Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ushbu taomlar bolalar bayramini ular uchun haqiqiy bazmga aylatiradi.

Kanolli (og'izda eriydigan trubochkalar) (Sitsiliya)

kanolli 2

Mahsulotlar:


Shokolad (qirg'ichdan chiqarilgan) - 100 gr
Tvorog - 400 gr
Shakar - 180 gr
Apelsin sedrasi (ozgina shakar qo'shilgan)- 100 gr
Bezatish uchun olcha
1 dona tuxum oqi
Apelsin sharbati - 2 osh qoshiq

Xamir:
Un, shakar, tuz - 1 choy qoshiq, kakao, uksus - 1 osh qoshiq, o'simlik yog'idan xamir qilamiz. Masalliqlar miqdorini o'zingiz istagancha solasiz. Eng asosiysi xamir qattiq bo'lishi kerak. Yaxshilab qorilgan xamirni selofanga solib 1 soatga xolodilnikka olib qo'yamiz.

Krem:
Tvorogni blenderda yaxshilab ezib olamiz va shakar bilan apelsin sharbati bilan aralashtiramiz. Keyin apelsin sedrasi bilan shokoladni qo'shib xolodilnikka 1 soatga olib qo'yamiz.

Xamirni yoyib, 10x10 sm kataklarga kesib chiqamiz. Kataklarni ikkita uchini olib trubochka shaklida o'rab uchlarini tuxum oqidan foydalangan holda yopishtirib qo'yamiz. Qizib turgan yog'da qovurib olamiz. Pishgan va sovugan trubochkalarni krem bilan to'ldirib chiqamiz. Ustini shakar kukuni va olcha donlari bilan bezab chiqamiz.

Grechka unidan tayyorlangan sabzili tort (eng foydali tort)

sabzili tort

100 gr shakar 1 dona limon sedrasi va sharbati bilan ko'piktiriladi. Unga 1/2 choy qoshiq koritsa va 100 gr o'simlik yog'i qo'shiladi. Aralashmaga 175-200 gr grechka uni, qirg'ichdan chiqarilgan 100 gr sabzi va 1 osh qoshiq suv qo'shiladi.

Xamirni yog' surtilgan tovaga quyib olib duxovkada 180 gradusda 45-50 daqiqa davomida pishiramiz.

Pishgan tort sovugandan so'ng ustiga krem surtamiz.

Krem: 1/2 apelsin sedra bilan sharbatiga 150 gr shakar qo'shib yaxshilab aralashtiramiz.

Bolalar pechenyesi (Italiya)

italiya pechenesi

2 tuxumni 1 stakan shakar va 1 dona limon sedrasi bilan qaynab turgan suvli kastryulka ustida quyuqlashguncha ko'pirtiramiz. Quyuqlashgandan keyin kastryulka ustidan olib soviguncha yana ko'pirtiramiz. Ko'pik qoshiqdan oqib tushmaydigan bo'llishi kerak.
Asta-asta 1 stakan un qo'shib aralashtiramiz. Maxsus bezatuvchi shprits yordamida pergament yoyilgan listga xamirga shakl berib quyib chiqamiz. Ustidan maydalangan bodom sepib chiqamiz. Duxovkada 25-30 daqiqa 180 gradusda pishirib olamiz.

Murabbo qo'shilgan Vena pechenyelari (Avstriya)

vena pechenye

200 gr margarin 1/2 stakan shakar bilan urvoqlaymiz. Urvoqqa 2 ta tuxum, 1 choy qoshiq oshiruvchi poroshok (baking powder) va 2 stakan un qo'shib xamir qilamiz. Xamirning 1/3 qismini ajratib muzlatgichga yarim soatga olib qo'yamiz. Qolgan xamirni 1.5-2 sm qalinlikda yoyib yog' surtilgan listga qo'yamiz. Xamir ustini istagan murabbo bilan surtib chiqamiz. Murabbo ustidan esa muzlagan xamirni yirik qirg'ichdan chiqarib sepib chiqamiz. Duxovkada 20-30 daqiqa davomida 200 gradusda pishiramiz. Pishgandan so'ng issiqligida kataklarga bo'lib chiqamiz.

