Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Katta farzand

Farzandi bor oilada yangi chaqaloq tug'ilganda, katta farzandga mehr yetmay qoladi. Tug'ruqxonadan uning sevimli onasi chaqaloq ko'tarib kelishi bolaga stress keltiradi, shu kundan boshlab u birdan injiq, to'polonchi, quloq solmaydigan bo'lib, ukasi (singli)dan ota-onasini qizg'anayotganini ko'rsata boshlaydi. Ushbu vaziyatdan qanday qilib bolaning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmay chiqib ketish mumkin?

 

"Singlining yig'lashi joniga tegib 4 yoshli o'g'lim uni og'zini yostiq bilan yopishga urundi. Oz qolsa, 1 oylik qizim nafas olmay qolar edi..."

Bu voqea hayotda kam uchrasa ham, haqiqatdir. Bittadan ko'p farzandi bor har bir ona bolaning rashqi degan tushuncha bilan tanish bo'lsa kerak. Deyarli hamma katta farzand uyga uka yoki singil kelganda ota-onasini undan qizg'anadi. Faqat qizg'anish darajasi turlicha bo'ladi. Kimdir yangi chaqaloqni yomon ko'rib qolib qitmirlik qilsa, kimdir unga shikast yetkazish istagida bo'ladi. Katta farzandlarga ham axir qiyin. Shu kunga qadar onasi ham otasi ham faqat uniki edi, endi esa ular mehrini, vaqtini, e'tiborini chaqaloq bilan bo'lishishi kerak, axir bu stress emasmi?

Katta farzandning ukasi (singli) ga nisbatan nafrati uyg'onmasligi, unga mehri ortishi va ota-onasi mehridan mahrum bo'lib qolmasligi har tomonlama ota-onaga bog'liq. Quyidagi maslahatlar ota-ona tarbiya jarayonida xato qilib qo'ymasligiga yordam beradi.

1. Uyga yangi chaqaloq kelmasidan oldin katta farzandni tayyorlash kerak. Homiladorlik davrida ona o'z farzandiga qornida uning ukasi yoki singlisi bor ekanligi haqida, yaqinda uyga kelib birga yashashi va o'ynashi haqida tushuntirish lozim. Homila qimirlaganda katta farzandga ko'rsatib, tushuntirib, unda mehr uyg'otishga harakat qilish kerak.

2. Bola tug'ilganda katta farzandingizni buvisinikiga olib borishga shoshilmang. Undan ko'ra tug'ruqxonaga olib keltirib, yangi tug'ilgan ukasi (singli) bilan tanishtirib, unga chaqaloq sovg'a olib kelganligini oldindan ta'minlab qo'ying.

3. Uyga yangi chaqaloq bilan kelgach, katta farzandingizga bir necha kun yanada e'tiborliroq bo'ling. Uyga kelgan mehmonlar faqat chaqaloqqa sovg'a olib kelishi uni xafa qilib qo'yishi mumkin. Shuning uchun, katta farzandingizga oldindan arzimagan bo'lsa ham sovg'alar tayyorlab qo'ying. Mehmonlar kelganda, ular nomidan unga ham sovg'a taqdim etish uchun.

4. Chaqaloqni iloji boricha katta farzandingiz oldida erkalayvermang. "Voy muncha bu shirin bo'lmasa", "Muncha ko'zlari chiroyli" kabi so'zlaringiz katta farzandingizni rashqini kuchaytiradi.

5. Hech qachon yangi tug'ilgan chaqaloqni katta farzandingizga namuna qilib qo'ymang. "Qara singling uxlavatti, sen esa yuribsan", yoki "Sen to'polon qilaverasan, ukang esa quloq solib uxlab yotibti" degan gaplar aslo noo'rin.

6. Undan tashqari katta va kichik farzandlar munosabatini musobaqaga aylantirmang. "Agar hozir ovqatingni yemasang, ukangga berib yuboraman" yoki "Agar menga quloq solmasang, singligni ko'chaga olib chiqaman, sen esa uyda qolasan" kabi gaplaringiz katta farzandingizda ukasi (singli)ga nisbatan salbiy munosabat uyg'onishiga olib keladi.

7. Chaqaloqqa nisbatan mehr uyg'onishi uchun, uni parvarish qilishda katta farzandingizni jalb qiling. Masalan, taglik almashtirganda uning yordamini so'rang yoki chaqaloqni og'zini artib quyishni iltimos qiling. Bola o'z kerakligini his qilib, chaqaloqqa g'amx'o'r bo'layotganidan g'ururlanib unga mehr qo'yishni boshlaydi.

8. Chaqaloqni emizayotganingizda iloji boricha katta farzandingizni ham oldingizda olib o'tiring. Masalan, u bilan birga shu payt kitob o'qishingiz mumkin yoki unga qiziq narsalar haqida aytib berishingiz mumkin. Agar bunga jismonan kuchingiz bo'lmasa, u holda emizadigan joyda katta farzandingiz uchun o'yinchoqlar tayyorlab qo'ying. Bu o'yinchoqlar faqat o'sha yerda tursin shunda chaqaloqni emizishingiz shunda katta farzandingizga ham xursandchilik keltira oladi.

9. Bolalar og'ritish va ziyon keltirish nima ekanligini bilmaydi. Bilmasdan chaqaloqni qo'lini siqib yuborsa yoki qattiq kulib uyg'otib yuborsa, darhol uni urushmang. Uni nega urushganingizni tushunmay chaqaloqqa nisbatan jahli chiqadi.

10. Uka (singil) kattaroq bo'lgach, o'yinchoqlarni talashish holati paydo bo'ladi. Katta farzandingizga "Ber ukangga, ahir u kichkina-ku" deyishingiz uning g'azabini battar qo'zg'atadi. Undan ko'ra, "Sening o'yinchoqlaring juda ham ko'p, ukangda esa yo'q, kel bittasini beramiz, qaysinisini o'zing tanla -chi" deganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Uyga yangi chaqaloq kelganda qanday yo'l tutmang, katta farzandingizni rashq qilishi aniq. Lekin rashq nafrat, g'azabga emas, asta sekinlik bilan mehrga aylanishi kerak. Bu esa ota-onaning qo'lida. Albatta yangi chaqaloq ko'p e'tibor va kuch talab qiladi, lekin bir oz boshida qiynalib katta farzandingizga yanada e'tiborliroq bo'lib, unga ko'proq vaqt ajratib, yanada ko'p mehr ko'rsata olsangiz, o'zingiz keyin yutuqda qolasiz.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • uzbaby's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari - 4
    • Mana 2017 yil hikoyalari. www.uzbaby.uz/forum/tug-ish-hikoyalari-2017 Shu yerga joylasangiz bo'ladi.
    • uzbaby
    • Ezozaxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu alekum hamma hammaga! Xa nimasini etasiz Muslimapa o'zimdanam qiyos hich o'zimdan ortomayapman... Lilyam jiiiim bop ketiptila adashmasam shu kunlaga bergandi ulaga yaxshi xabarla bilan kelishlarini kutib qolamiz!
    • Ezozaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • FOTOKONKURS (forumchilar uchun)
    • Bundan oldin (6 sentyabrda) qo'ygan izohimni hato deb qabul qilasizlar. Uni o'chirib yubordim. Adashib joylashdi. 2017 yil Fotokonkurs g'olibi sovg'asi yuqoridagi izohdagi ajoyib Yangi yil idish nabori.
    • uzbaby

Davomi »

loading...