Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Chaqaloqning qorni og'rishi (gazlar, meteorizm)

O'sayotgan bola uchun havo yutib olib, chiqarish oddiy holdir. Lekin qorni ichida gazlarning ortib ketishi kichik bolada qiyinchiliklar keltirishi mumkin. Bola organizmida gazlar yig'ilib qolsa, ularni chiqarish yo'llari mavjud.

Bola organizmda havo kamroq kirishini ta'minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilaylik:

- Ko'krak suti bilan emizayotgan bo'lsangiz, bola ko'kragingizni lablari bilan yaxshilab qisib olganligiga amin bo'ling. Bola og'ziga ko'krak uchigina emas, balki butun areolasi kirishi kerak.

- Agar butilkadan emizayotgan bo'lsangiz bolaning lablari butilka so'rg'ichining uchida emas, yo'g'on qismida bo'lishini nazorat qilib turing.

- Butilkadan emizish davomida havo butilkani tagiga (asosiga) ketib qolishi uchun butilkani 30-45 gradusga ko'targan holda ushlang.

- Ko'krak suti bilan emizayotgan bo'lsangiz, siz yeydigan mahsulotlar tarkibidan bolada meteorizm holatini keltiruvchi mahsulotlarni olib tashlang. Ko'pincha bolalarda meteorizm holatini karam, nok, ayrim sharbatlar keltirib chiqaradi, qo'shimcha ovqat berishni boshlagan bo'lsangiz ehtiyot bo'lib bering.

- Bitta o'tirganda ko'p bergandan ko'ra, bolani kamroq miqdorda tez-tez ovqatlantiring.

- Emizish davomida va emib bo'lgandan so'ng 30 daqiqa bolani 45 gradusda, vertikal holda ushlang.

- Bo'shab qolgan butilkani emib yotishiga yo'l qo'ymang.

- Bola yig'laganda tezda ovuting.


Organizmdan havoni ko'proq chiqarib yuborish uchun nima qilish kerak?

- Birinchi navbatda bolani emizish davomida va undan keyin kekirtiring.

- Bola qornini soat strelkasi bo'yicha asta silang.

- Bolani o'tqazib ushlang.

- Glitserin shamlaridan foydalaning.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ezozaxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu alekum rahmat Qadirdonlarim o'zila yaxshimisila tan jonila sog' yuribsilami?! Zohida yodmarin bilan vitrummi hich qanaqa zarari yo' ichvurin ovulyatsiyagayam ta'sir qimidi. Hayz vaqtiz o'ynab kevotgan bo'sa bazal temperaturasini aniqlashdan foydalanib ko'rin. Forumda "Homilador bo'lmoqchiman" sahifasida shula haqida keng yoritilgan o'qib ko'rin afsus ssilka joylashni bilmimande
    • Ezozaxon
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

loading...