Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

urish

Oramizda "Bolani urib tarbiyalash noto'g'ri", deb o'ylaydiganlar va "bolani urib katta qilsa, tarbiyali bo'ladi," deydiganlar ham bor. Kim haq yoki nohaqligini bilish shart emas, bolani urish aslida nima ekanligi haqida bilib olaylik.

Bolani urish, bu avallambor jinoyatdir. Ikki katta odam bir-birini urib biriga lat yektazsa, jinoiy ish hisoblanadi. Biz ham bolani urib unga lat yetkazamiz. Kulguli tuyulishi mumkin. Axir atrofimizdagi aksariyat ota-ona bolasini urib katta qiladi. Demak hamma jinoyatchimi? Bir go'dakga jismoniy va psixologik zarar yetkazgan ota-ona farzandi hayotiga katta ziyon keltirgan jinoyatchidir. 

Urish - bolani qiynash deganidir. Bola o'z ota-onasida himoyachini ko'radi. Bola uchun ota-ona uni hayot zarbalaridan asrovchi va himoya qiluvchi insondir. Aynan himoyachi bolani urib tursa, bolada boshqa insonlarga ishonchi qoladimi? Tug'ilishidanoq ishonib kelgan, yig'lasa ovutgan, qorni ochganda ovqat bergan ota-ona unga qo'l ko'tarayotganini ko'rayotgan bola boshqalardan ming barobar ko'proq qo'rqib atrofdagi insonlarga ishonmaydigan bo'lib o'smaydimi? Xuddi shunday bo'ladi. Agar sizni kichikligingizda ota-onangiz urib katta qilgan bo'lsa, siz hozir shundaysiz. Siz odamlarga ishonmaysiz, oson gaplashib do'stlasha olmaysiz, o'zingizga ishonmaysiz. Shuning uchun ham bekorga rashq qilib yuradigan odatingiz bor, alam qiladigan holatlar ko'p, arzimagan gap tegib ketadigan asabiydursiz balki. Buning hammasini negizi aslida hozirgi muammo emas, balki yoshlikdagi ota-onaning sizga bo'lgan munosabatidir. Ular sizning ishonchingizni yo'q qilib qo'yishgan. Ular sizni urgan, sizga og'riq bergan, jismoniy asorat qolmagan bo'lsa ham, qalbingiz minglab yara va alamlarga to'lib ketgan. O'z farzandingizga ham shuni ravo ko'rasizmi?

 

Urib, bolaga uni yaxshi ko'rmasligingizni ko'rsatasiz. Siz uni sevasiz, kasal bo'lsa, tunlar uxlamay unga qaraysiz. Uni jondan ortiq yaxshi ko'rishingizni bilasiz. Lekin bola  uni urib turganingizda o'zining bolalik aqli bilan buni tushunmaydi. Bola uchun unga og'riq keltrigan inson bu sevmaydigan insondir. U hali anglamaydi, siz uni yaxshi ko'rganingiz uchun urayotganingizni (bu sizning fikringiz). Uning fikricha, uni urdingizmi, demak u yomon bola. Demak u mehrga sazovor emas. Uni urish kerak, xolos. O'sgan sari o'zini kamsitib boradi, o'ziga juda yomon narsalarni ravo ko'rib o'sadi. Axir u biladi - u yomon, bo'lmasa ota-onasi uni hech qachon urmagan bo'lar edi. Katta bo'lganida ota-onalar hayron qoladi: "Nega bolam ichadigan bo'ldi," "Nega o'ziga shu qizni (yigitni) ravo ko'rdi, ahir u unga mos emasku. Mening bolam yaxshiroqku!" Kamsitilib o'sgan qizlar kelin bo'lganida o'zini qadrini bilmayyashaydilar. Erining, qaynonasining suyukli oila a'zosi emas quli bo'lib yashaydilar.

Buni siz his qilasiz va bolaga tushuntirmoqchisiz, lekin bola buni tushunmaydi. U o'zini juda yomon inson deb his qiladi va hech qachon o'ziga hurmat bilan qaray olmaydi. Chunki yoshligida uni uraverib qalbiga kuchli zarba yetkazilgan. U o'ziga endi ishonmaydi, o'zini hurmat qilmaydi, kamsitadi. Bunday inson hayotda, jamiyatda juda qiynalishini hamma biladi.

Bolani urayotganingizda undan alamingizni olasiz. Ba'zida ota-ona shaxsiy muammolarini boladan chiqaradi. Qaynonasidan gap eshitgan kelin, bolasini siltaydi. Ishxonada muammosi chiqqan ota ham bolasiga qo'pollik qilishi hech kimga sir emas.