Breton pirogi (Fransiya)

breton pirogi

Mahsulotlar:

Un - 500 gr
Suv - 2 stakan
Drojji - 10 gr
Tuz - 1 chimdim
Sariyog' - 275 gr
Shakar - 200 gr
Tuxum - 1 ta

Karamel uchun: Shakar - 50 gr; sariyog' 1 osh qoshiq

Katta tog'arada drojjini iliq suvda eritib olib un va tuz qo'shamiz. Yaxshilab aralashtirib, ustini yopib issiq joyga 1 soatga olib qo'yamiz. Ishgan xamirni un sepilgan stolda ingichka yoyamiz. Ustini eritilgan sariyog bilan surtib shakar sepib chiqamiz. Xamirni 4 marta buklab xona haroratida 10-15 daqiqa ushlaymiz. Tingan xamirni yana yoyib yana 4 marta buklab yana 10 daqiqa davomida tindiramiz. Yuqoridagi jarayonni yana 2 marta qaytaramiz.
Tovaga xamirni yoyib ustini ko'pirtirilgan tuxum bilan surtamiz. Qizigan duxovkada 200 gradusda 25 daqiqa davomida pishiramiz. Bu borada karamel tayyorlaymiz. Sariyog'ni gazda eritib shakar bilan bir quyuqlikka kelguncha past olovda aralashtiramiz. Pishgan pirogning ustiga issiqligida surtib chiqamiz.

Yer yong'oqli tayoqchalar (Kanada)

yongoqli tayoqcha

Un - 250 gr
Yer yong'oq (maydalangan) - 250 gr
Shakar - 1 stakan
Tuxum - 2 ta
Sut - 1 osh qoshiq
Eritilgan sariyog' - 1-2 osh qoshiq
Tuz- 1/2 choy qoshiq

Barcha masalliqlarni qo'shib aralashtirib xamir qilamiz. Kerak bo'lsa yana un qo'shishimiz mumkin. Xamirni 1 sm qalinlikda yoyib 8x2 sm razmerida tayoqchalarni kesib olamiz. Duxovkada o'rtacha olovda 20 daqiqa davomida pishiramiz.

Pancake (Kanada, AQSH)

pencake

Un - 1.5 stakan
Shakar - 3 osh qoshiq
Soda - 1 chimdim
Tuz - 1/2 choy qoshiq
Smetana - 0.5 stakan
Sut - 1 stakan
Tuxum - 2 ta
1 ta limon sedrasi
Bezash uchun asal, mevalar

Sut, smetana, tuxum va sedrani aralashtiramiz. Boshqa idishda un, shakar, tuz va sodani aralashtirib olamiz. Endi ikkala aralashmani qo'shib olamiz. Cho'ziladigan quyuq smetana kabi xamir chiqishi kerak. Qizigan skovorodkaga yog' surtib xamirimizni quyib ikki tomonidan pishirib olamiz. Bolalar uchun yoqimli bo'lishi uchun tayyor pirogimiz ustiga asal surtib mevalar bilan bezaymiz.

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Maryam's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Duxovkamiz tuzaldi. Endi tuxumu shakarlani kunini korsatvomman disammm.๐Ÿ˜‰๐Ÿ˜‰๐Ÿ˜‰๐Ÿ˜‰
    • Ummu Maryam
    • Zarinabonu's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • Muslima opam mana usha ko'tarib yuradigan Tandir. Moskvada sotilyapti. [image]http://picasion.com/
    • Zarinabonu
    • Ummu Maryam's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Ozim qorqib ketvomman tagin Maryamga qorqma Maryam man yoningdaman sani himoya qilaman deb qoyaman. ^xoxo$ ^xoxo$ ^xoxo$
    • Ummu Maryam
    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • demak Pazandaopajon nishondasiz))) raxmat azizlarim)))
    • Lily
    • Zahroxon's Avatar
    • Kundalik taomlar
    • Tarkibi 1 kg lavlagi 6 dona tuhum qaynatilgan oqi 6 dona kartoshka salonka qilib qovurilgan 300 gr kolbasa Tuzlangan bodring, sabzi salat va 400gr mayanez URL=http://radikale.ru/][image][/URL] Coinmarketcap Telegram Bot
    • Zahroxon

Davomi ยป

loading...