Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Bola biron jiddiy kasallikka chalingandan so'ng kasallik asoratlarini va qaytarilishini oldini olish maqsadida reabilitatsiya ishlarini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Bolalarga fizioterapevtik-reabilitatsiya muolajarini amalga oshirish yo'llari va foydasi haqida Yunusobod tumani 44-oilaviy poliklinika shiforoki-pediatr Nazarova Sevara o'z maslahatlarini beradilar.

 

1. Qaysi kasalliklardan so’ng qayta tiklanish uchun maxsus muolajalar (fizioterapiya, davolash gimnastikasi) talab etiladi?

Barcha o'tkir kasalliklarni asosiy davosi o'tgandan so'ng, tiklanish davrida fizioterapevtik muolajalarni olsa bo'ladi. Bundan tashqari o'tkir yallig'lanish davrida ham UVCH, ultrabinafsha nurlarining qisqa to'lqinlari bilan nurlantirish, magnit va lazer bilan davolash, ingalyatsiya kabi muolajalarni fizioterapevt ko'rsatmasiga binoan olish mumkin. Bu muolajalar davolanishni tezlashtiradi va tiklanish davrini qisqartiradi.

Davolash gimnastikasi ham yuqorida ta'kidlangan maqsadlarda qo'llaniladi va kasallikning o'tkir davri, tana harorati baland bo'lgani va holsizlikda o'tkazilmaydi.

2. Davolash jismoniy mashg'ulotlari (LFK) nima degani?

Davolash jismoniy mashg'ulotlari - bu kasallik alomatlarini kamaytirishga, organizmning funksional holatini yaxshilashga, kasallikdan so'ng tiklanish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan maxsus mashqalar majmuasidir. Har bir kasallik uchun mashqalar shifokor-fizioterapevt tomonidan individual ravishda ishlab chiqiladi.

3. Immunitet oshirish uchun jismoniy mashg'ulotlar yoki fizioterapiya kerakmi?

Bolada immunitetni oshirish uchun havo vannalari, suv bilan chiniqtirish, quyosh vannalari, suzish, ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirish, mahalliy lazeroterapiya, buyrak usti bezlariga mikroto'lqinli nurlatish kabi muolajalar foydali bo'ladi.

4. Umurtqa kasalliklariga fizioterapiyaning foydasi bormi?

Umurtqa kasalliklarini davolashda asosiy yo'nalish davolash jismoniy mashg'ulotlaridir. Umurtqa kasalliklarining asosiy qismini tashkil etadigan skolioz maxsus mashqlar bilan mushaklarni korreksiyalash, ularni spazm va bo'shashgan holatini kamaytirishga qaratilgan bo'ladi. Osteoxandroz, disk churralari kabi kasalliklar ham doimiy ravishda maxsus mashqlar qilinishini taqazo etadi. Bu mashqlar bajarilish tartibini shifokor nazorati ostida o'rganib olgach uyda bajarib turilishi kasallikni zo'rayishini oldini olishga yordam beradi. 

5. Fizioterapevtik muolajalarni necha yoshdan amalga oshirsa bo’ladi?

Fizioterapevtik muolajalar asosan 2-4 yoshdan keyin, mahalliy turlari 2-3 oydan so'ng ko'rsatmaga asosan o'tkazilishi mumkin. Issiqlik bilan bog'liq muolajalar (parafin, ozokerit va hokazo) 6 oydan so'ng nazorat ostida o'tkaziladi. Darsenval muolajasini 5 yoshdan keyin o'tkazgan ma'qul.

6. Davolash mashg'ulotlarini uy sharoitida qilsa bo’ladimi?

Boshida davolash mashqlarini shifokor nazorati ostida o'rganib olingach, uyda bajarsa bo'ladi.

7. Yassi tovonlik uchun fizioterapiyaning foydasi bormi?

Yassi tavonlikni davolashda faqatgina fizioterapevtik muolajalar yordam bera oladi. Bunda asosan mushaklar tonusini kamaytirishga qaratilgan mashqlar bajariladi.

8. Bola tez-tez charchaydigan bo’lsa, davolash mashg'ulotlarini bajarish mumkinmi?

Charchash sababini aniqlab, uni bartaraf etish lozim. Undan keyin mashqalarni yengillaridan boshlab amalga oshirsa bo'ladi.

9. Toshkentda bolalar uchun fizioterapiya muolajalarini qaerda olsa bo’ladi?

Barcha oilaviy poliklinikalarda fizioterapevtik bo'limlarda.

10. Kasallikni davolashda fizioterapiyaning foydasi bormi?

Davolash jarayonida shifokor tavsiya qilgan fizioterapevtik muolajalar birgalikda amalga oshirilsa, samaraliroq bo'ladi. 

11. Homiladorlik davrida fizioterapiya muolajalarini amalga oshirish mumkinmi?

Homiladorlikda davolash gimnastikasining maxsus turlarigina ayolni tug'ruqqa tayorlash va surunkali kasalliklarni zo'rayishini oldini olish maqsadida qo'llanilishi mumkin. Fizioterapevtik muolajalardan ba'zilarini homila joylashish joyidan uzoq bo'lgan a'zolarda qo'llash mumkin.

12. Tez-tez kasal bo’lib turadigan bolaga fizioterapiyaning qaysi usullari foydali?

Ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirish, mahalliy lazer terapiyasi, buyrak usti bezlariga mikroto'lqinli nurlantirish muolajalari.

