Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

ko'krak razmeri

Emizish davrida ayol ko'kragi razmeri kattalashishi tabiiy holat. Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun ko'kraklar muntazam ravishda sut bilan to'lib turadi.
Bir necha oy o'tgach, ba'zida ikki ko'krak razmeri har xil bo'lib qolishi mumkin.
Bunga sabab:
1. Bola faqat bir ko'krakni emizishga odatlanib qolgan;
2. Onaning o'ziga qulay bo'lgani uchun yoki boshqa ko'kragida og'riq borligi uchun faqat bir ko'krak bilan emizadi;
3. Emizishda bolaga ikkala ko'krak bir maromda berilmaydi.
4. Bir ko'krak uchi kichikligi yoki noqulayligi tufayli bola bu ko'krakdan bosh tortadi.
5. Bir ko'krak uchi yorilgan bo'lib, bolaga berilmaydi.
Uzoq davr mobaynida yuqoridagi holatlar davom etaversa, ko'kraklarning razmeri har xil bo'lib ketadi. Eng muhimi buni emizish davom etayotgan payti to'g'rilab olish kerak.
Aks holda, bola emishdan chiqgach, ko'krakdan sut qaytganda ko'kraklar razmeri turlicha bo'lib qolib ketadi.

Juda kam hollarda ko'krak kichiklashishiga biron kasallik sabab bo'lishi mumkin, lekin bunda odatda qo'shimcha alomatlar ham bo'ladi.


Nima qilish kerak?
1. Kichik ko'rinayotgan ko'krakni ko'proq va muhimi uzoqroq emizdirish kerak. Odatda ayollar katta ko'krakni kichkaytirish maqsadida tez-tez bera boshlaydilar, buning natijasida bu ko'krakka sut qayta to'laverib u kattaligicha qolaveradi.
Kichik ko'krakni tez-tez emizizdirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda u to'liq bo'shab, sutga qayta-qayta to'lib kattalashishni boshlaydi.
2. Kichik ko'krakni bola uyquga ketayotganida va uyqusida emizdiring. Hatto uyqusida ham bola kichik ko'krakni emib yotsin. Shunda bu ko'krakka sut kelish hajmi ko'payib uning razmeri kattalashadi.
3. Emizishni boshlaganingizda katta ko'krakdan boshlab, sal o'tib kichik ko'krakka almashtirib oling. Orqa(yog'liq) sutni kichik ko'krakdan olsin. Shunda u boshab, ko'p miqdorda to'la boshlaydi.
4. Yorilgan ko'krakni ayamasdan, aksincha undan tez-tez emizsangiz, ham yorilish tuzaladi ham ko'krak sutga to'lib razmeri kattalashadi.
5. Bir necha kun davomida katta ko'krak bilan u o'ta to'lib ketganidagina emizing. Lekin laktostazdan ehtiyot bo'ling. Ko'kraklar razmerini to'g'irlash davr mobaynida asosan kichik ko'krakni ishlating.
6. Agar kichik ko'krakni bola og'ziga ololmayotgan bo'lsa, u holda uni bu ko'krak uchiga o'rgatishingiz lozim, bunga sabr va mahorat bilan yondashing (Bolani ko'krakka to'g'ri tutqazish).
7. Agar biron sabab bilan ko'krakni sog'ayotgan bo'lsangiz, u holda kattalashgan ko'krakni imkon qadar sog'may turing, kichigini ko'p stimulyasiya qilsangiz u hadeb sutga to'laverib kattalashib oladi.

Ko'krak razmerlarini bir maromga keltirish 2 kunda bo'ladigan ish emas. Sabr va muntazamlik bilan bunga yondashing.


Ko'krak razmeri har xil bo'lib qolishini oldini olish:
1. Bolani ikkala ko'krak bilan bir hil darajada emizing.
2. Bolani ko'krakka to'g'ri tutqazing;
3. Tunda bola emib yotishga o'rgangan bo'lsa, ko'kraklarni almashtirib turishni unutmang.
4. Ko'krakni sog'ib turayotgan bo'lsangiz, bir xil hajmda sog'ing.

Bir narsani yodda tutish lozim: kichik ko'krak qancha ko'p qo'zg'atilsa, u shuncha tez kattalashadi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Bolajonlarimizga berayotgan dori vositalarimiz
    • Muslima Levakarantin tarkibli dori haqida an4a oldin yozgan ekansiz wu dorini i4irganmidiz aynan nima sababdan? Bizgayam 2 oylikda privivka oliwdan oldin nevropatolog ko'rikidan o'tganimizda bola sog'lom degan lekin wu bn intellan degan dori i4iriwni tavsiya qilgan wowib instruksiyasini ko'rmasdan olganmiz keyin o'qib juda ku4li dorilar bo'lgani un i4irmaganman hozir ham turibdi wu dorilar
    • mavluda1492
    • uzbaby's Avatar
    • TELEGRAM kanaliga obuna bo'ling!
    • Qizlarjon bizning saytimizda Uzbaby.uz telegram kanali ishga tushdi. Sayt rivoji uchun hissangiz qo'shmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanalga ssilkani ( telegram.me/uzbaby ) do'stlaringizga, siz bilgan guruxlarga TELEGRAM orqali tarqatib yuboring. Kanalimizga qancha ko'p odam obuna bo'lsa, biz shunchalik rivojlanamiz, shunchalik ko'payishamiz! Rahmat.
    • uzbaby

Davomi »

loading...