Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

KERAKLI MAHSULOTLAR:

300 GR MAKARON 

100 GR TOVUQ GO'SHTI

0.5 KG POMIDOR

2 TA PIYOZ

1 TA QIZIL BALGARSKIY

2 DONA SARIMSOQ

QOVIRISH UCHUN YOG'

  Demak birinchi navbatda tovuq go'shtidan kichkina koptokchalar yasab olamiz. Buning uchun tovuq go'shtini va 1 ta piyozni  go'sht qiymalagichdan chiqarib olamiz. Tuz va ziravorlar solib yaxshilab aralashtiramiz va kichkina koptokcchalar yasab olamiz.

 Keyin tabamizga bir qoshiq yog' solib qizdiramiz va koptokchalarimizni qizartirib qovirib olamiz. Gazdan olib qopqog'ini yopib chetga qo'yamiz

Keyingi ishimiz balgarskiyni duxovkada pishirish. Buning uchun gaz listiga folga qog'ozini yoyib ustiga balgarskiyni qo'yamiz va ozroq yog' solamiz. 15 minutga 200 gradusga qo'yamiz. Keyin gazdan olib po'stidan ajratib mayda to'g'raymiz.

Endi 1 ta piyozni maydalaymiz. Qozonga 2 qoshiq yog' solib qizitamiz va piyozni yaxshilab qoviramiz.

 Piyoz qovrilgach sarimsoqni maydalab solamiz va ketidan pamidoni va maydalangan balgarskiyni solib 10 min pishiramiz. keyin olib blendrga solamiz va 2 miutga yaxshilab ezamiz.

 Yana qayta qozonga solamiz ustidan bir qoshiq shakar va yarim stakan suv solib o'rta olovda quyuq holga kelguncha qaynatamiz.

Makaronni qaynagan suvga solib 7-8 minutga qaynatib olamiz va suvini suzib olamiz.

Makaronni tarelkaga solib ustidan pomidorli qaylani solib dasturxonga tortamiz. 

YOQIMLI ISHTAHA.

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • bugun yana bitta imtixondan otib oldim eson omon Ollohga wukr. shu 1hafta imtixonlar... Zohida ilohim siz xam tezroq onalik baxtiga erishing.
    • ☆ZIZI☆
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

loading...