Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
allergik astma

Bronxit, astma, allergik bronxit, virusli bronxit va boshqa shu kabi iboralar bronx kasalligini aniqlashda chalkashlik tug'diradi.

Bolalarda bronx bilan bog'liq kasalliklar bu:

  • O'tkir bronxit
  • Surunkali bronxit
  • Astma yoki bronxial astma.

Boshqa barcha iboralar yuqorida keltirilgan kasallikning sinonimlari, xolos.

O'tkir bronxit - virus yoki bakteriya tufayli yuzaga keladigan bronxlarning yallig'lanishi bo'lib, uning davomiyligi 5-7 kundan oshmaydi.

Surunkali bronxit - bronxit alomatlarining(yo'tal) haftalar, oylar davomida namoyon bo'lishiga aytiladi. Buning sababi allergik vositalar yoki qaytalanadigan shamollash bo'lishi mumkin. 

O'z vaqtida davolanmagan surunkali bronxit keyinchalik astmaga o'tib ketish xavfi bor.

Astma yoki bronxial astma - haqiqiy allergik kasallikdir. Bu kasallikni allergenlar qo'zg'otadi.

Uch yoshgacha bo'lgan bolalarda haqiqiy allergik astma kam uchraydi! 

Astmani davolashdan ko'ra uni qo'zg'atuvchi allergenlarni bola oldidan yo'q qilish zarur.

Allergenlarga chang, gullar kukuni, hayvonlar, mog'al, sigaret isi, atir-upa, bo'r changini kiritish mumkin. Ba'zida uzoq va tez-tez bo'lib turadigan infeksiya va bakteriyalar ham astmani qo'zg'atib yuborishi mumkin.

Texas Universitetining Pulmonologiya bo'limi boshlig'i professor Castriottaning aytishlaricha, "Ba'zilarda bronxit rivojlanib astmaga o'tib ketadi. Aslida esa oldindan astmasi borlar bunday holatni kechiradilar. Bunda bronxit ularning astma kasalligini qo'zg'otib yuborgan bo'ladi".

Afsuski, bolani barcha allergenlardan holi qilib bo'lmaydi. Shuning uchun astmalik bolalar maxsus dori-vositalarini qabul qilishlari, kerak bo'lsa yonlarida olib yurishlari zarur.

Dori tanlashda bolaning yoshi, allergiyaga bo'lgan organizmining reaksiyasi, reaksiya tezligi o'rganiladi. Qanchalik allergik reaksiya kuchli bo'lsa, shunchalik kuchli preparatlar qo'llaniladi.

Astmaga qarshi dorilar asosan 2 xil bo'ladi:

1. O'tkir allergik reaksiyani to'xtatish va bolaga nafas olish uchun tez yordam ko'rsatuvchi dorilar;

2. Allergik reaksiya bo'lmasligini ta'minlovchi kunda ichiladigan dorilar.

Astmaga qarshi dorilar asosan INHAYLUR (nafas olib dorini bronxga yetkazib beruvchi apparat) orqali qabul qilinadi. 

Astma kasalligi aslida mavjud bo'lmagan bolaga diagnoz qo'yishda adashib astma dori-vositalari qo'llanilsa, jiddiy salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Shunda bolaning bronxlari faoliyati buzilishi havfi mavjub. Shuning uchun bolada astma borligiga shubha tug'ilsa, sifatli chuqur diagnostikadan so'ng, xulosa chiqarish loizm.

 

Mabaa: AQSH pulmonologiya uyushmasi materiallari.

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Самира's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Ассалому алайкум. Хайрли кеч қизларжон 2бетни уқидим сабрим етмади охиригача уқишга 193тагина экан узиям. Нан смеси хақида гап кеткан жойини уқигандим. Мен уғлим бн бальницада ётканимда нан смесини 3уринда эканини билшандим. Оналарга энг яхши смесларни тавсия қилиш варақчасида нестажен 2чи уринда эди. Нестажен таркибида...
    • Самира
    • Ezozaxon's Avatar
    • Onash Qizalog'imni yetkazganiga Shukur!
    • Assalomu alekum silani tug'ish hikoyelani maroq bilan o'qib chiqqanimdan beri manam o'zimmi hikoyamni yozishni niyat qilib qo'ygandim faqat nimadan qanaqa qilib boshlashni bilmayotuvdim.. Bir boshdan boshlidigan bo'sam oktyabr oyini oxirlarida to'yimiz bo'ldi. Hayzim kelishiga 10 kunlacha boridi ushanda, 10 kun tugul 1 oydanam oshib kettiki hamon jim-jitli... Baribir birinchizi bir boshqacha intizorlik bilan kutarkansiz shu bir oy ichida ichim qizib sabrim chidami qanchadan qancha testlani qilib ko'rmadim hammasida 1 ta chiziqcha keyin ishxonamda uziga tushdim uzidayam hich gap yo'q. Uzuchiyam...
    • Ezozaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby

Davomi »

loading...