Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ko’rinishidan bu taom o’zimizning mastavani ealatib yuborsada, mazasi ancha farq qiladi. Juda yengil hazm bo’ladi va juda tez tayyorlanadi. Oilamdagilarning barchasi bu taomni sevib yeyishadi.
Kerakli masalliqlar:
1 piyola guruch
200 gr go’sht
2 ta kichikroq piyoz
1 ta kattaroq sabzi
2 osh qoshiq un
Tuz
Sarimsoq bo’laklari
Ko’katlar
Tabga ko’ra 1 osh qoshiq tomat pastasi yoki pomidor

Tayyorlanishi:
Go’sht mayda kubik, piyoz yarim aylana shaklida to’rg’aladi, sabzi qirg’ichning katta tomonidan chiqariladi.

Guruch suvda qaynatib pishirilib olinadi va suzib olib qo’yiladi.

Qozonga qizib turgan yog’da avval go’sht keyin piyoz yengil qovurib olinadi va sabzi qo’shib yaxshilab qovuriladi.

Keyin un, tuz, tomat pastasi solini 2-3 daqiqa mobaynida tez-tez aralashtirib qovuriladi. Qayladan 1 sm balandroq qilib suv quyiladi.

Chesnok va ko’katlar mayda qilib torg’aladi va ularni ham qaylaga solib qaynatishda davom etiladi.

Qayla 20 daqiqa mobaynida qaynashi kerak. Agar qaynash mobaynida quyulib ketsa ozginadan qaynagan suv quyib turish kerak. Pishgan qayla 1 cho’mich qayla+bir osh qoshiq guruch nisbatida kosalarga suziladi. Yoqimli ishtaha!

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • bugun yana bitta imtixondan otib oldim eson omon Ollohga wukr. shu 1hafta imtixonlar... Zohida ilohim siz xam tezroq onalik baxtiga erishing.
    • ☆ZIZI☆
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

loading...