Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bola salomatligi

Baliq organizm uchun juda kerakli foydali elementlarga boy. Shuning uchun baliqli taomlar juda foydalidir. Oddiy go'shtidan farqli ravishda baliq go'shti organizmga oson qabul qilinadi. Undan tashqari baliq oson qabul qilinadigan va juda kerakli bo'lgan oqsil, temir, magniy, mis, sink va B2. B12. PP vitaminlarining manbaidir.

Dengiz balig'i esa qo'shimcha ftor va yod moddalariga ham boy.

Baliq yog'lari juda foydali OMEGA-3 yog'laridan tashkil topgan. Bu yog'ning organizmga yetishmasligi yurak va ko'z kasalliklariga, o'sish darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Kichik yoshdagi bolalar uchun esa OMEGA-3 yog'lari ko'z to'r pardasini shakllanishi uchun zarur.

Ammo shu bilan bir qatorda baliq go'shti allergik mahsulot hisoblanib, allergiyaga moyil bolalar uchun uni ehtiyotkorlik bilan yedirish lozim.

Baliq go'shtini bolaga qo'shimcha ravishda 9 oydan keyin berish tavsiya etiladi. Baliq go'shtidan tayyorlangan pyureni sabzavotlar bilan aralashtirib, 1 choy qoshiqdan berishni boshlash lozim.

Bola 1 yoshiga yetguncha baliqli taomlar kuniga 100-150 grammdan oshmasligi darkor.

Agar mol go'shti bola organizmida 5 soat davomida xazm qilinsa, baliq go'shti 3 soatda hazm qilinadi.

Dengiz balig'i daryo balig'idan ko'ra tozaroq va foydaliroq hisoblanadi.

Agar bolada baliqqa nisbatan allergiya bo'lsa, u holda baliqni unga nafaqat yedirish, balki uni oldida baliqli taom tayyorlash ham mumkin emas. Chunki tayyorlanish jarayonida baliq go'shtining kichik zarrachalari havoga tarqalib bolada allergik reaksiyani yuzaga keltirishi mumkin.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Самира's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Ассалому алайкум. Хайрли кеч қизларжон 2бетни уқидим сабрим етмади охиригача уқишга 193тагина экан узиям. Нан смеси хақида гап кеткан жойини уқигандим. Мен уғлим бн бальницада ётканимда нан смесини 3уринда эканини билшандим. Оналарга энг яхши смесларни тавсия қилиш варақчасида нестажен 2чи уринда эди. Нестажен таркибида...
    • Самира
    • Ezozaxon's Avatar
    • Onash Qizalog'imni yetkazganiga Shukur!
    • Assalomu alekum silani tug'ish hikoyelani maroq bilan o'qib chiqqanimdan beri manam o'zimmi hikoyamni yozishni niyat qilib qo'ygandim faqat nimadan qanaqa qilib boshlashni bilmayotuvdim.. Bir boshdan boshlidigan bo'sam oktyabr oyini oxirlarida to'yimiz bo'ldi. Hayzim kelishiga 10 kunlacha boridi ushanda, 10 kun tugul 1 oydanam oshib kettiki hamon jim-jitli... Baribir birinchizi bir boshqacha intizorlik bilan kutarkansiz shu bir oy ichida ichim qizib sabrim chidami qanchadan qancha testlani qilib ko'rmadim hammasida 1 ta chiziqcha keyin ishxonamda uziga tushdim uzidayam hich gap yo'q. Uzuchiyam...
    • Ezozaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby

Davomi »

loading...