatidagi tug'ma nuqsonlar bo'lishi ham mumkin, bolaning psixologik salomatligi, kattalarning bola bilan munosabati va boshqalar. Asl sababini vaqtida bilish keyinchalik bolaning aqliy rivojlanishida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan muammolarni oldini oladi.

Kichik ayyorliklar:

  • Agar bolani og'zi ko'pincha ochiq holatda bo'lsa, demak uning og'iz mushaklari yetarlicha rivojlanmagan bo'ladi. O'yin davomida, televizor ko'rayotganda uning og'ziga ingichka solomka solib qo'ying. Bola solomkani tushirib yubormasligi uchun uni lablari bilan siqishga harakat qiladi, bu esa uning nutq apparati mushaklarini kuchaytiradi.
  • Bola "sh", "j", "r", "l" harflarini talaffuz eta olmayotgan bo'lsa, u holda uning tili osti bo'g'ini kaltaroq bo'lishi mumkin. Uni tabiiy ravishda cho'zish uchun bolaga tarelkaning sathidan qolgan ovqatni yoki murabboni yalashini so'rang. Albatta bu juda xunuk odat, lekin jarrohlik yo'li bilan til ostidagi bo'g'inni cho'zishdan ko'ra tabiiy yo'ldan foydalanib ko'rish yomon bo'lmaydi.
  • Bolani nutqi ravon va yoqimli bo'lishi uchun u yoshligidan ko'p musiqa eshitish kerak. Faqat televizordagi musiqadan tashqari bolalar uchun maxsus klasik musiqalar, ota-onaning qo'shiq hirgoya qilishlari, bolalar qo'shiqlari juda foydali bo'ladi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Самира's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Ассалому алайкум. Хайрли кеч қизларжон 2бетни уқидим сабрим етмади охиригача уқишга 193тагина экан узиям. Нан смеси хақида гап кеткан жойини уқигандим. Мен уғлим бн бальницада ётканимда нан смесини 3уринда эканини билшандим. Оналарга энг яхши смесларни тавсия қилиш варақчасида нестажен 2чи уринда эди. Нестажен таркибида...
    • Самира
    • Ezozaxon's Avatar
    • Onash Qizalog'imni yetkazganiga Shukur!
    • Assalomu alekum silani tug'ish hikoyelani maroq bilan o'qib chiqqanimdan beri manam o'zimmi hikoyamni yozishni niyat qilib qo'ygandim faqat nimadan qanaqa qilib boshlashni bilmayotuvdim.. Bir boshdan boshlidigan bo'sam oktyabr oyini oxirlarida to'yimiz bo'ldi. Hayzim kelishiga 10 kunlacha boridi ushanda, 10 kun tugul 1 oydanam oshib kettiki hamon jim-jitli... Baribir birinchizi bir boshqacha intizorlik bilan kutarkansiz shu bir oy ichida ichim qizib sabrim chidami qanchadan qancha testlani qilib ko'rmadim hammasida 1 ta chiziqcha keyin ishxonamda uziga tushdim uzidayam hich gap yo'q. Uzuchiyam...
    • Ezozaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby

Davomi »

loading...