bolani cho'milishi

Hozirgi kunda ko'pchilik ota-ona maktab yoshigacha bo'lgan bolani deyarli har kuni cho'miltirishga odatlangan. Huddi shunday chaqaloqlarni ham. Shartmikin?

Amerika Pediatrlari uyushmasining ta'kidlashicha, chaqaloqlarni ham maktab yoshigacha bo'lgan bolani ham har kuni cho'miltirish shart emas.

Tez-tez va astoyidil cho'miltirilgan bolalarda allergiya, atopik dermatit, teri qichinishi va astma kasalliklarga moyillik kuchayar ekan. 

Uyushmaning ta'kidlashicha, bolani kir bo'lsagina cho'miltirish kerak. Misol uchun loy yoki qumda o'ynagan, ustiga spagetti ag'darib yuborgan bo'lani cho'miltirish shart. Shunchaki uyda o'ynagan yoki ko'chada toza joyda aylanib yurgan bolani haftada 1-2 marta cho'miltirish kifoya ekan.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarni esa, asosan bukiladigan joylarini nam lattada asta artish va tagliklar joyini toza tutish tavsiya etiladi. Chaqaloqlarni ham haftasiga 3 martadan ortiq cho'miltirmaslik tavsiya etialdi.

Olti yoshdan katta bolalarni haftada ko'pi bilan 2 marta yoki kir bo'lganida va boladan hid kelganida cho'miltirish lozim.

Bolaning nozik immun tizimi atrof-muhitdagi virus, bakteriya va kirga bardoshli bo'lishi uchun uni tez-tez cho'miltirmaslik kerak ekan.   

Ayniqsa, yuvish vositalarini ishlatgan holda, bolani tez-tez cho'miltirish bola terini va immun tizimini bardoshsiz bo'lishiga olib kelar ekan.

Butunlay cho'milishning o'rniga, yuz qo'lni tozalab yuvish, ichki kiyimni toza tutish, oyoqlarni yozda yuvib yurishga bolani odatlantirish muhim.

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

Davomi »

loading...