Bola nutqi rivojlanishi

Bolaga ovqat yedirayotganingizda hech qachon zo'rlamang. Bolaga o'z xohishi bilan yegan ovqat unga zo'rlab yedirilgan ovqatdan ko'ra ko'proq foyda keltiradi. Bolaga ovqat yedirishda onalar ayorliklarga borishi lozim.

1. Bolani ovqatga qiziqtiring.

Buni amalga oshirishning eng oson usuli bu patnisga chiroyli qilib rangbarang taomlardan terib qo'yib bola oldiga qo'ying. U o'z xohishi bilan tanlay olganidan xursand bo'lib taomga cho'ziladi. Patnisga terilib qo'yiladigan taomlar quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • Avokadodan qayiqlar;
  • Pishloq kubiklari;
  • Bananli g'ildiraklar;
  • Brokkolidan yasalgan daraxt;
  • Boshoqli tayyor ovqatdan yasalgan uzukchalar, koptokchalar va hokazo;
  • Olmali oy-momo;
  • Tuxumdan yasalgan qayiqchalar;
  • Turli shakldagi rangbarang makaron mahsulotlari.

Bunday patnisni bola stuliga qo'ysangiz, kun mobaynida bola o'ynab turib, patnisni oldiga kelib xohlagan taomidan iste'mol qilib yuradi.
Bola patnisni ag'darib yuborayotgan bo'lsa, demak bunday ovqatlanish unga hali erta deb biling. Agar patnisga qiziqishi uyg'onmasa, u holda patnisdan siz ham ishtiyoq bilan taomlardan tating, sizga ergashib qaytaradi.

Bolaga to'liq og'zi bilan chopib yoki sakrab yurishni ta'qiqlang. Qattiq qaqalib qolishi mumkin!!!

2. Taomga maza bering.

Bir yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan davrda bolalar ayniqsa narsani suyuqlikka botirishni xush ko'radilar. Agar bolangiz qaynatilgan sabzavotlarni yeyishdan bosh tortsa, unga u sabzavotlarni maxsus tayyorlangan souslarga botirib yeyishni ko'rsating.

Souslar:

  • Guakamole-avokadodan tayyorlangan sous;
  • Pishloq sousi;
  • Yogurt;
  • Tofudan tayyorlangan sous;
  • Mevali pyurelar.

3. Ovqat yeyish oson bo'lishini ta'minlang.

Bolani og'zi hali juda kichik bo'lib ovqat chaynash funksiyasi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Shuni inobatga olgan holda, ovqat mahsulotlarini kichik qismlarga to'g'rab, go'shtli mahsulotlarni pashtet shaklida berib, pishloq kabi mahsulotlarni yumshatib bersangiz bolaga yeyish oson bo'ladi.

4. Ayrim mahsulotlarni yedirish juda qiyin bo'lsa u holda ichiring.

Masalan, sabzavotli sharbatlar, yogurtdan tayyorlangan mazali kokteyllar, mevali sharbatlar. Bolaga chiroyli idishda trubochkadan ichishni taklif qilsangiz yo'q deya olmasa kerak.

5. Ovqat kamroq ko'rinsin.

Bolani oldiga likopchani to'ldirib ovqat qo'yib uni cho'chitmang. Undan ko'ra ozginchadan oldiga qo'yib tez-tez olib keling. Ko'p ovqatni ko'rgan bola hammasini yeyish kerak ekan deb, boshidanoq uni ist'emol qilishdan bosh tortadi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Iltimos, maslahat bering.
    • Raxmat Muslima! Sizdan bitta narsa so'ramoq4idim D calsin neo haqida ma'lumotga egamisiz? Doktor wu dorini yozgandi man retseptni yuqotib quydim internetdan ma'lumot chiqmayabdi bu qanday wakldagi calsiy ekanligini bilmayabman qizim suyuq dori i4maydi degandim tabletka ko'riniwidagim yoki bowqa bilolmayamban. Agar dori haqida bilmasangiz bolaga calsiy tabletkasini bersam buladimi
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

loading...