Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Uzoq yillik tarixga ega bo'lishga ulgurgan, ayni paytda ''kapkeyk'' (cupcake) iborasi bilan mashhur bu shirinlikni juda ko'p bolajonlar sevib iste'mol qilishi tabiiy. Gumbazsimon kremli ko'rinishi va ixcham, yeyish uchun qulayligi bilan ham bolajonlarga manzur bo'ladi. Keling, hadeb do'konlardan sotib olishga shoshmay, o'zingiz ham uyda bir tayyorlab ko'rib, farzandlaringizni ko'nglini ko'taring. O'ylaymanki, o'z qo'llaringiz bilan tayyorlagan shirinligingiz oila a'zolaringizni, ayniqsa, kichkintoy a'zolarni xushnud etadi.

Demak, kerakli masalliqlar (15-16 dona uchun):

1 stakan un ( bir choy qoshiq pishiriq kukuni va vanilin solib aralashtirilgan);

120 gr saryog';

2 ta tuxum;

1 stakan shakar;

5-6 qoshiq sut.

 

Chuqurroq idishga shakar bilan to'g'ralgan saryog'ni solamiz va mikser yordamida quyi tezlikda aralashtiramiz

Keyin esa tuxumni solib, bir daqiqa ko'pirtiramiz

Endi esa unni uchdan bir qismini va sutni uchdan bir qismini solib aralashtiramiz. Keyin qolgan qismlarini ham shu tartibda solib aralashtiramiz. Quyidagicha - quyuq smetana holatiga keladi.

Maxsus qolip chuqurchalariga qog'ozli qolipchalarni qo'yamiz va bir qoshiq yoki qolipchani yarmisidan qilib, aralashmani quyib chiqamiz.

180 C da 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganini bilish uchun, o'sha ko'pchilik qo'llaydigan metod - bambuk cho'pchasini xamirga tiqib ko'rasiz, cho'pcha quruq chiqsa, demak pishgan bo'ladi.

Ustki qismini esa o'z did- ta'bingizga ko'ra istagancha bezashingiz mumkin

 

 

 

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Tinib tinchimagan Soliha ukamee ajoyibsizaa😉 Asal qizimiz katta bolyaptilarmi.... biz tomonda tinchlik yana uyquga boshqorongilik boshlanib qoldi shekili tinme uhlayappannn yana 😥😢 kunduz kuni kechasi uhlash qiyin
    • Ummu Soliha
    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • demak Pazandaopajon nishondasiz))) raxmat azizlarim)))
    • Lily
    • Zahroxon's Avatar
    • Kundalik taomlar
    • Tarkibi 1 kg lavlagi 6 dona tuhum qaynatilgan oqi 6 dona kartoshka salonka qilib qovurilgan 300 gr kolbasa Tuzlangan bodring, sabzi salat va 400gr mayanez URL=http://radikale.ru/][image][/URL] Coinmarketcap Telegram Bot
    • Zahroxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka

Davomi »

loading...