13. Asab tizimi kasalliklarida qaysi maqsadda fizioterapiya yoki davolash gimnastikasi qo’llaniladi?

Asab tizimi kasalliklarini zo'rayishini oldini olish maqsadida qo'llaniladi.

14. Umurtqa qiyshiqligiga davolash gimnastikasini foydasi bormi?

Ha, bu uning asosiy davolanish yo'li hisoblanadi.

15. Umurtqa churralari mavjud bo'lganda fizioterapiya yoki davolash gimnastikasining foydasi bormi?

Ha, juda katta. Bu yo'l bilan jarrohlik aralashuvsiz churralarni yo'q qilish yoki zo'raymasligini ta'minlash mumkin.

16. Nega biron kasallik bilan shifoxonada yotib chiqqach fizioterapevtik muolajalar hammaga tavsiya etilmaydi?

Og'ir kasallikni qaytarilishi va surunkali shaklga o'tishini oldini olishda fizioterapiya va reabilitatsiya muhim hisoblanadi. Agar shifokor tavsiya etmasa, u holda buning sababini aniqlash kerak.

17. Davolash gimnastikasi bilan oddiy gimnastikani farqi nimada?

Oddiy gimnastika umumiy bo'lib hammaga mumkin bo'lmasligi yoki foyda keltirmasligi mumkin. Davolash gimnastikasi bolaning yoshi, holati, jismoniy ko'rinishi va kasalligiga qarab individual ravishda ishlab chiqariladi.

18. Bepushtlikni davolashda fizioterapiyaning foydasi bormi?

Bepushtlikni davolashda chanoq a'zolarini faoliyatini yaxshilash, surunkali yallig'lanishni bartaraf qilish, gormonal holatni to'g'irlash, asab tizimini me'yorlashtirish, qon aylanishini yaxshilash uchun maxsus fizioterapevtik muolajalar mavjud.

19. Qaysi holatlarda fizioterapevtik muolajalar yoki davolash gimnastikasi also ta'qiqlanadi?

  • Qon kasalliklari mavjud bo'lsa;
  • O'sma kasalliklari mavjud bo'lsa;
  • Ba'zi kasalliklarning o'tkir davri;
  • Infarkt va insultdan keyingiz dastlabki 2-3 oy davomida;
  • Rejadagi jarrohlik operatsiyadan oldin;
  • Tana harorati baland  bo'lganda;
  • Ba'zi psixik kasalliklarda;
  • Qon ketish xavfi bo'lganda;
  • Homiladorlikda (ba'zi turlari)
  • Qon bosimi yuqori bo'lgan bemorlarda;
  • O'tkir yallig'lanish jarayonida;
  • Boshqa bir qator kasalliklarda.

20. Yoshi kattalar profilaktika sifatida fizioterapevtik muolajalarni olib yurishsa bo’ladimi?

Profilaktika maqsadida fizioterapevtik muolajalardan chiniqish, aeroterapiya (havoda bo'lish), talassoterapiya (dengiz), gelioterapiya (quyosh nurlari) kabi muolajalar foydalli bo'ladi.

21. Massajning bolaga foydasi nimada?

Massaj bolaga umumiy quvvat beruvchi, mushak va asab tizimini korreksiyalovchi, qon aylanishini yaxshilovchi va to'qimalarni oziqlanishini ta'minlovchi muolaja hisoblanadi.

22. Bolaga massajni necha yoshdan qilish mumkin?

Sog'lom bolaga massajni tug'ilishi bilan qilish mumkin. Faqat go'dakllik davrda massaj asosan silash harakati bilan chegaralanadi.

23. Kattalarga qaysi holatlarda massaj qilish man etiladi?

  • O'tkir infeksion va somatik kasalliklar bo'lganda;
  • Teri kasalliklari mavjud bo'lganda;
  • Tromboflebit, limfadenit holatlarda;
  • Gipertonik bemorlarda;
  • Yurak kasalliklarining ba'zi turlarida;
  • Churralarning ba'zi turlarida;
  • O'simtalar mavjud bo'lganda;
  • Boshqa bir qator kasalliklarda.

24. Massajning gidromassajdan farqi nimada?

Gidromassaj davomida oddiy massajga nisbatan qo'shimcha ravishda suvning harorati, bosimi va tarkibirdagi shifobaxsh moddalar davolash samarasini oshiradi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ezozaxon's Avatar
    • Onash Qizalog'imni yetkazganiga Shukur!
    • Assalomu alekum silani tug'ish hikoyelani maroq bilan o'qib chiqqanimdan beri manam o'zimmi hikoyamni yozishni niyat qilib qo'ygandim faqat nimadan qanaqa qilib boshlashni bilmayotuvdim.. Bir boshdan boshlidigan bo'sam oktyabr oyini oxirlarida to'yimiz bo'ldi. Hayzim kelishiga 10 kunlacha boridi ushanda, 10 kun tugul 1 oydanam oshib kettiki hamon jim-jitli... Baribir birinchizi bir boshqacha intizorlik bilan kutarkansiz shu bir oy ichida ichim qizib sabrim chidami qanchadan qancha testlani qilib ko'rmadim hammasida 1 ta chiziqcha keyin ishxonamda uziga tushdim uzidayam hich gap yo'q. Uzuchiyam...
    • Ezozaxon
    • Ezozaxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu alekum hamma hammaga! Xa nimasini etasiz Muslimapa o'zimdanam qiyos hich o'zimdan ortomayapman... Lilyam jiiiim bop ketiptila adashmasam shu kunlaga bergandi ulaga yaxshi xabarla bilan kelishlarini kutib qolamiz!
    • Ezozaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby

Davomi »

loading...