Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ancha vaqtdan beri mashhur bo'lgan, hatto kattalar ham sevib iste'mol qiladigan ovsyanka,  ya'ni ''oves'' - suli yormasi qo'shib tayyorlanadigan bu shirinlik retsepti u qadar qiyin emas.  Shu bilan bir qatorda foydali xususiyatlari ham  talaygina. Suli yormasining tarkibi fosfor, magniy elementlariga boy bo'lib,  qon bosimini tartibsa soladi, shuningdek, organizmdagi xolesterin miqdorini me'yorlashtiradi, yurak kasalliklari, saraton kelib chiqishi ehtimollarini pasaytiradi. Kaloriyaga boyligi esa bolajonni uzoq vaqt to'q yurishini ta'minlaydi. Demak,

kerakli masalliqlar:

150 gr saryog';

1 stakan shakar (jigarrang shakar bo'lsa yanayam yaxshi);

1 dona tuxum;

0,5 stakan un;

2,5 stakan oves, yani suli yormasi;

1 osh qoshiq dolchin;

1 choy qoshiq tuz;

1 choy qoshiq pishiriq kukuni, vanilin;

xohishga ko'ra 1 siqim mayiz.

 

Birinchi navbatda duxovka pechini 175 C haroratda yoqib qo'yamiz. 

Saryog' bilan shakarni idishga solib mikser yordamida aralashtiramiz.

Keyin esa tuxumni solib aralashtiramiz.

Alohida idishga qolgan hamma quruq mahsulotlarni solib aralashtiramiz.

Quruq aralashmani saryog'li aralashmaga qo'shamiz. Mayizni ham solib aralashtiramiz.

Aralashmadan yong'oqdek shariklar yasab, pishiriq qog'ozi qo'yilgan listga oralarini ochiqroq masofada qilib joylab chiqamiz.

Qizib turgan duxovkaga qo'yib, o'sha haroratda 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyor, yoqimli ishtaha!

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

loading...