Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bola bilan samolyotda uchish

Kichik yoshdagi bola bilan samolyotda uchish biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Quyidagilarni bilib qo'yish foydali bo'ladi.

1. Bolaga har doim tutadigandan ikki barobar ko'proq taglik (pampers) olib keting. Reys ushlanib qolishi yoki boshqa favqulotda vaziyatlar bo'lib qolsa, taglik yetarli bo'lishi kerak.

2. Samolyotda uchish vaqti uzoq bo'lsa, bola zerikmasligi uchun yoshiga yarasha o'yinchoqlardan olib keting: chaqaloq uchun ovoz chiqaruvchi rangba-rang o'yinchoqlar, katta yoshdagi bolalar uchun esa ertak kitobi, rangli qalamlar kabi chizish vositalari va hokazo.

3. Bolaga ikki to'plam kiyim olib ketishingiz kerak. Samolyotda suyuqlik to'kib yuborib kiyimi ho'l qilib qo'yishi mumkin.

4. Suyuqlik uchun bo'sh baklashka esingizdan chiqmasin. Samolyot ichiga suyuqlik olib kirish taqiqlangan. Shuning uchun o'zingiz bilan bo'sh baklashka olib chiqsangiz, keyin samolyotdan chiqayotganda uni suv bilan to'ldirib olasiz. Bagaj yoki tranzit samolyotni kutayotganingizda bola chanqab suv so'rashi mumkin.

5. Samolyotdagi joyingizni birinchi qator (biznes klassdan keyingi qator)dan so'rang. Oyoq uzatib o'tirishga va bola kiyimlarini almashtirishga qulay bo'ladi.

6. Bola yaxshi ko'radigan har xil yeguliklardan olib keting. Pechenye, shokolad, chupa-chups kabi shirinliklar bolani bir oz ovutib turishi mumkin.

7. Samolyot uchish va qo'nish payti bolaga qulog'i shang'illamasligi uchun so'radigan konfet berib qo'ying, agar emizikli bola bo'lsa, o'sha payt emizib turing.

8. Samolyot ichida hojatxonaga borish noqulay bo'lgani uchun bolaga suyuqlikni iloji boricha kam ichiring.

9. Namlangan salfetkadan ko'proq bo'lgani ma'qul. Bolani ichi ketib qolishi mumkin yoki o'yinchoqlari yerga tushib ketsa, yuvib o'tirmay salfetkada yaxshilab artib tashlash uchun kerak bo'lishi mumkin.

10. O'zingiz asabiylashmang. Siz qanchalik tinch bo'lsangiz, bola ham tinch bo'ladi.

Yo'lingiz bexatar bo'lsin!

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

loading...