Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

3 yoshdan keyin

KERAKLI MASALLIQLAR:

Tvorog (quruqroq) - 500 gr

Tuxum - 2 dona

Un 200 ml (170 gr)

Shakar - 4 osh qoshiq

Razrixlitel - 1 choy qoshiq

Choy sodasi - 1/2 choy qoshiq

Tuz - 1 chimdim

Qo'shimcha: Yana biroz un kerak bo'ladi, botiribolish uchun.

 

Tayyorlanishi:

1.Tvorogni yaxshilab ezg'ilaymiz, agar juda qumaloqli bo'lsa myasorubkadan chiqarib olish mumkin. Tuxum, shakar, tuz qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. 

2. Alohida idishda un, razrixlitel va sodani aralashtirib olib, tvorogli massaning ustidan sepamiz. Qattiqroq hamir qoriladi. Agar hamir juda yumshoq bo'lsa (bu tvorogning suyuqligiga bog'liq) pishirig'imiz oqib ketishi mumkin. 

3. Xamirdan qo'lda  tuxumchalik kattalikda zuvalachalar olamizda, unga belab olib yog'langan listga teramiz. Do'mboqchalarni terayotganda bir-biridan biroz uzoqroqda joylashtirish maqsadga muvofiq. Chunki pishish davomida ular ko'tariladi, shishadi. Listga qo'ygach ustidan biroz bosib qo'yamiz do'mboqqina kulcha hosil bo'lishi kerak.  180 - 190 C da qizdirilgan duxobkada 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

4. Do'mboq kulchalar pishgandan keyin yopiq chuqur idishga solib, ustidan eritilgan sariyog'ni quyib silkitib yuborib, ya'ni har bir kulchaga tegishi uchun, juda mazali bo'ladi. 5 daqiqa tursin.

5. Duxobkada pishirilgan bunday do'mboqchalar bolalar uchun juda foydali va mazali. Qovurilgan pishiriqlar bolalar uchun biroz zararli bo'lganligi uchun bu yo'l maqulroq.

Yoqimli ishtaha! 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Maryam's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari - 4
    • Goliblarimiz goliblik muborak bolsin. Farzandinglarni rohatini koringlar.
    • Ummu Maryam
    • Lily's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Kodik 1,5 piyola qatiq 250 g margarin 1ch/qoshiq soda 1 ta tuxum 1 piyola shakar 6-7piyola un ( yummmmshoq qolga yopushmaydigan) nachinkasi 3 qoshiq kakao 1 piyola shakar maydalangan yongoq 1piyola un hamir uchun masalliqlarni solib hamirimizi qivolamaiz va 6 ga bolamiz. nachinkani ham tayyorlab 6 ga bolamiz. hamirimizi yoyvolib nachinkani solib rulet qilib o'raymiz va semiz kalbasa kesganday qiyshaytirib 3 bogim kattalikda kesib chiqamiz. qolgan hamirlar ham shunday. qizimagan duxovkada pishirib issiqliguda pudra sepamiz. man tuxum sarigi surkab mak sepib pishirdim. orasi shokoladga...
    • Lily

Davomi »