Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Kerakli narsalar:

Yorqin ikki tomonlamali:  

yashil rangli qog'oz

havorang qog'oz

qizil rangli qog'oz

sariq rangli qog'oz

pushti rangli qog'oz

och yashil rangli qog'oz

- turli rangli dirokolda olinga dumaloq qog'ozchalar

- Kley

- qaychi

- Lineyka

- qalam

 

Yasalishi: 

Rangli qog'ozlarga kerakli shakllarni chizib tayyorlab olamiz.

Chizib olgan detallarimizni qirqib olamiz.

Havorang qog'ozga kesib olingan yashil gulimizni yopishtirib, uning markazini aniqlab olamiz va belgilab qo'yamiz.

Katta katta kesilgan qizil yaproqlarimizni ham yopishtirib olamiz. 

Qizil barglarni ustidan ulardan biroz kichikroq kesib olingan pushti rangli yaproqlarni yopishtirib olamiz.

Kichkina qirqilgan qizil yaproqchalarni faqatgina gulning o'rta qismiga yopishtiramiz, chetlari chiroyli bo'lib ko'tarilib turadi.

Gulning o'rtasiga avvaldan qirqib olgan sariq dumaloqni yopishtiramiz. Keyin Pushti dumaloqcha, keyin kichik sariq dumaloqchani yopishtirib olamiz. 

So'ngida ingichka yashil qog'ozchalarni chetlariga yopishtirib olamiz, shuningdek kichik dirakolda teshib olgan yoki o'z qo'limiz bilan kesib olgan rangli yumaloq qog'ozchalarni ham chiroyli qilib har har joyga yopishtirib chiqamiz.

Mana Shunday! Sehrli gulchamiz tayyor! Endi tilagingizni tilashingiz mumkin!