Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ko'krak suti

Emizish davrida bola yoki onaning kasalligi tufayli, dori ichish kerakligi uchun, onaning ishga yoki yo'lga borib kelishi uchun va boshqa holatlarda onalarda ko'krak sutini so'gib olib qo'yish ehtiyoji tug'iladi. Qolaversa, ko'pchilik onalar ishga chiqib ketadi, lekin bolajonini ko'krak sutidan ajralishini xohlamaydilar. Shuning uchun ko'krak sutini sog'ish va saqlash tamoyillarini bilmoq lozim.

Ko'krak sutini qo'lda va maxsus asbob orqali sog'ish mumkin. Kimgadir qo'lda sog'ish ma'qul kelsa, kimdir asbob orqali sog'adi. Asboblarning qulayligi shundaki, bunda onaning qo'li bo'sh bo'lib, charchamaydi. Lekin qo'lda sog'uvchi onalarning aytishlaricha, ularga asbob noqulay bo'lib, ko'krakni og'ritishi mumkin. Opa-singil, dugonalardan surushtirib o'zingizga qulay usulni tanlang.

So'g'ishni endi-endi o'rganayotganingizda sut juda kam chiqadi, lekin kuyunmang, borib-borib qo'lingiz ancha o'rganib, bir so'gishda 200 ml ga yaqin sut bemalol sog'ib olasiz.

Ko'krak sutini to'g'ri sog'ish va saqlash uchun:

Ishlayotgan onalar ish tufayli farzandingizni emizishdan chiqarishga shoshilmang. Ishlab turib ham emizishda davom etish mumkin.

1. Sut saqlanadigan idishlar toza va sterillangan bo'lmog'i kerak.
2. Sut sog'ishdan oldin qo'llaringizni yaxshilab yuving.
3. Sut saqlashda bolaga zararsiz plastik yoki shisha idishlaran foydalaning.
4. 120 yoki 180 ml idishni 60 ml gacha to'ldiring, chunki muzlaganda qo'shimcha joy bo'lishi kerak.
5. Idish ustiga sut sog'ilgan vaqtini yozib qo'ying.
6. Ko'krak sutini xona haroratida 6 soatgacha saqlash mumkin, lekin iloji boricha xolodilnikda saqlang.
7. Xolodilnikda ko'krak suti 5 kun saqlash mumkin, muzlatgichda esa 2 haftagacha.
8. Xolodilnikdagi sut bola uchun muzlatgichdagi muzlagan sutdan ko'ra foydaliroq, shuning uchun agar 2-3 kun ichida sutni ichirsangiz muzlatmang.
9. Muzlagan sutni mikroto'lqinli pechda, duxovkada yoki gaz ustida eritish mumkin emas.
10. Muzlagan sutni eritish uchun iliq suvli tog'arachaga vertikal qo'yib eritish kerak, sut erigan sari idishni aylantirib turing, isitib yubormang (badan haroratida bo'lishi kerak).
12. Eritilgan sutni qayta muzlatmang, ichmay qolinsa, tashlab yuboring.
13. Sutni olib yurish uchun maxsus muzlatgich sumkalardan foydalaning.
14. Rangi, hidi yoki mazasi o'zgarib qolgan sutni bolaga bermang.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Love you baby's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • She’riyat olami: РАМАЗОННИ СОҒИНГАНЛАР. Аллоҳ ризосинга зорман, Гуноҳим бисёр иқрорман. Орангизда мен хам борман, Рамазонни соғинганлар. Берсаларда тилло кўза, Ичмай шароб, тотмай бўза. Нақадар бахт тутмоқ рўза, Рамазонни соғинганлар. Шеърга излайвермай ташбеҳ, Виждон менга берур танбеҳ. Дер зикр қил айтгил тасбеҳ, Рамазонни...
    • Love you baby
    • Самира's Avatar
    • Homiladorlikda teri muammolari
    • Аптекалардан суранг. Иложи булса интернетдан уқиб узизга мосини танлаб номини ёзиб олиб борсайиз янаям яхши.
    • Самира
    • Самира's Avatar
    • So'z tuzish o'yini
    • Офарин Зизи... Қани суз усталари... Ф.А.Х.Д.
    • Самира
    • muslima1's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari-3 konkursi go'libini aniqlash
    • 14 kishi voz beribdi lekin g'olib hali ham aniq emas, 3 kishida ovozlar soni teng omad kimga kular ekan, 1 kishi balki 1 kishini ovozi barchasi hal qilar ovoz bermaganlar ovoz berishga shoshiling!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Allergik bronxit
    • InshaAlloh hech nima qilmaydi, Alloh shifo bersin deb ichirng, suv ichirsangiz ham shunday deb ichirsangiz Alloh shifo beradi o'zi shundoq ham bilsangiz kerak etdim qo'ydimde😊
    • muslima1

Davomi »