Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ba'zi bolajonlar, odatda, suyuq taomlarni unchalik yoqtirib iste'mol qilishmaydi. Shu sababli zo'rlab ichirishga majbur bo'lamiz gohida. Demak, farzandlarimiz uchun, ularni ishtaha va o'z hoxishlari bilan ovqatlarini ichib olishlari uchun erinmasdan yana bir fantaziyamizni ishga solishimiz kerak bo'ladi. Suyuq taom tarkibidagi masalliqlarga bolajonlar yoqtiradigan birorta shakl berib ko'rishga nima deysiz? Keling, yaxshisi, bejirimgina yulduzcha shaklini qo'llaymiz.

Buning uchun  bizga:

yulduzcha qolipi yordamida 0,5 cm qalinlikda kesib olingan bir donadan sabzi va kartoshka bo'laklari;

ozroq go'sht - to'g'ralgan;

yarimta piyoz -to'g'ralgan;

yog' - yarim cho'mich

suv 700 ml;

bir dona tuxumga bir piyola suv va ozroq tuz qo'shib qorilgan oshxamir;

tuz, tomat va ko'katlar kerak bo'ladi. (Yuqoridagi masalliqlar uch kosa taomga mo'ljallangan).

 

Qozonchamizga yog' quyib qizdiramiz va masalliqlarni navbat bilan solib qovuramiz

Ta'bga ko'ra tuz va tomat solib, suv quyamiz va o'rta haroratda 20 daqiqa qaynatamiz. Bu orada manpar uchun tayyorlangan xamirni  0,5 cm qalinlikda yoyamiz va qolipimiz yordamida yulduzchalarga bo'lib chiqamiz

Tayyor bo'lgan yulduzchali kesmalarni qozonga tashlaymiz va yana 5-6 daqiqa qaynatamiz. 

Xamir ham pishib bo'lgach, kosaga suzib, istagan ko'katimiz bilan dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha.

 

 

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Rahmat Sevara opajon, yuribman shu ovqatlangandan keyin biroz noqulaylik bo'ladi #yahoo## boshqa vaqt hozircha yaxshi Allohga shukr %mua#
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • maroqli suhbat uchun rahmat, Sevara opamni hamma gaplariga men ham qo'shilaman, MUslima opa, Lilyginam sog' bo'linglar ilohim! Lilyginam endigi navbatni kimga bermoqchisiz?
    • muyassar2017
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

loading...