Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Bolani mustaqil uxlash

Bolani uxlash vaqti keldi, lekin unga birdan hamma narsa kerak bo'lib, bir "suv olib keling", bir "ko'rpani to'g'irlang" deb sizni ovora qilishni boshlaydi. "Sevimli ayiqchani olib keling" deb, keyin esa "uni yotqizib bering" deb so'raydi. Sizning esa shu payt jahlingiz chiqa boshlaydi, "yana nima kerak ekan?" deb. Asabiylashmang...

Nega bolajonlar uxlashni xush ko'rmaydilar?

Kattalardan farqli o'laroq bolalar uxlashga yotishni xush ko'rmaydilar. Bola uxlayotganda suyukli onajonidan ajralib qolishidan qo'rqadi. Undan tashqari uxlashga yotsa, sevimli o'yinlarini o'ynay olmasligi ham uni uxlashdan bosh tortishga undaydi.

Nima qilish kerak?

Bolani uxlatish ota-ona uchun asabiylashish jarayoni bo'lmasligi uchun, "uxlatish marosimini" ishlab chiqing.

Masalan, ayrim bolalar uxlashdan oldin bir ertak aytib berishingizni so'raydi, ayrimlarini aynan 3 marta o'pib qo'yish kerak, bir xil bolajonlar onasi ko'rpani to'g'irlab qo'yib uxlatishini xohlaydilar. Bu bolaning injiqligi emas. Bu bolaning atrof muhitga bo'lgan o'zgacha qarashi. Shuning uchun bola nima xohlashini bilmay sizdan har narsani uyqudan oldin talab etavermasligi uchun, unga uyquga ketish marosimini uyushtirib bering. Misol uchun, bolani yotqizib, uni o'pib, ko'rpasini yopib, "yaxshi yotib tur bolajonim" deb ayting. Bir-ikki kun yana u-bu narsa so'rashi mumkin, lekin uni bermay "bo'ldi endi uxlash kerak", desangiz, keyingi safar shu ko'rpani yopishingizni o'zi unga uxlash payti kelganligini ko'rsatadi va bola tinchlanadi.

Uxlatish qoidalari

Uyqudan oldin chiroyli ertak yoki klassik musiqa tinglash bolada did shakllanishiga yordam berar ekan.

  • Bolani shoshayotganingizda uxlatishga urunmang, ayniqsa tez-tez deb undab tursangiz, bola asabiylashib umuman uxlamaydi. Bolani uxlatishga alohida vaqt ajratib, muloyimlik bilan, tinch asablar bilan amalga oshirish lozim. Shunda bola ham tinch uxlaydi.
  • "Uxlatish marosimini" qo'llang.
  • Bolani uyquga ketishidan oldin odobga chaqirmang, urishmang. Bola xotirjam ko'ngil bilan uyquga ketishi lozim.
  • Sevimli ertak yoki chiroyli musiqa bolani uxlatishga yaxshi zamin yaratadi.
  • Bola uyquga ketishi ota-onasidan vaqtincha ajralishini ko'zda tutadi. Shuning uchun yotqizayotganingizda uni albatta o'pib, quchoqlab, uni qanchalik sevishingizni aytishni unutmang.
  • Bolani har kun, bir xil marosim bilan uxlating. "Mana yuzimizni yuvdik, endi sen yotasan, men esa ishlarimni qilaman" kabi mayin, lekin talabchan so'zlarni bola yaxshi tushuna oladi.
  • Agar bola qorong'ilidan qo'rqib, kechki chiroqni yoqiq qoldirishingizni so'rasa, aslo bunga qarshi bo'lmang. Ayrim bolalarda yoshligida qo'rquv hisi kuchli bo'ladi. Uni kuchaytirmang.

Shuni unutmangki, har bola o'zgacha bo'ladi. Ayrim bolalar go'dakligidan yoki 1 yoshligidanoq bemalol mustaqil uxlay olsa, ayrimlari hatto 5 yoshida ham sizning uxlatishingizga zor bo'ladi. Uyqu esa bola uchun juda foydali jarayon. Agar bola uyquga ketishida yoki uyquda asabiylashayotgan bo'lsa, demak unga talabchan bo'lish emas, balki mehribonroq bo'lib, uyqusiga ko'proq vaqt ajratishingiz talab etiladi. Bolani urishmasdan, oldida 30 daqiqa ko'proq o'tirsangiz, u ham tinchlanadi, siz ham asabiylashmaysiz.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Qadrdon forumdoshlar bormisiz-omonmisiz?
    • salom Farida bormisiz, omonmisiz, uģliz, qiziz ham yaxshilarmi? kotta bulib qolgandirlar, forumga kirme quydiz, endi avvalgidek tez tez kirib turing:sevgi :sevgi :sevgi
    • Zahroxon
    • Farida1992's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu alaykum Uzbabyning mexribon,pazanda,mexnatsevar qizlari.Hammangiz sog' salomatmisiz? Farzandlaringiz oila a'zolaringiz omonmilar? meni tanigan va tanimaganlarga sog'inchli salomimni yo'llab qolaman.Sizlarni judayam sog'indim dugonayu,opa-singillarim.
    • Farida1992
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • [image] Sizlarda qandey nomlanadi? Bizda Qurtava deyilardi. Moshkichri ustidan ezilgan qurt suvi quyiladi
    • Pazandaxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Iyul2017
    • [image] [image] Dengizda quyosh botishi [image] [image] [image]
    • Pazandaxon

Davomi »