Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yoz kunlari ko'p oilalar dam olish uchun boshqa shahar yoki mamalakatlarga ketishni rejalashtiradi. Kichik bolaning salomatligiga ham havo almashtirish foydali hisoblanadi. Dam olish maroqli o'tishi uchun ba'zi sirlarni bilish, safarda kichik bola bilan qiynalmaslikka yordam beradi.

1. Bola odatda kasal bo'lganda ichib yuradigan dori-vositalarini kerakli miqdorda olib ketish kerak;

2. Borilayotgan joydagi ob-havo haqida oldindan bilib olish (internet, tanishlar orqali) lozim;

3. Kutilayotgan ob-havoga mos kiyim-kechak olish muhim;

4. Har doim qo'shimcha ravishda kutilayotgan havodan sovuqroq havo uchun qo'shimcha 2 sidra kiyim olish talab etiladi;

5. Oyoq kiyim kamida ikkita bo'lishi kerak. Biri xo'l bo'lsa, ikkinchisi as qotadi;

6. Bola zerikmasligi uchun unga kerakli o'yinchoqlardan 1-2 dona olish ketish foydadan holi bo'lmaydi(rangli qalam, plastilin, konstruktor va boshqalar);

7. Yaralarni bitishi uchun yordam beruvchi dezenfeksiyalovchi vosita kerak bo'ladi;

8. Har ehtimolga qarshi zontik solib qo'yish kerak. Dengiz tomonlarda odatda birdaniga yomg'ir yog'ib ketishi mumkin;

9. Bolaga ichki kiyimni ortigi bilan olib ketish kerak;

10. Dam olish joyi tanlanayotganda bolaning yoshi va qiziqishlariga ham ahmiyat bermoq lozim. Faqat ota-onasiga yoqadigan joyda bola zerikib ota-onasi maroqli dam olishiga to'sqinlik qiladi. Faqat bola uchun qiziqarli joyda ota-ona tez zerikib qoladi. Shuning uchun oilaviy dam olsa bo'ladigan joylarni tanlash kerak.

11. Bola maxsus kasha yoki smes yeyayotgan bo'lsa, kerakli miqdorda oib ketish haqida unutmang. Yangi joyda bolalar uchun maxsus yeguliklarni topish qiyinchilik tug'dirishi mumkin, undan tashqari yangi joyda bola o'rgangan ovqatini yegani ma'qul.

12. Bolaning teri nozik bo'lsa, o'zi foydalanayotgan gigiena vositalarini birga olib ketish muhim;

13. Bolaga yoqadigan o'ziga mos sumka-ryukzak olib bersangiz, o'z buyumlarini o'zi olib yurishni afzal ko'radi;

14. Uyda aravadan foydalanilmayotga bo'lsa ham, safarga olib ketgan ma'qul. Uzoq safarlarda kuni bilan aylanib yurishda bola charchab qoladi. Undan tashqari kechki payt  ota-ona aylanib yurganda, bola mazza qilib aravasida uxlay oladi;

15. Bolaning bo'yniga ilib qo'yadigan beyjik kerak bo'ladi. U yerda ota-onaning adresi yoki telefon raqamlari, to'xtalgan mehmonxona haqida ma'lumot yozilgan bo'lishi kerak. Bola yo'qolib qolsa, topilishida yordam beradi. Beyjikni safar mobaynida yechmaslik kerak;

16. Bolaning bosh yoki oyoq kiyimi ko'zga tashlanadigan rangda bo'lsa, ko'pchilik orasida ko'z oldingizdan yo'qolib qolmasligiga yordam eradi. Kiyimning o'rniga bilagiga rangli yoki jaranglaydigan bilaguzuk taqib qo'ysa ham bo'ladi.

Eng muhimi, dam olish maskanlarida, boshqa mamlakatlarda ota-onaning bolaga bo'lgan e'tibori 2 barobar ko'proq bo'lishi kerak. Bolaning yo'qolib qolishiga, shikkastlanishiga, betob bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun, nihoyatda e'tiborli va sabrli bo'ling, shunga haqiqatan mazza qilib oilaviy dam olib kelasiz! 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Love you baby's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • She’riyat olami: РАМАЗОННИ СОҒИНГАНЛАР. Аллоҳ ризосинга зорман, Гуноҳим бисёр иқрорман. Орангизда мен хам борман, Рамазонни соғинганлар. Берсаларда тилло кўза, Ичмай шароб, тотмай бўза. Нақадар бахт тутмоқ рўза, Рамазонни соғинганлар. Шеърга излайвермай ташбеҳ, Виждон менга берур танбеҳ. Дер зикр қил айтгил тасбеҳ, Рамазонни...
    • Love you baby
    • Самира's Avatar
    • Homiladorlikda teri muammolari
    • Аптекалардан суранг. Иложи булса интернетдан уқиб узизга мосини танлаб номини ёзиб олиб борсайиз янаям яхши.
    • Самира
    • Самира's Avatar
    • So'z tuzish o'yini
    • Офарин Зизи... Қани суз усталари... Ф.А.Х.Д.
    • Самира
    • muslima1's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari-3 konkursi go'libini aniqlash
    • 14 kishi voz beribdi lekin g'olib hali ham aniq emas, 3 kishida ovozlar soni teng omad kimga kular ekan, 1 kishi balki 1 kishini ovozi barchasi hal qilar ovoz bermaganlar ovoz berishga shoshiling!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Allergik bronxit
    • InshaAlloh hech nima qilmaydi, Alloh shifo bersin deb ichirng, suv ichirsangiz ham shunday deb ichirsangiz Alloh shifo beradi o'zi shundoq ham bilsangiz kerak etdim qo'ydimde😊
    • muslima1

Davomi »