Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bola qachon yurishni boshlaydi

Bolalarning deyarli 50% 1 yoshga kelib yurib ketadi. Lekin yurish davri normada 9 oydan 16 oygacha cho'zilib ketishi mumkin. Yurish - bola organizmidagi 3 faktorning mutanosibligini talab etadi: mushak kuchi, muvozanat saqlash va xarakter. Odatda bolaning xarakteri uning yurib ketishida asosiy rolni o'ynaydi.

Yumshoq xarakterga ega bo'lgan bosiq bolalar yurish, emaklash kabi jismoniy o'zgarishlarda asta-sekinlik bilan o'tadilar. Emaklashni yaxshi bilgan bolalar yurishga urinmaydilar, chunki o'z maqsadiga emaklab tez yetib olish imkoni borligini yaxshi tushunadilar. 

Kech yurishni boshlagan bolalar odatda bir joyda o'tirib mayda buyumlarni tomosha qilib, ularni qo'llari bilan o'rganib o'tirishdan lazzat oladilar. Kech yurgan bola birinchi emaklaydi, keyin ushlab turib yuradi, keyin tura oladi, undan keyin esa mustaqil qadam tashlashni boshlaydi. Lekin kech yurgan bolalar odatda juda yaxshi, muvozanatni saqlab yuradilar.

Vaqtli yurishni boshlagan bola, aksincha, impulsiv, bir joyda o'trimaydigan, injiq bola bo'lishi mumkin. Odatda vaqtli yurgan bolalar boshqa jismoniy o'zgarishlarni ham tez uddalashni istab ota-onasini ko'p yugurtirib qo'yadi.

Bolaning erta yoki kech yurishiga uning vazni ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ya'ni, ozg'in bolalar og'ir bolalardan ko'ra tezroq yuradi.

Bolaning yurgan vaqti uning intellekti, jismoniy rivojlanishi, kelajakdagi yutuqlari qanday bo'lishini aslo ko'rsatmaydi. Bolaning qachon va qanday yurgani uning xarakteri singari boshqalardan o'zgacha bo'ladi xolos.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • munojatxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Дунё ташвишидан бир зум холимас, Булут канотида учар хаёли. Тонгдан кечга кадар ишлаб чарчамас, Бардошли, жафокаш узбек аёли. Гохо аскардаги углини эслар, Куз олдига келар турки-жамоли. Келин туй орзуси дилида ёнар, Мехрибон, жафокаш узбек аёли. Мехр гушасида тизилган севинч, Калбидан эсади шодлик шамоли. Улкан орзу билан...
    • munojatxon
    • Zarinabonu's Avatar
    • Nikohda mahr
    • Bu mavzuni endi ko'ribman .Bizga nikoh o'qigan domla 2 mln so'm pul yoki o'sha pulga biror nima olib berasiz degandilar. Muhimi 2 mln so'm pul Jufti halolingizga ishlatin deb aytganlar. Shunda Turmush o'rtog'im roziman deganlar. Keyin Moskvaga kelishimga 170 $ qaytishimga 220$ bilet oberganla. Rajotlashib ketganmiz desammi))))) Ba'zida esimga tushib qosa qarziz bor deb qo'yaman. Bilganimda avvalroq voz kechgan bo'lardim man ham. Bu yerda yozilganlarni o'qib eeeeeh deb qo'ydim bilganimda qarziz bor demasmidim))))) Kech bo'lsada bilvoldim.
    • Zarinabonu

Davomi »

loading...