Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Quyida tayyorlaydigan taomimiz juda mazzali va to'yimli bo'libgina qolmay, vitamin va oqsilga boy va har birimizning xonadonimizda topilishi oson bo'lgan mahsulotlardan tayyorlanadi. 

 Bu ovqatimizga  kerakli mahsulotlar:

   1 ta tovuqning ko'krak qismi

   1 ta sabzi

   2 ta kartoshka

   1 ta tuxum

    non uvoqlari (kroshki xleba)

    qovirish uchun yog'

 

Birinchi navbatda sabzi va kartoshkani po'stlaridan tozalab olamiz.

va mayda bo'laklarga bo'lib, idishga solamiz va ustidan bir litr suv solib 20 minut (pishgunicha) qaynatib olamiz.

 Pishgan kartoshka va sabzilarimizni suvdan ajratib olamiz. Kartoshkani alohida idishga olib bir chimdim tuz, sariyog' va ozroq sut solib pyure holatiga keltirib olamiz. Sabzini esa sanchqi yordamida yaxshilab ezib, ikkasini yaxshilab aralashtiramiz.

Endi navbat asosiy taomimizga. Tovuqning ko'krak qismini olib yaxshilab yuvib, 1 sm qalinlikda uzunchoq qilib maydalab olamiz. 

Keyin bitta tuxumni alohida idishga chaqib olamiz va bir chimdim tuz solib sanchqi yordamida yaxshilab aralashtiramiz. Tovuq bo'laklarini birinchi shu tuxumga hamma tomonlarini yaxshilab aylantirib olamiz.

Keyin non uvoqlariga yaxshilab bulab olamiz.

Tabamizga ozroq yog' solib yaxshilab qizdiramiz. Tovuq bo'laklarini qizigan yog'da ikkala tomonini qizartirib olamiz.

Qovurib olingan go'shtni gaz listiga folga yoyib ustiga terib chiqamiz. Ustini yana folga bilan yopib 20-30 minutga 200 gradusga duxofkaga pishirib olamiz.

Pishgan tovuq bo'lakchalarini  kartoshka pyure va sabzili aralashma bilan birga dasturxonga tortamiz .  Men ovqat oldiga  bolajonim  bananli smuzi ham qildim. Bananni yaxshilab blendrda ezib 1 stakan sut solib yaxshilab yana blendrda alashtiramiz.

YOQIMLI ISHTAHA.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • bugun yana bitta imtixondan otib oldim eson omon Ollohga wukr. shu 1hafta imtixonlar... Zohida ilohim siz xam tezroq onalik baxtiga erishing.
    • ☆ZIZI☆
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

loading...