Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bola temperamenti

Bolaga tarbiya berilayotganda yoki unga muomila qilish jarayonida ota-ona uning temperamenti qanday ekanligidan xabardor bo'lgan holda munosabat ko'rsatishi kerak. Har xil temperamentga ega bolalarga umuman turlicha yondashish talab etiladi. Sizning farzandlaringiz temperamentini bilasizmi?

1. O'ta aktiv bola

Bunday bolalar odatda quloq solmaydigan, bir joyda o'tirmaydigan bo'ladilar. Ular chaqloqligidan boshlab ota-onasini charchatadilar. Chaqaloqligida o'ta aktiv bolani uxlatish juda qiyin bo'lsa, bolalik davrida bunday bolalar hadeb yiqilaverib, shikastlanib ota-onasini ovora qilib yurishadi.

Maktabda bunday bola haqida urushqoq deyishadi. Ularning dunyoga qiziqishi o'ta kuchli bo'ladi. Bir tomondan aqlli bola katta bo'layotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan bu bola juda asabiylashgan bo'ladi. Bu uning injiqligida, baqirib gapirishida, quloq solmasligida namoyon bo'ladi. Bolada o'ta aktiv temperament bo'lishi ko'pincha tarbiyadagi xatolardan kelib chiqadi. O'ta erkalangan bolalar odatda giperaktiv o'sadilar.

O'ta aktiv bola bilan qanday munosabatda bo'lish kerak?

Ota-ona bolaga qilayotgan injiqligi yomon ekanligini bola tilida tushuntira olishi lozim;
Bunday bolalar hamma gapni tez ilib oladilar, shuning uchun ularni hech qachon aldamang. Bir narsa va'da qilgan bo'lsangiz, albatta va'dangiz ustidan chiqing;
Bola uchun passiv o'yinchoqlardan ko'proq olib bering. Rangli kitoblar, o'tirib yasaladigan o'yinchoqlar, qo'lni rivojlantiruvchi o'yinlar. Boladan jo'shib chiqayotgan energiyani esa sport bilan shug'ulanishga ketkazing, aks holda energiya urush, jahl qilish, baqirishga ishlatiladi.

2. Bosiq bola

Bunday bolalar juda sekin qimirlaydigan, atrof-muhitga deyarli ahamiyat bermaydigan bo'ladilar. Chaqaloqligida ular oson uyquga ketib, jismoniy rivojlanishda ham tengqurlaridan orqada yuradilar. Bu bolalarni ko'pincha lo'p-lo'p deb atashadi. Odatda bosiq bolalar quloq soladigan bo'ladi. Lekin quloq soladi deb unga ahamiyat bermay qo'yish mumkin emas. Chunki bu bola bergan narsaga ko'nikib yuqoriga intilmaydi. Bitta o'yinchoq bersangiz o'shani bir necha soat o'ynab o'tiraveradi. Keyinchalik hayotda bolaning bunday bosiqligi uning atrof-muhitga moslashishiga, ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Katta bo'lganda ham u hech narsa bilan ishi bo'lmay, yutuqlarga erishmay, passiv harakat qiladi. Agar yoshligidan bosiq bolani rivojlantirmasa, u kaltafahm, bo'sh, ahamiyatsiz bola bo'lib o'sadi.

Bosiq bola bilan qanday munosabatda bo'lish kerak?

Kichikligida bola bir o'yinchoq bilan band bo'lganda, so'ramasa ham boshqa narsa ham borligiga qiziqishi paydo bo'lishi uchun o'yinchoqlarni almashtirib turing;
Bolani arzimagan ishi uchun ham maqtashni unutmang. Uning harakatlari maqtovga sazovor va ahamiyatli ekanligini his qilsin;
Bolaga aktiv o'yinlarni taklif eting. Chopish, koptok o'ynash, dumalash kabi o'yinlarni birga qilsangiz u aktivlashadi;
Bosiq bola bilan emotsiyalar bilan so'zlashing. Ya'ni kulib, jilmayib, qo'llar bilan qiziqarli harakatlar qilib gaplashish lozim.

3. Uchqun

Bunday bolalar tez yonib tez o'chadilar. Yoshligidan boshlab ular dunyoga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bir kuni ularga kubik kerak bo'lsa, ertasi kuni kubikdan zerikib mashina bilan ovora bo'ladilar. Do'konda sizdan yig'lab qo'g'irchoq olib berishingizni so'rab uni kuni bilan o'ynab, ertasi kuni unga umuman ahamiyat bermay qolishi mumkin. Ota-ona bolaning bu harakatlaridan qanday yo'l tutishni bilmay qoladi. Bolaga nima qiziq ekan, unga qanday munosabat qilish kerak ekanligini tushunmay qoladilar. Uchqun bolalarni yoshligidan boshlab qiziqishini so'ndirmaslik kerak. Agar ota-ona uning yuqorida ta'kidlangan harakatlarini erkalik deb qabul qilishsa, bunday bolalar keyinchalik hayotda beparvoroq b'lib qolishi mumkin. Ularning qiziquvchanligini yanada rivojlantirish lozim.

Uchqun bola bilan qanday munosabatda bo'lish kerak?

Bunday bolalarga ko'p o'yinchoq kerak. O'yinchoqlar qimmat bo'lishi shart emas, asosiysi xilma-xilligidir. Undan tashqari hamma o'yinchoqlar bir vaqtda uning ko'z oldida bo'lishi kerak emas, bunda uni bu o'yincholarga qiziqishi tez so'nadi va bu holat uni zeriktirib yuboradi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan ayrim o'yinchoqlarni bekitib qo'ying. Bir oz vaqt o'tgandan so'ng ularni chiqarib bersangiz, bola yangi qiziqish bilan ularni o'ynay boshlaydi;
Kitob uchqun bolalarning eng yaxshi do'sti. Ota-onasi rang-barang, qiziqarli kitoblarni qiziqarli qilib o'qib berishi uni hech qachon zeriktirmaydi;
Uchqun bolalar ko'p savol berishni yaxshi ko'radilar. Charchagan, asabiylashgan bo'lsangiz ham doim unga to'g'ri va muloyim javob berishga o'rganing.


Bola qanday katta bo'lishi 100% ota-onaga bog'liq. Uning tarbiyasiga birinchi navbatda ota-ona ma'suliyatlidir. Shuning uchun farzandingiz temperamentini o'rganib olib unga to'g'ri tarbiya berishingiz lozim. Lekin temperament qanday bo'lishidan qat'iy nazar quyidagi 3 tamoyyil barchaga tegishlidir.

1. Bolani aldamang!
2. Bolani, uning fikrini va dunyoqarashini hurmat qilishni biling!
3. Bolani urmang!

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017

Davomi »

loading...