Bola sizning mulkingiz emas. Uni istagan paytda urib, unga baqirishga haqqingiz yo'q. Bolani sizga Olloh katta bo'lishida unga yordam berishingiz uchun sizga ato etgan. Uni urib, undan o'z alamlaringizni olib, uni o'z istaganingizcha katta qilishingiz uchun emas!

Ruhan kuchli zarba yegan inson "Meni urishgan, hech kam bo'lmadim," deydi. Ota-onasiga minnatdor ham bo'ladi. Lekin u bilmaydiki, mana shu urilgani sabab, erkak o'ziga ishonmaydigan, hayot qiyinchiliklariga bardoshsiz bo'ladi, xotinini ko'p rashq qiladi, ayol, qaynonasiga yoki eriga supurgi bo'lib yashaydi, ishxonada yaxshi pul topgan taqdirda ham ota-onasi urgan bola o'zini baxtli his eta olmaydi unga doim nimadur yetishmaydi, doim nimadandur qoniqmaydi. Bu yoshligida uni urishayotganda paydo bo'lgan alamining natijasi ekanligini biling.

Ota-onangiz urgani uchun siz zo'r inson bo'lmadingiz, ota-onangiz urib sizni qiynaganida qo'rquv hissi o'shaverib siz o'zingizni qiynab bo'lsa ham, ota-onangizga munosib inson ekanligigngizni isbotlash uchun bir nimaga erishdingiz. Lekin qoniqish hech qachon yuz bermaydi. Chunki hozir qancha harakat qilmaylik, bolalikda paydo bo'lgan yarani bitishi juda qiyin. Ichingizga quloq soling, yoshligingizni eslab ko'ring, ota-onangiz oldida minglab alamlaringiz borligi tashqariga chiqadi. Lekin ota-onamiz bunga aybdor emas, ularni urib katta qilgan ularning ota-onasining ham bunda ta'siri bor. Muhimi bu emas. Muhimi siz shunga chek qo'yishingiz kerak. Sizning farzandlaringiz urib tarbiya olmasligi kerak.

Urish orqali ota-ona bolaga o'rnak bo'ladi. Agar ota-ona bolaning nojo'yi harakatlarini urib emas, aql ishlatib, to'g'ri so'zlar topib, bolaning ko'ngliga qo'l solib to'g'irlay olsa, bolaning ota-onaga bo'lgan hurmati va ishonchi oshadi. Kelajakda u o'z muammolarini xal qilishda ham aql va mantiqni ishlatib yo'l tutadi. Lekin urishdan boshqa hech narsa ko'rmagan bola, hayotda ham o'z muammolarini urishib xal qilishga o'rganadi. Qo'lidan kelmagan paytlarda esa sinib qoladi.

Urish, bola bilan ota-onani uzoqlashtiradi. Kichikligida bolani urishga kuchingiz yetadi. U sizdan qo'rqadi, jismonan qo'rqadi. Lekin 13-15 yoshiga kelib sizni bir tiyinga olmay, gapingizga kirmay bilganini qilib yurganida nima qilmang, u sizga quloq solmaydi. Uni ichi to'la alam. Siz va uning orasida buzilmas devor paydo bo'lgan. Bu devor bolani kichikligida  urganingiz sari kattalashib borgan. Yon atrofga nazar solsangiz, farzandi katta bo'lgach uni eplolmaydiganlar juda ko'p. Bu yoshda bolani urib to'g'ri yo'lga solish qiyin, endi u bilan gaplashish kerak. Lekin siz istasangiz ham endi bola siz bilan gaplashishni istamaydi. Qo'lingizdan kelsa uring, faqat endi u sizdan qo'rqmaydi. U sizga alamzoda. Yoshligida u bilan gaplasha olmagan bo'lsangiz, katta bo'lganida umuman uning kongliga yo'l topa olmaysiz.

Yana bir muhim vaziyat - bolani urayotganingizda u asl sababi tushunmaydi. Unga baqirib, jahl qilayotganingizda u qilib qo'ygan aybiga sizchalik qaray olmaydi. To'kilib ketgan 25 kg guruch yoki yangi gilamga tushgan bolaning loy izlari - bu siz uchun katta muammo. Siz bilasiz bu guruch qancha pulga kelganini, siz tushunasiz gilamga 5 yil pul yiqqaningizni. Lekin bola - u bola. Unga ellik marta tushuntirsangiz ham bu masalani mohiyatini tushunmaydi. Chunki u hali bu hayotda kam yashagan, uning uchun bu hech qachon haqiqiy muammo bo'la olmaydi. Shunda uni urib, baqirib turganingizda uning hayoliga to'kilgan guruch emas, "Meni onam shunchalik yomon ko'rar ekan," degan fikr keladi, xolos. 

