Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

kabachokli pirog

Kartoshka - 500 gr
Kabachok - yarim dona
Sut - 50 ml
Sariyog' - 10 gr
Mol go'shti - 200 gr
Tuxum - 1 dona
O'simlik yog'i - 1 osh qoshiq
Tuz

 

1. Kartoshkani pishguncha o'z qobig'ida qaynatamiz. Pishgan kartoshkani ezib, unga sut va sariyog' qo'shamiz. Yumshoq pyure shakliga kelguncha ezamiz, pyure mayin bo'lishi uchun kerak bo'lsa kartoshka qaynatilgan suvni ozgina qo'shamiz.

2. Mol go'shtini ikki marta go'shtqiymalagichdan chiqaramiz va o'simlik yog'ida ozgina tuz qo'shib qovurib olamiz.

3. Duxovkaga solsa bo'ladigan chuqur to'rtburchak shakldagi idishning eng tubiga pyureni 1/3 qismini yoyib chiqamiz, ustidan qiymani yoyib qo'yamiz, keyin qolgan pyurening yarmini yoyamiz, keyin parra-parra kesilgan kabachokni terib chiqamiz, ustidan pyurening qolgan qizmini yoyib ozgina tuzlaymiz.

4. Tuxum sarig'ini 1 osh qoshiq sut bilan ko'pirtirib olib, pyure ustidan surib chiqamiz.

5. Duxovkada 170 gradus issiqlikda 20-30 daqiqa davomida dimlaymiz. Usti qizarganda duxovkadan olib dasturxonga tortamiz.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

loading...