Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bolaning ichi ketishi (ichburug')

Bolaning ichi suyuq kelishi ba'zi hollarda juda xavfli hisoblanadi. Yoz kunlarida, ayniqsa bolalarda ich ketish ko'p kuzatiladi. Bolaning ichi suyuq ketayoganda ota-onalar nimaga ahamiyat berishlari lozim?

Aslida ich ketish - dizentiriya alohida kasallik bo'lmay, u odatda organizmda, ko'proq hazm qilish tizimida nosozliklar mavjudligidan dalolat beruvchi alomatdir.

Bolaning ichi buzilishiga nima sabab bo'ladi:

Noto'g'ri ovqatlanish
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda ichi suyuq ketishi ko'pincha noto'g'ri ovqat yeb qo'yganidan yuzaga keladi. Ya'ni chaqaloqqa barvaqt berilgan qo'shimcha ovqat, ichni suyultiradigan mahsulotlar yoki yo'gliq ovqat bola organizmida yaxshi hazm qilinmay ich ketishni qo'zg'atib yuboradi.

Bola organizmida hazm qilish fermentlarining yetishmasligi
Bolaga muddatidan oldin qo'shimcha ovqat berish, yoshiga nisbatan kattalarning ovqatini yedirish ham ich ketishni keltirishi mumkin. Chunki yangi og'ir ovqatni xazm qilish uchun bola organizmi yetarlicha ferment ishlab chiqara olmaydi.

Buzilgan mahsulotlar yeb qo'yish
Eskirgan, achib qolgan yoki kimyoviy dorilangan mahsulotlar bolani ichini suyultirib yuboradi.

Disbakterioz vujudga kelishi
Ichak mikroflorasini buzilishi. Bunda ichakdagi "yaxshi" bakteriyalar miqdori kamayib ketib, najasni suyultirib yuboradigan mikroblar soni ko'payib ketadi. Bu holat odatda bola uzoq vaqt davomida antibiotik qabul qilganidan so'ng kuzatiladi.

Ichak infeksiyalari mavjudligi
Bolalarda ich ketishini qo'zg'atuvchi mikroblardan eng tarqalgani - bu ichak va dizenteriya tayoqchalaridir.

Boshqa kasalliklar bo'lishi
Oshqozon - ichak tizimining boshqa kasalliklari ham bolani ichi suyuq ketishida namoyon bo'lishi mumkin.

Bolaning ichi suyuq ketayotganda nima qilish kerak:

1. Suyuq najas tufayli bola organizmdan chiqib ketayotgan suyuqlikni o'rnini qoplash lozim. Buning uchun bolaga tez-tez oz-ozdan suv ichirish talab etiladi.
2. Elektrolitlar ichirish (organizmni suvsizlanishini oldini oluvchi dori vositasi).
3. Emayotgan bolalarni emizishda davom ettirish, smes ichayotganlar uchun ponosga qarshi maxsus smesdan ichirish.
4. Katta bolalarni guruch qaynatmasi bilan oziqlantirish. Najasni kuzatgan holda asta-sekinlik bilan 2-3 kundan so'ng kartoshka, quritilgan non, guruchli kasha qo'shsa bo'ladi.

Muhim! Agar bolaning ichi ketishi miqdori va soni tobora ko'payib borayotgan bo'lib, bolaning umumiy holati yomonlashib tana harorati ko'tarilayotgan bo'lsa, darhol shifoxonaga murojaat qilib ich ketishining sababini aniqlash lozim. Ba'zida, ichburug'ga infeksiya sababchi bo'lsa, antibiotik ichish talab etilishi mumkin.



Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda ichi ketayotgan bo'lsa, organizm suvsizlanib qolishi juda xavfli holat. Shuning uchun bunday go'daklarda ich burug' boshlanganda e'tiborliroq bo'lib, kerak bo'lsa shifokorga ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Faqat chaqaloqlarning normada tez-tez qiladigan sariq rangli suyuq najasini ich burug'dan farlqay bilishi lozim.

Bolaning ichi ketayotganda mumkin emas:

  • Sigir sutini ichirish
  • Emizishni to'xtatish
  • Bolani 48 soatdan ortiq och qoldirish
  • Shirinlik berish

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • i Yengi o'quv yili boshlandi , bog'chalarda mashg'ulotlar hech kim o'zidan ortmay qoldi shekilli
    • muslima1
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari - 4
    • Demak, ushbu konkursimiz sovg'alari: 1-o'rin Chaqaloq uchun o'yinchoqlar, xalta, ko'krak suti uchun tagliklar. 2-o'rin Chaqaloq kiyimlari uchun xalta, ko'zgu, ko'krak suti uchun tagliklar. 3-o'rin Chaqaloq kiyimlari uchun xalta, ko'krak suti uchun tagliklar.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • FOTOKONKURS (forumchilar uchun)
    • Bundan oldin (6 sentyabrda) qo'ygan izohimni hato deb qabul qilasizlar. Uni o'chirib yubordim. Adashib joylashdi. 2017 yil Fotokonkurs g'olibi sovg'asi yuqoridagi izohdagi ajoyib Yangi yil idish nabori.
    • uzbaby

Davomi »

loading...