Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

Bolada angina: alomatlari

Deyarli har bir bola yoshligida uchragan bu kasallik hammamizga tanishdir. Uni to'g'ri davolash juda katta ahamiyat kasb etadi. Angina asoratlaridan biri yurak xastaligi ham bo'lishi mumkin ekan...

 Angina kasalligining alomatlari:

  • Tana haroratining birdaniga 38-39 darjagacha ko'tarilishi
  • So'lak yutganda tomoqda og'riq bo'lishi
  • Badan qahshashi
  • Tanglay murtaklarini shishib qizarishi

Angina shakllari

Angina kasalligining eng oddiy va oson o'tib ketadigan shakli - bu kataral shakl bo'lib, bunda yallig'lanish tanglay murtaklarining ichki to'qimalariga o'tmaydi va kasallik 3-4 kunda asoratsiz o'tib ketadi.

Keyingi shakli bu - follikulyar angina bo'lib, bunda tomoq bezlarida follikula (yiring) paydo bo'ladi.

Nihoyat kasallikning oxirgi shakli - bu lakunar angina bo'lib, bunda yuqorida aytib o'tilgan follikulalar bir-biri bilan ulanib ketib yarachalar hosil qiladi.

Angina sababi:

  • Streptokkok bakteriyalari
  • Mikoplazama va xlamidiya bakteriyalari
  • Adenovirus

Anginani davolash:

Afsuski, bolada tomoq qizarib anginaga shubha paydo bo'lganda, shifokorlar tavakkaliga streptokkokga qarshi bo'lgan antibiotiklar bilan davolaydilar. Agar angina sabachisi haqiqatan sptreptokkok infeksiyasi bo'lsa, u holda bola tez tuzaladi, lekin sababchi virus yoki boshqa infeksiya bo'lsa, bola nafaqat tuzalmaydi, balki kasallik og'ir shaklga o'tib yurakka zarar keltirishi mumkin.

Shuning uchun anginani davolashda eng muhimi, kasallik sababchisini analizlar orqali aniqlash!

Ota-ona vazifasi:

  • Bolaga tavsiya qilingan dori-vositalarni vaqtida qabul qilishdan tashqari yotish talab etiladi. Bolaning tana harorati normallashgan bo'lsa ham, yana 2-3 kun davomida uni karavotdan turmasligini ta'minlash lozim. Chunki angina organizmda kuchli intoksikatsiya jarayonini yuzaga keltiradi, bu esa yurakka zo'riqish bo'ladi.
  • Bir tomondan angina juda oddiy kasallik bo'lsa, ikkinchi tomondan esa u tez-tez qaytarilib surunkali shaklga o'tib qoladigan kasallik. Butunlay davolangan bola 1-2 haftadan so'ng oddiy shamollash tufayli yana angina bo'lib qolishi mumkin. Undan tashqari kasallik asorati sifatida bosha organlar ziyon ko'rishi mumkin. Bu esa juda xavflidir.
  • Agar angina bolada tez-tez takrorlanayotgan bo'lsa, u holda albatta maxsus analizlar yordamida kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya yoki virusni aniqlash kerak.
  • Bunda sitologik va molekulyar analizlar, qon tekshiruvlari va immunogramma tekshiruvlaridan foydalaniladi.
  • Agar bolada angina surunkali shakl(surunkali tonzillit)ga o'tgan bo'lsa, u holda yilda ikki marta kasallikni profilaktika qilish tadbirlarini o'tkazib turish maqsadga muvofiq bo'ladi.
  • Fiziomuolajalar - Ultra yuqori chastotali terapiya, kvant terapiyasi va elektroforez.
  • Bolani immunitetini oshirish. Bolani quruq havoli dengiz yoki dala hovlilarga olib chiqish. Toza quruq havo, suv va quyosh nurlari bola organizmiga foydali.
  • Tanglay murtaklarini yallig'lanishni davolovchi maxsus dori-vositalar bilan yuvib turish.
  • Ba'zi ota-onalar bolada angina tez-tez uchrab surunkali shaklga o'tib qolganda, tanglay murtaklarini olib tashlashga qaror qiladilar. Bunga shoshilmang! Tanglay murtaklari bir tomondan, bola organizmini tashqi muhitdan himoya qiluvchi vosita bo'lib, uni olib tashlash bolani katta himoyadan xoli qilib qo'yishni anglatsa, ikkinchi tomondan, surunkali angina yurak va bo'g'im kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun tanglay murtaklarini olib tashlash zaruriyati haqiqatan borligini aniqlash juda muhim! Bu haqda batafsil keyingi maqolamizda o'qing.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Farida1992's Avatar
    • Bolajonlarimizning tug'ilgan kunlari
    • Maxliyo e'tiboriz uchun tashakkur judayam xursand boldim. Raxmat qizlarjonlar.Tilaklariz ozizlarga ham hamrox bolsin.Farzandlariz baxtu kamolini korizlar.
    • Farida1992
    • Ummu's Avatar
    • Uzoq kuttirgan baxtim !!!
    • ha qaynonamni ginekologliklari katta yutugim bolgan tugib bolganimda doktorlar aytiwgan ozimizniki bolmaganizda allaqachon keserva qlardik deb. man asli baribir kiserva bolsam kk qaynonam qorqmasin db aldavottila db hatto ogriq qoldiruvchi ukol ham qildirmaganman dod aldisila narkoz bu chidiman kesmayla db karidorga chiqib ketib yurganman
    • Ummu

Davomi ยป