Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

''Yalqov do'lmalar'' o'z nomiga ko'ra kam harakatu, lekin uzoqroq vaqt oladigan taomlardan hisoblanadi. Shu bilan birga mazasi juda ham ajoyib va to'yimli. 

Kerakli masalliqlar:

300 gr karam;

300 gr farsh;

200 gr guruch;

1 dona kattaroq piyoz;

3 qoshiq non urvog'i yoki un;

1 dona tuxum;

tuz, o'simlik yog'i ta'bga ko'ra.

Sous uchun: 3 qoshiq tomat pastasi (yoki ketchup)bilan 3 qoshiq smetana aralashmasi.

Karamni to'g'raymiz. Guruch bilan tog'ralgan karamni alohida-alohida idishga solib qaynoq suvga bo'ktirib qoyamiz. Karamni suvini 5 daqiqadan keyin, guruchnikini esa 25 daqiqadan keyin to'kib tashlaymiz. (Guruchni ivitish o'rniga pishgan guruchdan foydalansa ham bo'ladi).

Keyin hamma masalliqlarni chuqur idishga solib aralashtiramiz

Maxsus duxovkalar uchun moslangan idish  yoki tovani yog'lab, aralashmani oval shakliga keltirgan holda qo'yib chiqamiz.

Tomat pastasi va smetana aralashmasi asosidagi sousimizni do'lmani yuqori qismiga quyib chiqamiz.

180 C haroratdagi duxovkada 40-45 daqiqa pishirib olamiz.

Yalqov do'lmalarimiz tayyor bo'ldi, yoqimli ishtaha!

 

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Zizi dugonajon imtihonlardan osongina A'LO baxolarga qiynalme utib oling
    • Zahroxon
    • uzbaby's Avatar
    • Uzbaby.uz-2018
    • Sovg'alar haqida ma'lumotni tez kunda e'lon qilamiz.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Pazanda qo'li shirin qizlarjon-dugonajonlar. negadur Bolalar taomlari konkursida jim jitlik. Texnik qiyinchiliklar bo'lsa aytingiz, bartaraf qilishga harakat qilamiz.
    • uzbaby

Davomi »

loading...