Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Pishloqli bo'g'irsoqlar bolajonlar uchun yumshoqqina mazali va kalsiyga boy hisoblanadi. Meni o'g'limni sevimli pishiriqlaridan, bo'g'irsoq deyolmay "buqachaq" derdi. Oyijon buqachaq qibeying desa jon jon deb qilib beraman. Sizlarga ham manzur bo'lsa hursandman.

Bizga kerakli mahsulotlar:

3dona tuxum

1 chimdim tuz

3 osh qoshiq shakar

200 g pishloq

8 osh qoshiq un+0,5 choy qoshiq osh sodasi.

Tayyorlanishi:

 

Chuqurroq idishka tuhumlarni chaqib shakar va tuz solib vilkada ko'pirtiramiz.

Ustiga pishloqni solib vilka bilan ezib aralashtiramiz.

So'ngra un va osh sodasini qo'shib vilka yoki qoshiq bilan aralashtiramiz.

Quyuq hamir hosil bo'ladi.

Chuqurroq kastrul yoki qozonchada o'simlik yog'ini qizdirib olib, qo'llarimizni suv bilan ho'llab olib hamirdan yong'oqdan kichikroq zuvalachalar uzib olib yumalatib-yumalatib yoqqa solamiz.

Past olovda chiroyli qizarguncha pishirib olamiz, baland olovda usti pishib ichi pishmay qolishi mumkin.

Bu bo'g'irsoqlarni pishish jarayoni menga judayam yoqadi yoqqa tushkan hamirlar biroz shishadita yogni ustiga ko'tarilgach yumalab yumalab pishib qolishadi.

Mana bo'g'irsoqlarimiz tayyor. Bolajonimizni va oilamiz boshqa a'zolarini mehmon qilishimiz mumkin.

 

 

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • sevarushka's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom ajoyib qiziqarli va ma'noli suxbat uchun kattakon rahmat bu suxbatdan ancha o'zim uchun kerakli hulosalar chiqardim desam adashmagan bo'laman. Muslima Lily aytganidek bamisoli kitobday ekansiz. sizni varaqlaganimiz sari o'qigimiz kelaveradi, hayot tajribangiz juda yuqori darajada ekan. to'g'risi shunday suxbatdosh bn gaplashishni juda yaxshi ko'raman ayniqsa tinglashni, sizday insonlardan ko'p narsalarni o'rganish m,n. ohirgi farzand tarbiysida asqotadigan maslaxatlariz uchun alohida raxmat aytmoqchiman, ilohim farzandlariz kamolini ko'rib yuring, sizday ayollar bu dunyoda...
    • sevarushka
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Hammaga Assalomualeykum qizlarjon yaxshimisizlar bolajonlar ham yaxshimi
    • Ummu Soliha
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon

Davomi »

loading...