Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Bolaning rivojlanishida maktabgacha bo'lgan davri juda muhim o'rin egallaydi. Bu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, psixologik salomatligi shakllanadi va aqliy rivojlanish qobiliyatlari takomillashadi. Bolani kelajakda omadli va aqlli yoki iste'dodli bo'lishini istagan ota-ona uning rivojlanishiga aynan shu davrdan boshlab ahamiyat bermog'i lozim.

Bolani kelajakda omadli va aqlli yoki iste'dodli bo'lishini istagan ota-ona uning rivojlanishiga aynan shu davrdan boshlab ahamiyat bermog'i lozim.

Maktabgacha yoshdagi bola uchun eng muhim narsa - bu jismoniy rivojlanish. Jismonan aktiv, harakatchan va emotsional bolalarning aqli, nutqi, fikrlash qobiliyati, mantiq va xotirasi tezroq va mukammalroq rivojlanadi.

Kitob o'qish. Bola bilan birga kitobni rasmlarini tahlil qilib o'qish, kitobdagi ertakning mazmunini bolaga o'yin tarzida qayta gapirtirish, o'yinchoqlariga kitobni mazmunini ayttirish juda foydali va qiziqarli mashg'ulot.

Chizish. Bolalar odatda chizishni juda yaxshi ko'radilar. Lekin uddalay olishmasa xafa bo'lib chizmay qolishi ham mumkin. Bolaga qalamning o'rniga qo'llarida chizishni taklif qilib ko'ring. Kraskaga qo'llarini botirib istagan narsalarini chizayotgan bola juda zavqlanadi (hammayoq kraska bo'lib ketishini inobatga oling). Yoki chala chizish mashg'ulotini qo'llang. Bunda siz bolaga biron bir narsani oxiriga yetkazmasdan chizib berasiz. Bolaning o'zi esa uni tugatib qo'yishi kerak bo'ladi. Masalan, siz aylana chizib berib, boladan uni tugatib qo'yishini so'rang. Shunda bola aylanadan nima chizish mumkinligi haqida fikr yuritadi.

Puzl. Puzl yasash bola xotirasini rivojlantiruvchi juda foydali mashg'ulot. Bola yaxshi ko'rgan rasmlardan unga puzl olib bering yoki o'zingiz yasab bering.

Bolalar dominosi. Ertaklar qahramoni aks ettirilgan dominolarni bolangiz bilan birga o'ynab, ba'zida unga yutqazib tursangiz bola juda zavq bilan o'ynaydi. O'yin davomida esa u aqlan rivojlanadi. Bolalar dominosini o'zingiz ham yasasangiz bo'ladi.

She'r yodlash. Bolaning xotirasini rivojlantirish maqsadida har kuni bitta kichik she'r yodlating. Ertasi kuni kechagisini eslattirib, yangisini yodlattirsangiz bo'ladi.

So'zlarni topish. Ko'chada aylanib yurganda yoki uyda bolaga atrofda ko'rinayotgan buyumlarning birinchi harfini ayting. Qolganini o'zi topsin. Bu mashg'ulot bolani fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi.

Eng asosiysi, bolani o'yin tarzida rivojlantirish kerak. Dars qilgandek uni majburlab rivojlantirish ijobiy natijaga olib kelmaydi. Maktabgacha bola qanchalik yaxshi har tomonlama rivojlana olsa, keyinchalik shunchalik oson a'lo yutuqlarga erisha oladi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

loading...