Ota-ona 3 toifaga bo'linadi. 

1. "Bolani urib tarbiyalasa, odam bo'ladi", deydiganalar.

2. "Bolani ba'zida sekin urib turish kerak, shunda butun umriga bunday qilish mumkin emasligini esida tutadi", deyidiganlar.

3. "Bolani hech qachon urish mumkin emas," deydiganlar.

Siz qaysi toifaga kirishingizni o'zingiz bilasiz. Lekin 1chi toifadagilarning farzandi yaxshi bo'lib o'sadi, deb shoshilmang. Ular qo'rqoq, o'z fikriga ega emas, ruhan singan insonlardir. Boshida ota-onaning chizig'idan chiqmagan bo'lsa, keyinchalik boshqa bir insonga qul bo'lib yashaydiganlardir.

Xuddi shunday 3chi toifadagilar farzandlari erka tantiq bo'lib katta bo'ladi, deyish ham noo'rin. Bolani urmaslik, uni tarbiyamaslik degani emas. Chiroyli tarbiyani urmay turib ham berish mumkin. Lekin bu ota-onadan mashaqqat va sabr talab qiladi. Shuning uchun ham ota-ona chiroyli tarbiya bera olmasligidan qo'rqib bolasini urib, haqoratlab katta qiladi. Qo'rqoq bolani katta qilish osonroq!

Bolani chiroyli tarbiya qilishning eng oson yo'li - bola bilan ko'p suhbatlashishdir. Yaxshlik va yaxshi amallar haqida gaplashish, yomon ish qilib qo'yganida unga chiroyli ta'sirli so'zlar bilan to'g'ri yo'lni ko'rsatishdir. Shunda 18 kirgan bola ham guruch to'kishdan ko'ra jiddiyroq ayb ish qilib qo'yganida, uning ko'ngliga yo'l topish oson bo'ladi.

Ba'zi oilalarda farzand yo'q. Ba'zilar farzandini yo'qotib qo'yadi. Siz bir narsani tushuning, sizda shu topolonchi, baqiroq, erkatoy, quloqsiz bolaning borligi bu oddiy holat emas. Bu sizning boylik va baxtingizdir. Olloh sizga ato etgan buyuk ne'matdir. Uni urib uni tanasini va ruhini og'ritish kerak emas. Bolangiz yiqilib tushsa, oldiga chopib borib ko'tarasizku...nega? Chunki o'griydi! Urayotganingizda ham qo'lingiz unga haqiqiy og'riq berayotganini unutmang. Sizning jahlga to'la ko'zlaringiz, haqoratli so'zlaringiz esa uni dilini yig'latayotgani haqida unutmang. 

Afsus "Bugundan boshlab bolamni urmayman", deb bunga chek qo'ya olmaysiz. Chunki bolani urayotgan ota-ona o'zi qattiq psixologik lat yegan insondir. U bir zumda o'zgara olmaydi. Bunga ba'zida psixologning yordami ham talab etiladi. Shuning uchun hech bo'lmasa bolani urish o'ta yomon narsa ekanligini his qilishdan boshlang. Ichingizda ota-onangiz bilan gaplashing, alamlaringizni qog'ozga yozib bo'lsa ham chiqarib tashlang. Yoshligingiz damlarini birma-bir eslab chiqing, ota-onangiz sizga qo'l ko'targan davrlarni, haqoratlashganini ko'z oldingizga keltiring. Eslang! Ko'zingizga yosh kelganida aslida ichingiz to'la alam ekanligiga amin bo'lasiz. Ularni kechiring. O'z farzandlaringizni ham shunday alamda o'sishiga yo'l qo'ymang. Farzandingizni nega urayotganingizni bir qog'ozga yozib o'qib chiqing. Shunda qanchalik arzimagan narsalar deb bolani qalbini va tanasini og'ritganingizni his qila olasiz. Undan tashqari bu holatlarda bolani urmay turib qanday chiqish mumkinligini ko'ra olasiz.

Keyingi safar bolaga qo'l ko'tarishdan oldin uning ko'zlariga hech bo'lmasa 3 soniya davomida termulib ko'ring. Mana shu qo'rquvga to'la ko'zlar uning hayot davomida sherigiga aylanib qolmasligi sizning qo'lingizda. 

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

muxokama