Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bolani band qilib qo'yish

Onada ayrim hollarda bolani band qilib qo'yish ehtiyoji bo'ladi. Masalan, muhim telefon suhbati, uy ishlari yoki shunchaki bir oz dam olib olish. Albatta bolani 2 soatga band qilib qo'yishning iloji yo'q, lekin 20-30 daqiqaga uni bir narsa bilan qiziqtirib qo'yish mumkin.

1. Farzandingizga xonasidan ko'k mashina, sariq kubik, yashil koptokni olib kelishini buyuring. Bu rangi turlicha bo'lgan o'yinchoqlarni qidirib topish uchun bola xonasida bir necha daqiqa qolib ketadi, sizda esa shu vaqt mobaynida ishlaringizni bajarib olishga imkoniyat bo'ladi. Undan tashqari bola siz aytgan o'yinchoqlarni qidirish jarayonida boshqa qiziqarli narsalar bilan alaqsib yanada uzoqroq xonasida qolib ketishi mumkin.

2. Bolaga o'yin shaklida masalalar bering. Masalan, qo'g'irchoqni uxlatib qo'yish, o'yinchoq hayvonlarni ovqatlantirib chiqish, stoldagi qoshiqlarni yig'ib oshxonaga olib borish va hokazo.

3. Sehrli qop. Har bir onada farzandiga mo'ljallangan o'z sehrli qopi bo'lmog'i lozim. U qopning ichida kerakmas xavfsiz buyumlar, eski o'yinchoqlar, plastik idishlari bo'lishi mumkin. Bunday qop farzandingizni yarim soatga band qilib qo'yishi aniq. Faqat qop doim uning ko'z oldida bo'lmasdan, balki vaqti-vaqti bilan paydo bo'lishi lozim.

4. Bo'sh bo'lganingizda ishlatilmaydigan korobka, plastik butilka, upakovkalardan turlicha rasmlarni kesib olib qo'ying. Farzandingizni band qilaman desangiz, o'sha rasmlarni unga berib qo'ying, sizga halaqit bermay ularni mazza qilib o'ynaydi.

Bolani band qilish usuli sifatida multfilm ko'rdirish yaxshi vosita emas. Bola bunga o'rganib qolib, keyin uni televizor oldidan ketkazish yo'llarini topa olmay qolish mumkin.

5. Eski kerakmas rasmli qalin jurnallarni bolangizga berib qo'ying. Jurnal bilan xohlagan narsa qilishi mumkin ekanligini aytishni unutmang. Qarabsiz-ki, kamida yarim soat bola jurnal varaqlarini yirtib, unga chizib, bir narsa yasash bilan ovora bo'ladi.

6. Farzandingizni yordamga chaqiring. Chang artib chiqish, xonasidagi o'yinchoqlarni bir qatorga terib qo'yish kabi talablaringiz bolani yordamchi bo'lishga qiziqtiradi, sizga esa 15-20 daqiqa bo'sh vaqt ta'minlanadi.

7. "Oynadan qara, yomg'ir yog'yaptimi?", "Xonangda chiroqni o'chirib qo'y" yoki "Choy qaynadimi, qarab kel" kabi buyruqlaringiz sizga 1-2 daqiqa yolg'iz qolishingizni ta'minlab beradi.

8. Farzandingizni siz qilayotgan ishni birga qilishga jalb qiling. Agar o'qiyotgan bo'lsangiz, u ham o'z kitoblarini ko'rib o'tirsin, telefonda suhbatlashayotgan bo'lsangiz, u ham o'yinchoq telefonida suhbatlashsin va hokazo.

9. O'yinchoqlardan birini berkitib qo'yib, ozgina vaqt o'tgandan keyin bering. Bola uchun bunday o'yinchoq yangidek qiziq tuyuladi.

10. Eski korobka yoki plastik idishlarni tashlab yubormang. Farzandingiz zerikkanda berib qo'ysangiz, ulardan uy qurishi va buzushi, ustma-ust taxlashi va boshqa narsalar qilib band bo'lishi mumkin bo'ladi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom. raxmat Muyassarxon nik masalasiga kelsak o'zim o'ylab topganman)))) chet ellik do'stlarim ismimni talaffuz qilisholmasdi. ularga nick namedan foydalanish m.mligini va Lily va Susy deb murojaat qilishlarini aytardim. bori shu)))
    • Lily
    • Lily's Avatar
    • Ozish uchun nima qilasiz?
    • man esa kamroq yeyishga o'tdim sutim kamayganiga tez tez ovqatlanardim hatto kechasi turib qornim ochsayam. enfi esa yotishdan avval ovqatlanmay mashq qilaman. bu to'yimli va sekin hazm boluvchi kechki ovqatni yoglarini parchalaydi va kamroq vazn yigyapman. tigruqdan song yuzlarim tolishib ancha semirgandim. hozir yuzlarim yana kirdi ichiga. asosiy muammoyim esa byodra yani boksada qoldi. unga ham mashq qilyapman. hozir domdamiz shungayam semirdim hali hovliga borsak anchaaa ozib qolaman yana))))
    • Lily
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon

Davomi »

loading...