Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Boladan o'rnak olish

Bolalarning quyidagi 10 fazilati bizga o'rnak bo'lishi kerak. O'rganing:

1. Yomonlikni tezda esdan chiqara bilish

Bolani oson yig'latish mumkin. Lekin u bir necha daqiqadan so'ng hech narsa bo'lmagandek yana o'ynab kulib yura oladi. Kattalar esa bir xafa bo'lsa, bir necha kun yoki yil alamini ichida saqlab yuradi. Agar kattalar ham bolalar kabi alam va qayg'uni oson unutib yuborishni bilganlarida, yashash ancha oson bo'lardi.

2. Charchoqni his qilish

Bola charchasa, ovqat yeb turgan joyida uxlab qolishi mumkin. Bola charchog'ini bilib shu zahoti dam oladi. Kattalar esa o'z charchog'ini unutib dam olish kerakligini bilmaydilar.

3. Organizm talabini bilish

Bola faqat o'zi istagan narsani yeydi. Agar bir nima yoqmasa, bola hech qachon uni yemaydi. Kattalar esa, aksincha ozish va boshqa sabablarga ko'ra o'zlari istamagan narsalarni yeyishga o'rganib qolishgan. Buning natijasi esa stress.

4. Shoshmaslik

Bolada rejim degan tushuncha yo'q. U o'zi istagan payti ovqatlanadi, o'zi istaganda uxlaydi va o'zi istaganda o'ynaydi. Kattalar esa, ma'lum bir rejimda yashab qaergadir shoshaveradilar. Shoshishga ehtiyoj bo'lmaganda ham shoshmasdan ish ko'ra olmaydilar.

5. O'ynab-kulib yashash

Bola har bir ishni o'yin bilan qiladi, bola taasurotlar va tasavvurlar bilan yashaydi. Agar kattalar ham uy ishlarini qilish, ovqat pishirish yoki boshqa ishlarini o'ynab-kulib bajarsalar, ish ham yoqimli bo'lib qoladi.

6. Savol berish

"Nega quyosh dumalab ketmaydi?", "Nega mushuk orqa oyoqlarida yurmaydi?" kabi bolalarning beg'ubor savollari ularni dunyoga qarashi naqadar go'zal ekanligidan dalolat beradi. Bolaning shu kabi savollariga javob berishdan bosh tortmang.

7. Narsaga yangidan nazar solish

Ahamiyat bersangiz bolaga bir multfilmni 10 marta qo'yib bersangiz ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Chunki u har safar unga turlicha nazar bilan qaraydi. Siz ham har kungi ishlarga, atrof muhitga turlicha qarash bilan nazar sola biling. Shunda hayot qiziqarli ko'rinadi.

8. Jinnilik qilish

Gohida bolalarcha jinnilik qilib, bolalarcha beg'ubor kulish, hech narsa haqida o'ylamay bir zumga "bola" bo'lib qolish kattalar uchun foydali.

9. Aktiv bo'lish

Bola bir joyda o'tira olmagandek, kattalar ham doim harakatda bo'lishlari lozim. Shunda hayot zerikarli o'tmaydi.

10. O'z-o'zinini sevish

Bolalar kabi kattalar ham bir oz egoist bo'lib, o'zlari haqida o'ylashni, o'zini sevishni unutmasligi lozim.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom dugonajonlar kunlar yaxshi o'tyaptimi? bormisizlar ? Muyassarxon bu yogi oz qolibdiku. sumkalariz tayyormi?
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

loading...