Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
×
Dugonajonlar! (22 Feb 2018)

Bahor yaqinlashmoqda! Bahor gullari kabi ochilib, kulib yurish uchun barchangiz qalbida minglab sabablar bo'lsin!

Topic-icon Bolani tuvakka (gorshokka) o'rgatish: mening tajribam

12 Feb 2018 11:19 #84222 uzbaby
uzbaby created the topic: Bolani tuvakka (gorshokka) o'rgatish: mening tajribam
Qizim 2 yoshga to'lay deganida uydagila qo'ymadi tuvakka o'rgatish kerak deb. Tug'ilganidan boshlab biron marta pamperssiz yurmagan bola uchun pampersdan chiqish qiyinroq bo'ladi. Ba'zi onalar issiq kunlarda 6 oyligidan ham bolani to'sib pamperssiz yurishga o'rgatadi. Lekin men shu 2 yil biron marta pampersini yechtirmagan edim. To'g'risi eringan edim. Uyda 1 pachka pampers qolgan edi. Ichida 36 dona. Mana shu pampers bilan chiqib ketamiz deb maqsad qo'ydim o'zimga. Menga eng katta yordamni Dr. Sears kitobi berdi. U yerda bolani 7 qadamda gorshokka (tuvakka) o'rgatish yo'li bor edi. Yozning boshlanishi edi, shuning uchun uylar issiq, havo ham yaxshi edi. Qizimni ertalab turib tabrikladim. Bugundan boshlab pamperssiz yuramiz dedim. BUndan oldin unga chiroyli tuvak olib berudik, keyin ichi kelishi va siyishi haqida gaplashgan edik. Unga bu haqda kitoblar videolar qo'yib bergan edim.
1-chi kun. Qizim bittagina tursikda yurgan edi. Kuniga 7 marta siyib qo'ydi. O'zi hayron bo'ldi. Nega hammayog'i ho'l. Lekin uni urishmay, polni artib tushuntirdim, aslida buni tuvakka qilish kerak deb.
2-chi kun.Siygisi kelayotganini sezayotgan qizim asabiylashib mandan qocha boshladi. Ishini yana polga qilib qo'yganidan o'zidan hafa bo'lib yurdi. Men urshmadim. Sekingina polni artib keyingi safar tuvakka qil deb tushuntirdim. Kattasini ham polga qilib o'zi qo'rqib ketdi. Muloyimgina hech qisi yo'q ertaga tuvakka qil deb qo'yardim, xolos.
3-chi kun. Tursigini ushlab tush-tush deb yonimga chopib keldi. Tuvakka borgunimizcha ishini qilib qo'ydi. Lekin o'sha kuni rosa xursand bo'ldik. CHunki bu katta yutuq edi. Oldindan siyishni istayotganini bildira olgani. 1 martagina tuvakka qildi. Uxlab turganida! Rosa ashulala etib uni tabrikladim. Birgalashib bayramona tarzda unitazga quyib yubordik. Qizim o'zida fahrlanib ketdi.
4-chi kun. 3-4 marta tuvakka qilaman deb oldimga keldi va ulgurdik. Faqat katasini bekinib olib ishtoniga qilib yurdi.
5-chi kun. Negadur yana 1 chi kun holatiga qaytib qoldik. Nimani noto'g'i qildim tushunmadim. Lekin bu kun 3-4 marta ishtoniga qilib qo'ydi. Urshmadim, lekin asabiylashdim, nahot boshidan deb achindim. Bolam shuni sezib u ham asabiylashdi.
6-chi kun. Qizaloqg'im erta tongdan gorshok deb uyg'ondi va tuvakka siyib rosa xursand bo'ldi. U kuni bir dona ishton ham ho'l bo'lmadi. Kattasini esa qochib qochib qimaslikka harakat qildi. Uni o'yin tarzida tutvalib tuvak ustida to'sib turdim. Kattasi kelganini ko'rib xursand bo'ldik ikkalamiz.
7-chi kun. SIyish haqida kuni bilan xabar berib, undan tashqari 2 marta o'zi ishtoni yechib o'tirib qilib maqtandi. Kattasini hali ham qochib qilmoqchi bo'ladi. O'yin qilib bir amallab tuvakka qildirdim.
Keyingi 7 kun 80% yutuqlik 20% yutuqsiz bo'ldi. Ba'zida ishini qilib qo'ydi albatta, busiz boshida iloji yo'q. Lekin endi asabiylashishga o'rin yo'q edi. Chunki kundan kunga qizim undan men nima istayotganimni va bu ish oson ekanligini tushunib bordi.

