Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Kartoshkali kotletalar

Og`izda pir pasta erib ketadigan bu kotletalar bolajoningiz uchun juda manzur bo`ladi. Yanayam to`yimliroq bo`lishi uchun ichiga fantaziyangizga qarab kolbasa, sosiska, ko`katlar solsangiz bo`ladi. Va hatto tashqarisini talqon bilan bulg`alab pishirishingiz bo`ladi. Men antiqa mazasi uchun ichiga dudlangan kolbasa va qattiq pishloqdan foydalandim, kartoshka yoyilib ketmasligi uchun tuhumni yordamga chaqirdim :) marhamat!

Mo`ljallangan yosh : 2 yoshdan-kattalargacha

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

Masalliqlar:

-4 ta kata kartoshka

-2 dona piyoz

-200 gm dudlangan kolbasa

-100 gm pishloq

-1 dona tuhum

-ta`bga ko`ra tuz

-qovurish uchun o`simlik yog`i

 

Tayyorlanishi:

Kartoshkani po`stidan tozalab, parrak-parrak qilib yupqa to`grab suvga solamiz va gazga qyanatishga qo`yamiz, qaynagach, gazni pasaytirib past olovda kartoshka ezilib pishguncha gazda ushlaymiz:

Kartoshkamiz pishguncha ichiga solinadigan masalliqlarimizni mayda qilib to`g`rab olamiz.So`ng pishgan kartoshkani suvidam sirqitib ichiga ta`bga ko`ra tuz qo`shib kartoshka ezgich moslamada maydalab ezamiz.

Piyozni mayda parrak qilib to`grab, o`simlik yog`iga qovurib olamiz va ezilgan kartoshkaga qo`shib aralashtiramiz.Ozgina seli o`lgan , yog`da toblangan piyoz kartoshkaga yanayam shirin maza beradi va to`yimli bo`ladi.

 Ushbu massaga to`gralgan kolbasa va pishloqni hamda 1 ta tuhumni chaqib solib yahshilab aralashtiramiz va kichik-kichik kotletachalarni yasab olamiz.

Tova tubini ko`mguncha yog` so`lib qizitib olamiz va astalik bilan kotletalarimizni ikki tomonini qizartirib olamiz, kotletchalarni yo`gda uzoq ushlash shart emas, chunki ular yarim tayyor holatda bo`ladi.

Mana tayyor. (PS.ohirgi rasmni internetdan oldim, ishdan shoshib kelib tezgina tayyorladim, homiladorligim uchun chiroyli bezab rasmga olishni unutib, hammasini tezlik bilan yeb qo`yibman.Ammo ko`rinishi huddi shunday edi, aybga buyurmaysizlar :))

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Zahroxon etib ketadi inshaAlloh bunday bolalar ko'p bo'ladi, 5 yoshgacha hali etib ketadi etmasa keyin logopedga beriladi
    • muslima1
    • Zohida97's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu aleykum mehribon opajonlarim yaxshi dam oldizmi kun sizlarga quvonchli utsin
    • Zohida97
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

loading...