Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Qizamiq yoki qizilcha

Qizamiq va qizilcha bir-biridan farq qiladigan ikki xil kasallik bo'lib, asorati ham jiddiyligi bilan farq qiladi.

Qizamiq va qizilcha haqida...

 Qizilcha (krasnuxa):

Qizilcha virusi "RUBIVIRUS" deb ataladi. Kasallik inkubatsion davri 14-21 kun.

Qizilcha alomatlari:

  • Bolaning tana harorati biroz oshishi - 38.3 gacha (rektal);
  • Bola o'zini biroz kasaldek his qiladi (kuchli emas, gripp holatidagi singari);
  • Burun o'rtacha o'qishi;
  • Yuzda pushti-qizg'ish rangda toshma guruhchalari paydo bo'lib, tezda badanga tarqalib uchinchi kuni butunlay yo'q bo'lishi;
  • Quloq va bo'yin limfa tomirlarining shishi.

Uy sharoitida:

Qizilcha virusli kasallik bo'lgani uchun u dori vositalari bilan davolanilmaydi. Gripp kasalligining davosi singari bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turish lozim. Istma uncha baland bo'lmaydi odatda, lekin bola istmadan qiynalayotgan bo'lsa oddiy istma tushuruvchi sirop (atsetomenofen)dan ichirish mumkin.

Davolash:

Qizilchaga qarshi o'z vaqtida emlanish shart. Kasallik alomatlari bo'lganda vrachga ko'rsatilib boshqa virusli kasallik emasligiga iqror bo'lib, vaqt o'tishini kutish lozim. Qizilcha asoratsiz o'zi o'tib ketadi. Badanga, toshmalarga hech qanday surtma surish talab etilmaydi.

Muhim!
Qizilcha bilan kasal bolani homilador ayoldan uzoq tuting. Qizilchaga immuniteti mavjud bo'lmagan ayollarga kasallik yuqsa, homiladorligi va homila bilan bog'liq boshqa muammolarni vujudga keltiradi.

Qizamiq (kor'):

Virusli kassalik bo'lib inkubatsion davri - 8-12 kun.

Qizamiq alomatlari:

  • Oddiy shamollashga o'xshab boshlanadi, keyin tana (rektal) harorati 40 darajagacha ko'tarilib ketadi;
  • Yo'tal;
  • Ko'z qizarishi:
  • Chiroq yoqmasligi;
  • Kasallikning to'rtinchi kunida yuzda toshma toshib (to'q qizil bir-biri bilan ulashib ketadigan toshmalar), butun badanga tarqalib ketadi. O'rtacha 5 kun davomida toshma ketmaydi, keyin yuzidan boshlab keta boshlaydi;
  • Eng og'ir holat toshma paytida bo'ladi.

Uy sharoitida:

  • Bolani toshma ketguncha izolyatsiya qilish;
  • Tez-tez ko'p suyuqlik berish;
  • Istmani nazorat qilib turish, oshsa tushirish

Davolash:

  • Qizamiqqa qarshi o'z vaqtida emlanish shart;
  • Qizamiq asorati bo'lmish pnevmoniya, otit, ensefalit kasalliklarini davolash kerak. Qizamiq diagnozini bolaning lunji ichki tomonidagi oq dog'lar tasdiqlaydi.
  • Bolada qizamiq alomatlari namoyon bo'lsa, vrach boshqa kasallik emasligini tasdiqlab berishi lozim. Odatda qizil toshma toshadigan boshqa virusli kasalliklardan farqli ravishda qizamiq kasalligida bola o'zini juda yomon his qiladi, baland tana harorati bilan asoratli kechadi.

Qizil toshma toshadigan yana bir virusli kasallik ROSEOLA.

Roseola virusining inkubatsion davri 5-10 kun.

Roseola alomatlari:

  • Tana harorati birdan ko'tarilib 39.4-40 (rektal) darajada ushlanib turadi;
  • Sog' o'ynab yurgan bola birdan istmasi oshib ketadi;
  • Istma tushuruvchi vositalar yordamida istma oson tushadi, bola o'zini yaxshi his qiladi;
  • Ikki-uch kun davomida tana harorati o'ynaydi;
  • Uchinchi kunga kelib tana harorati normallashadi va bola sog'lom ko'rinadi, keyin badan, qo'l va oyoqlarda och pushti rangli toshma toshib 1 kunda ketadi.

Uy sharoitida:

  • Tez-tez ko'p suyuqlik berib turish;
  • Istmani tushirish vositalaridan foydalanish;
  • Agar istma tushganda bola o'zini yaxshi his qilsa, bezovta bo'lish o'rinsiz.

Davolash:

Tana haroratini nazorat qilish, oshganda uni tushirib turish. Afsuski, diagnozni toshma toshmaguncha tasdiqlash imkoniyati yo'q.

Olti oydan 18 oygacha bo'lgan bolalarning tana haroratining birdan oshishining sabablaridan biri. Agar bolada tana harorati o'zidan-o'zi bir ko'tarilib, bir tushib o'zgarib tursa, lekin bola o'zini yaxshi his qilsa roseoladan shubha qilish mumkin. Lekin antibiotiklarga bo'lgan allergik reaksiyani ham toshmaga chiqarib adashish mumkin.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • uzbaby's Avatar
    • Ozish uchun nima qilasiz?
    • Bu yerda ozish uchun o'zingiz shaxsan qilib ko'rgan faoliyatlar bilan bo'lishamiz. Misol uchun men tuqqanimdan keyin ozish uchun mayonezdan va qaymoqdan butunlay voz kechganman. Undan tashqari 1 yil davomida shirinlik yemaganman.
    • uzbaby
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom qadrdonlarim, mehribon go'zallarim! Yaxshi dam oldizlarmi? Lily, Aziza, Muazzam, Mahliyo, Muslima,Mavluda,Pazandaxon,Sevara opa yaxshimisizlar?Hammangizni ismingiz bir biridan chiroyli.Lilyginam "Lily" qisqartmasini o'ziz topganmisiz yoki yaqinlariz ham shunday chaqirishadimi? Zarinabonu E'zozaxon Azalbegim,Ummu maryamsizlar ham sog' omon yuribsizlarmi? Habiba opam jiiim jit bb ketdilar a G'oyibona bo'lsada shuncha opa dugonalar orttiribman, juda xursandman...馃拹馃拹馃拹馃槝馃槝馃槝 Dam olish kuningiz maroqli o'tsin!
    • muyassar2017
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon

Davomi 禄

loading...