Mening tajribam shunday bo'ldi. 2 haftada bolamni tuvakdan osongina chiqardim. Keyin yana 2 haftacha tunda uyquga pampers taqardim qo'rqib. Lekin u ertalabgacha quruq bo'lardi.



Davom etib keting...o'z hikoyangiz bilan bo'lishing
Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: OYISHA NUR, Lily, Zahroxon, ☆ZIZI☆, Ummu Maryam, Zarinabonu

Please Kirish or Saytga a'zo bo'lish to join the conversation.

  • uzbaby
  • uzbaby's Avatar Mavzu muallifi
  • Ketgan
  • MA'MURIYAT
  • MA'MURIYAT
  • Sizning xizmatingizdaman!
Davomi
15 Feb 2018 00:53 #84315 Lily
Lily javob yozdi: Bolani tuvakka (gorshokka) o'rgatish: mening tajribam
salom azizlarim. O'glim tugilganidan yigloqi va asabiy bo'lgani uchun beshikda ham ko'p yotmas asosan qo'lda yurardi. Ko'pchilik chilla ichi bolani to'ssa garshokka tez o'rganadi deyishardi. Bir kun yo'qligimda terlab turgan chaqalogimni to'sishibdi, o'pkasi sanchiq bo'lib 20 kunligida shifoxonaga tushib qoldik. tuzalishimiz.ancha qiyin bo'ldi. Shundan so'ng qaytib to'smay qo'ydim. Kunlar isib borgani sari pampersdan voz kechish haqida o'ylardim. Shaxzodamni ko'proq trusikchada qilib qo'yardim. 6 oyligidan boshlab pampersda yursa ham to'sa boshladim. lekin bu unga refleks bo'lishi uchun hali kichkina edi. kunduzi asosan vaqtim to'sish b.n o'tardi. Oglimni qovugi " bo'sh" edi. kunduzi uhlayotga siyib qoyardi bazan. 1 yoshdan o'tganida ancha gorshokka o'rgandi. unga qiziqarli bo'lsin deb garshogiga yumshoq o'yinchoqlarni o'tkazib qo'yardim. oglimni oldida ularni erkalab to'sardim rosa kulardik bundan. avvallari tv qarshisida garshokka o'tqizib kattasini bajarayotgan bo'lsak endi gorshokni hojatxonaga olib kirib qo'ydim. o'glim uchun bu yanada qiziq bo'ldi. kim kirsa birga kirib albatta siyib chiqardi. tili uxha chiqmagani uchun avvallari siygisi qistasa aytolmasdi faqat qarashi boshqacha bb qolardi. ohhhhoooo mandagi asablar asablar tugay tugay derdi. Chunki har soatda siyar edi. bazan ulgimasdim, chidolmay yiglab yuborardim. uydagilardan gap eshitardim ham. Bir yoshdan o'tganda bir kunga 1ta parpers ketardi chunki uylar sovuqligi uchun pampers.qoyar edim. ertasiga esa qadaydigan johi yopishmay qolardi hadeb ochib to'saverganimdan. 2 yoshdaligida ham kechasi bn 7 marta to'sardim.(!) hozir esa kechasi umuman siymaydi. bu yil yozdanoq o'zi qistasa borib siyib kelishni o'rgandi. Bu man uchun judayam qiyin o'tgan lekin hozir tengdoshlaridan ko'ra qovugi "mahkam" bo'lib qolgan))))
Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: uzbaby, Zahroxon, ☆ZIZI☆, Ummu Maryam, Zarinabonu

Please Kirish or Saytga a'zo bo'lish to join the conversation.

  • Lily
  • Lily's Avatar
  • Ketgan
  • Qadrdon
  • Qadrdon
  • Alhamdullillah shu kunlarga yetib keldik
Davomi
loading...

TELEGRAM