Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Bola so'rg'ich so'rishi

So'rg'ichga o'rganib qolgan bolani undan ajratish unchalik oson ish emas. Bolani psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmay so'rg'ichdan voz kechish muddatini bola 2 yosdan oshganda amalga oshirgan ma'qul. Uzoq davr mobaynida (2-4 yildan ko'p) bola so'rg'ichni so'rib yursa, uning jag'i noto'g'ri shakllanadi, tish qisishi ochiq holda qoladi, o'rta quloq kasalliklari yuzaga kelishi mumkin va hokazo.

Amerikalik mutaxassislar fikricha, so'r'gich so'rish 4 yoshgacha bezarar hisoblanadi, lekin Rossiyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, bolani 2 yoshdan so'ng so'rg'ichdan ajratish lozim.

Bolani so'rg'ichdan ajratish davrini ota-ona bolasini holatiga, psixologik salomatligiga, temperamentiga qarab tanlashlari lozim. Asosiysi, so'rg'ichdan ajratayotganda bolani psixikasini buzmay, uning so'rish ehtiyoji o'rnini mehr va e'tibor bilan qoplab sabr bilan harakat qilish lozim.
Aks holda bolani so'rg'ichni so'rishda bo'lgan ehtiyoji qondirilmay qoladi va u ushbu ehtiyojni kelajakda boshqa yo'llar bilan qondirishi mumkin. Masalan, barmoq so'rishi, tirnoq tishlashi mumkin yoki asabiy va injiq bo'lib qoladi.

So'rg'ichdan ajratayotganingizda quyidagilarga ahmiyat bering:

Birinchidan, shoshish mumkin emas. Bolani so'rg'ichdan chiqishiga yaxshilik, mehr va erkalash bilan erishish lozim.

Ikkinchidan, so'rg'ich bilan uxlash odati bo'lgan bolalarga uning o'rnini bosuvchi vosita topish kerak. Masalan, yumshoq ayiqcha, yoqimli musiqa, onaning qo'llari va hokazo.

Uchinchidan, bola gapga tushunadigan yoshda bo'lsa, unga so'rg'ich haqida ertak aytib bering. So'rg'ichni pari olib ketib o'rniga ajoyib sovg'a olib kelishini tushuntiring. So'rg'ichni bola bilan birga bir joyga bekitib qo'yib o'rniga bola uchun yoqimli sovg'a solib qo'ying. Bola so'rg'ichni izlab sovg'a topadi.

To'rtinchidan, bolani zeriktirib qo'ymang. Ko'pincha zerikkan bola so'rg'ich so'rishni qumsaydi.

Beshinchidan, bola so'rg'ichsiz yig'lab uxlolmay qattiq qiynalayotgan bo'lsa, so'rg'ichdan ajratish muddatini 1-2 haftaga suring.

Oltinchidan, bola so'rg'ichni qumsab so'rayotgan bo'lsa, uni chalg'iting, u bilan o'yin-kulgu qiling.

Yettinchidan, so'rg'ichdan ajratish o'yinlarini o'ylab toping.

Masalan, bir devorga bolani bo'yi yetadigan joyda so'rg'ichni mahkam o'rnatib-qoqib qo'ying. Bola so'rg'ichni qumsaganda o'sha devor yoniga borib so'radi. Uzoq vaqt devorni oldida turishga zerikib siz jalb qilayotgan o'yinlar tomon shoshadi va so'rg'ichdan o'zi asta bosh torta boshlaydi.



Sakkizinchidan, so'rg'ichga dori, garimdori, sarimsoq piyozi kabi achichiq narsalar surib bolaga so'rdirmang. Bu uning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

To'qqizinchidan, "so'rg'ich so'rasan", deb bolani uyaltirmang. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyoji, erkaligi emas.

O'ninchidan, so'rg'ichdan ajratayotganizda bola sog'lom va yaxshi holatda bo'lishi lozim. Ya'ni, biron jismoniy rivojlanish bosqichidan o'tayotgan (yurishni, emaklashni boshlayotgan va boshqalar) kasal yoki emishdan ajratilayotgan bolani qo'shimcha stress qilib so'rg'ichdan ajratish mumkin emas.

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Самира's Avatar
    • Bolani bog'chaga berish
    • Лена болани пампердан чиқаришга харак қилинг боғчага бергунизча. Бола болани куриб қилганини қилиб горшокка урганиб хам олади. 2-3та иштонча обориб қуясиз боғча опаларига яхши муомила қилиб илтимос қилсайиз болайизни яхшироқ қарашади. Мени уғлим 2ёшу 2ойликдан бердик. Фақат бизники ясли 3соатлик. Анча гапиришни урганиб қолди гапирмай қуйганди. Агар иложи булса боғчайлар яқин булса болани 3-4соатга обориб ургатинг 1хафталардан кейин бола куникиб қолади.
    • Самира
    • Pazandaxon's Avatar
    • Parxez taomlar
    • [image] Masalliqlar 200 gr baliq 1 dona piyoz 1 dona balgariskiy 1 dona sabzi 2 dona kartoshka 2 dona chesnok donasi 1 osh qoshiq tomat 2 dona fasol 1 dona yalpiz bargi zanjabil tuz,murch ukrop Tayyorlash: Baliqni yirik kubik shaklida tog'raymiz. Tuz, murch sepib olib qo'yamiz. Qozonga suv solib qaynatamiz, Qaynab chiqqan suvga tog'ralgan piyoz, balgariskiy, sabzi, zanjabil solib 30 daqiqa qaynatamiz (gulkaram ham qo'shish mumkin). So'ng yirik kubik tog'ralgan kartoshka, baliq, fasol, tomat, tuz, murch solib yana 20 daqiqa qaynatamiz. Gazni o'chiramiz. Tayyor bo'lgan sho'rvaga mayda tog'ralgan chesnok va yalpiz solib qozon qopqog'ini 10 daqiqa yopib qo'yamiz. Ukrop sepib dasturxonga tortamiz.
    • Pazandaxon
    • Zaychik's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Aniq bilmadimu ancha oldin apami ovsinlariniyam o't pufagini olib tashlashgandi manam bezovta qilsa o't pufagini olib tashlarkanda deb qo'rqsam hozir tibbiyot rivojlangan toshni uziniyam olsa bo'ladi deyishdi
    • Zaychik

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

muxokama