Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

bolalarda bronxit

Bronxit kasalligiga bronxlar(asosan ularning shilliq pardasi)ning yallig'lanishiga aytiladi. Bronxit surunkali va o'tkir ko'rinishda bo'ladi.

Bronxit bolalarda qanday namoyon bo'ladi?

Bola shamollaganda, tomog'i og'riganda yoki burni oqqanida, ushbu holatlarni keltirib chiqaruvchi virus bronxlarga o'tib ketishi mumkin. Shunda bronxlar yallig'lanadi, shishadi va suyuqlik bilan qisman bekilib qoladi.

Bronxit asosan virus tufayli yuzaga kelsa, ba'zida uning sababchisi bakteriya, allergiya yoki yomon havo (tutun, sigaret va kimyoviy chiqindilar isi) bo'lishi ham mumkin.

Ikki yoshgacha bo'lgan chaqaloqlarda bronxitning asosan virusli shakli namoyon bo'ladi.

Bolada bronxit ekanligini qanday bilsa bo'ladi?

Bronxit 2 xil bo'ladi. O'tkir va surunkali shaklda.

O'tkir bronxit alomatlari:

  • Tomoq og'rishi, burun oqishi va shamollashning boshqa alomatlari;
  • Kasallik boshlanishida quruq yo'talning bir necha kun o'tgach balg'amlik yo'talga aylanishi;
  • Yo'talganda yashil yoki sar'gish rang balg'am ajralishi;
  • Yo'talish davomida bolaning ko'krak qafasida og'riq bo'lishi;
  • Yotalning tovishi dag'al chiqishi;
  • Bola chuqur nafas olaolmasligi(agar bola nafas olishda juda qiynalsa, u holda unda astma yoki o'pkaning boshqa kasalliklari ham borligiga shubha qilsa bo'ladi);
  • Nafas olishda xushtak chalishi.

Yuqoridagi alomatlar oylar yillar davomida namoyon bo'lsa, bronxit surunkali shaklga o'tganligidan dalolat beradi. Surunkali bronxitning asosiy sababchisi allergiya bo'ladi(allergik bronxit yoki astmoid bronxit). Ba'zi bolalarda sigaret hidiga surunkali bronxit rivojlanishi mumkin. Undan tashqari surunkali bronxitga astma ham olib kelishi mumkin.  

O'tkir bronxit qanday davolanadi?

Shifokor bolani o'pkasini eshitib ko'radi, kerak bo'lsa rengen qilinadi. Bronxit virusli yoki bakterial ekanligini aniqlaydi va kerakli muolaja belgilaydi. Undan tashqari bronxit pnevmoniya emasligiga amin bo'lish zarur. 

Virusli bronxit hech qachon antibiotik bilan davolanmaydi!

Uy sharoitida shifokor tavsiyasiga qo'shimcha ravishda bolaga qanday yordam bersa bo'ladi?

Bolaga ko'p suyuqlik ichiring (kuniga kamida 10 stakan iliq qaynatilgan suv);

Bola bo'lgan xonada namlatuvchi asbobni yo'qib qo'ying;

Burun uchun maxsus dorixonada sotiladigan sho'r suvni tomizib turing;

Bola ko'p uxlashi va dam olishini ta'minlang;

Bir yoshdan kichik bolaga asal berish mumkin emas! Bolada o'tkir botulizm kasalligini qo'zg'otib yuborish mumkin.

Ikki yoshdan oshgan bolalarga uyqudan oldin ichirilgan iliq asal choyning foydasi yuqori bo'ladi (AGAR BOLADA ASALGA ALLERGIYASI BO'LMASA!)

Bronxit bilan kasallangan bolani oldida sigaret chekish mumkin emas. Kasallik qo'zg'ab ketadi.

Bolaning holati kundan kunga yaxshilanishi kerak. Agar bola battar holsizlanib, tana harorati tushmay oshib ketayotgan, nafas olishda qiynalayotgan bo'lsa, shifokor tavsiya etgan muolaja yordam bermayotganidan yoki kasallik pnevmoniya kabi jiddiyroq holatga o'tib ketganligidan dalolat beradi. Shifokorga qayta ko'rining.

Olti yoshdan kichik bolalarga yo'tal dorilarini qo'llashda nihoyatda ehtiyotkorlik talab etiladi. Pediatr maslahat qilgan dorini faqat qo'llash lozim.

Bola yo'talib qusib yuborayotgan bo'lsa, xavflimi?

Xavfli emas. U shunchaki yig'ilib qolgan balg'amni chiqarib tashlamoqda. Qusayotgan suyuqlik faqat balg'am ekanligiga amin bo'ling.

Bronxit bilan kasallanganda yo'talni bosuvchi dori-vositalarni qabul qilish kasallikni og'irlashtiradi.

 

Bronxtini oldini olish yo'li bormi?

Bu borada aynan bronxit uchun alohida tavsiya mavjud emas. Bolani shamollashdan asraydigan tavsiyalarni bu yerda ham qo'llasa bo'ladi, ya'ni ko'chadan kelib qo'lni sovunlab yuvish, ko'pchilik bor joylarga kamroq borish, shamollash boshlanishi zahoti to'g'ri davolanish, ko'p suyuqlik ichish, chiniqish.  

Yana bir bora ta'kidlaymiz, bronxit bilan kasallangan bolani oldida chekish mutlaqo taqiqlanadi.  

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

Davomi »