Bolalar allergiyasi

Bolalar salomatligi bilan bog'liq muammolar orasida shamollash, ich ketish, toshma juda keng tarqalgan. Ushbu muammolarning tez-tez yuzaga kelib turishi bolada allergiya mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Allergiyani vaqtida davolamasa oshqozon, teri va nafas olish tizimida jiddiy muammolar paydo bo'lishi mumkin.

Odatda ota-onaga bolada allergiya mavjudligini aniqlash qiyin, chunki uning alomatlari boshqa kasalliklar bilan o'xshash bo'ladi.

Allergiyaning 3 asosiy turi mavjud:

- Oziq-ovqatga allergiya (sut, yong'oq, soya, baliq va hokazolarga)
- Uchuvchi moddalarga allergiya (chang, gul changi va o'simlik pariga)
- Tabiiy moddalarga alergiya (hayvonlar, tabiatdagi kimyoviy moddalar)

Bolalardagi allergiya alomatlari:

Allergiya alomatlari boshqa kasalliklarnikiga o'xshashdir, shuning uchun bolada quyidagi allergiya alomatlaridan birini ko'rsangiz, vrach bilan maslahatlashganingiz kerak.

- Teri qizarishi va narsa toshishi;

- Qichish (Muhim! Chaqaloqlarda teri qichiganda, ular tinmay yig'lashi mumkin);

- Ekzema - terining qurib qolishi yoki qobiqlanishi (Chaqaloqlarda boshidagi qazg'oqlar bilan adashtirmaslik lozim);

- Ko'z, lab va yuzning shishi. Shish bolalar uchun juda xavfli holat. Agar ishish sababini bartaraf qilmasa, shish bo'yinga o'tib nafas olish yo'llarini bekitib qo'yishi mumkin.

- Burun oqishi va ko'z yoshlanishi;

- Yo'tal;

- Bola o'ta qo'zg'alganligi yoki aksincha juda uyquchi bo'lishi;

- Qorin chiqishi (o'zi ozg'in bo'lib qorni chiqqan bo'ladi);

- Dumg'azada toshma (Odatda bu'gdoyga reaksiya bo'lganda namoyon bo'ladi va gerpeti shakldagi dermatit deb ataladi).

Allergiya bilan kurash

Oziq-ovqatga allergiya odatda quyidagi mahsulotlar ist'emol qilinganda namoyon bo'ladi:

- Bug'doy, guruch, arpa;
- Parranda tuxumi va go'shti;
- Shakar;
- Baliq;
- Yer yong'oq;
- Drojji;
- Cho'chqa go'shti;
- Shokolad;
- Sitrusli mahsulotlar;

Allergen mahsulotlar bilan tanish bo'lish kerak.

Bolani oziq-ovqatga bo'lgan alllergiyadan xoli qilishning 2 asosiy yo'li mavjud:

- Chaqaloqqa qo'shimcha ovqatni 6 oygacha bermaslik. Chunki 6 oygacha bolada hazm qilish tizimi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun 6 oygacha faqat ko'krak suti yoki maxsus smes berish kerak.

- Bolaga qo'shimcha ovqat berishda shoshmaslik.

Har bir yangi oziq-ovqat bilan bolani tanishtirganingizda vaqt o'tishini kuting. Ya'ni bugun yangi bir mahsulot berdingizmi, 3-4 kun o'tishini kutib, hech qanday allergiya alomatlari vujudga kelmaganidan keyin, boshqa mahsulotni berishni boshlashingiz mumkin. Undan keyin ham kutishni va kuzatishni unutmang. Agar 3-4 kun mobaynida bolada qizarish yoki toshma kuzatilsa, demak u mahsulotni bermaslik kerak.

Agar ota-onada allergiya kasalligi mavjud bo'lsa, u holda bolada ham allergiyaga moyillik bo'lishi uchun unga 1 yoshgancha sigir sutini bermaslik tavsiya etiladi, chunki sigir suti allergiyaga moyil bola organizmi uchun kuchli allergen hisoblanadi.

Bolada allergiya alomatlaridan biri bo'lgan shish paydo bo'lgani kuzatilsa, o'zi o'tib ketishini kutmasdan zudlik bilan tez yordam chaqirish yoki shifoxonaga borish lozim. Chunki shish bo'yinga o'tsa bola nafas olmay qolishi mumkin.

Bolada allergiyaning boshqa turlari bilan vrach maslahatiga asoslangan holda kurashish kerak. Oya-ona yuqorida ko'rsatib o'tilgan alomatlarni bolada ota-ona ko'rsa, allergolog yoki dermatologga murojaat qilish shart. Vaqtida davolangan allergiya kelajakda bolani salomatligida vujudga kelishi mumkin bo'lgan jiddiy muammolardan asrashga yordam beradi.
Allergiyani boshqa teri kasalliklari bilan adashtirmang.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ovulyatsiya haqida savol va javoblar
    • Bazal harorat menda 37.2 dan boshlanib kotarildi 5 kundan beri olchayapman 37.2 dan 37.5ga kotarildi🤔 normami yo kuchli yaliglanishmi togrisi tushunme qoldim. Orgatilar 😓
    • Ummu Soliha
    • mavluda1492's Avatar
    • Iltimos, maslahat bering.
    • Raxmat Muslima! Sizdan bitta narsa so'ramoq4idim D calsin neo haqida ma'lumotga egamisiz? Doktor wu dorini yozgandi man retseptni yuqotib quydim internetdan ma'lumot chiqmayabdi bu qanday wakldagi calsiy ekanligini bilmayabman qizim suyuq dori i4maydi degandim tabletka ko'riniwidagim yoki bowqa bilolmayamban. Agar dori haqida bilmasangiz bolaga calsiy tabletkasini bersam buladimi
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

loading...