Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

Bu retsept meni o'zimga ham, shirin qizalog'imga ham juda ma'qul bo'lib qoldi. Judayam mazali, nozik ta'mga ega bu kotletlarni tayyorlash uchun unchalik ko'p mashaqqat ham talab etilmaydi. Demak mazali kotletlarni tayyorlashga kirishamiz. 

Kerakli masalliqlar: 

500 gr tovuq go'shti qiymasi

1 dona bosh piyoz

2 ta sarimsoq tishchasi

ozroq buxanka non ta'bga ko'ra

1 ta tuxum

tuz, murch

Nachinkasi uchun:

 

100-150 gr qattiq pishloqni mayda tishli qirg'ichdan o'tqaziladi.

2 ta qaynatilgan tuxumni ham mayda tishli qirg'ichdan o'tqaziladi. 

Petrushka va ukropni mayda to'g'raladi.

2 osh qoshiq slivochniy saryog' 

va o'zingiz sevgan ziravorlardan foydalanishingiz mumkin. 

Barchasini aralashtiramiz va nachinkamiz tayyor. 

 

Tayyorlanishi: 1. Qiymasini tayyorlab olamiz. Tovuq go'shtini va piyozni go'sht qiymalagichdan o'tqazib olamiz. Sarimsoq piyozni maydalab to'g'raymiz. buxankani suvda birozgina ivitib siqib olib uni ham qiymaga solamiz, so'ng tuxumni va tuz murchlarni solib yaxshilab aralashtiramiz, biroz suyuqroq bo'lib qolsa ham qo'rqmang, hammasi yaxshi bo'ladi. 

2. Qo'lingizni xo'llab, 1 osh qoshiqdan qiymadan olib, o'rtasini biroz chuqurroq qilib yoyib nachinkadan taxminan bir choy qoshiqdan solasiz.

3. Endi atroflarini birlashtirib kotlet shakliga keltiramiz. Qo'lingizni xo'llab qilsangiz bu umuman qiyin kechmaydi. 

4. Biroz pastroq olovda qizdirilgan o'simlik yog'ida kotletlarni ikkala tomonlama usti chiroyli qizarguncha qovurib olamiz. Qopqoqni yopib qovurish shart emas, chunki go'sht shundog'am yumshoq va tez pishadi. Judayam mazali, nozik ta'mli kotlet bo'ladiki, barchaga ma'qul kela

di. 

Qaynatilgan kartoshka va pomidor bilan garnir qilgan holda dasturxonga tortsa bo'ladi. Bolajonlarga moslab har xil shaklli qilib tarelkalarini sabzavotlar bilan bezatib tortsangiz yanada yeyishli bo'ladi. Yoqimli ishtaha!

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Kodik 1,5 piyola qatiq 250 g margarin 1ch/qoshiq soda 1 ta tuxum 1 piyola shakar 6-7piyola un ( yummmmshoq qolga yopushmaydigan) nachinkasi 3 qoshiq kakao 1 piyola shakar maydalangan yongoq 1piyola un hamir uchun masalliqlarni solib hamirimizi qivolamaiz va 6 ga bolamiz. nachinkani ham tayyorlab 6 ga bolamiz. hamirimizi yoyvolib nachinkani solib rulet qilib o'raymiz va semiz kalbasa kesganday qiyshaytirib 3 bogim kattalikda kesib chiqamiz. qolgan hamirlar ham shunday. qizimagan duxovkada pishirib issiqliguda pudra sepamiz. man tuxum sarigi surkab mak sepib pishirdim. orasi shokoladga...
    • Lily
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Tushunishim bo'yicha ushbu konkurs bekor qilinishi kerak. Dekabr oyiga qadar bu yerga maktub yozilmsa, u holda ushbu konkurs bekor qilinadi Ishtirok etadiganlarga rahmat.
    • uzbaby

Davomi »