Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Emizish bilan bog'liq muammolar

1. Sut kelmasligi

Bu ko'pchilik onalarni qiziqtiradigan mavzu. Tuqqandan so'ng ko'krakka sut 2-5 kunda keladi. Sut kelishi onaning tug'ish jarayoniga, bola onada nechanchi farzand ekalnligiga, bola ona ko'kragini og'zi bilan qanchalik yaxshi ola olishiga bog'liq.

Quyidagi faktorlar ona suti tezroq kelishiga yordam beradi:

  •  Yengil tug'ish;
  • Bola bilan bir xonada bo'lish;
  • Bolani ko'krakka iloji boricha vaqtliroq va iloji boricha tez-tez keltirish;
  • Butilkadan qo'shimcha ovqatlantirishga yo'l qo'ymaslik (agar sog'liq tufayli talab etilmayotgan bo'lsa);
  • Bola ko'krakni og'zi bilan to'g'ri olishi bo'yicha va umuman emizish bo'yicha emizish mutaxassisidan maslahat olish;
  • Onada yordamchilar borligi (er, qarindoshlar, do'stlar).

2. Bolani qachon ovqatlantirish lozim?

Bolani bola xohlaganda ovqatlantirish lozim. Soatga yoki vaqtingizga qarab emas, balki bolaning ehtiyojiga qarab ovqatlantiring. Ovqatlantirish davomida bola to'ymaguncha ko'kragingizni olib qo'ymang.

3. Ko'krak uchidagi og'riq

Ko'krak uchidagi og'riqning asosiy sababi bu bola ko'krakni noto'g'ri ushlab olishidir. Bola og'zini iloji boricha katta ochib ko'krakni bosh qismini deyarli barchasini og'ziga olib olishi kerak. Bolaning lablari tashqariga qaratilgan bo'lishi kerak.
Ko'kragingiz doim quruq bo'lishi lozim. Sut tomchilayotgan bo'lsa byustgalter ichiga maxsus ko'krak prokladkalaridan qo'yib almashtirib turing. Ko'krak ho'l bo'lmasligini ta'minlang.
Ko'krakni sovun bilan yuvmang, teri qurib yorilib ketishi mumkin. Undan ko'ra emizib bo'lib sutning o'zi bilan yoki maxsus yog' bilan ko'kragingizni parvarish qiling.

4. Bola qorni to'ydimi?

Qorni to'ygan bola kuniga o'rtacha 6-8 marta siyadi.
Qorni to'ygan bola kami bilan 2-3 marta ichi keladi (sarg'ish rangda).
Bola emib bo'lib xursand bo'lib yotadi yoki uxlaydi.

5. Emizilayotgan bolaga qo'shimcha suv yoki vitaminlar kerakmi?

Ko'krak sutini emayotgan bolaga suv ham, vitamin ham kerak emas.

Bolani emizishga homiladorlikdan boshlab ruhan va jismonan tayyorgarlik ko'rish kerak.

 

6. Sut miqdori kam...


Ko'krak sutini ko'paytirish uchun:

  • Bolani soat bo'yicha emizmang, xohlagan vaqtida emizing.
  • Charchamang, charchagan onada sut miqdori kamayishi mumkin, yaqinlaringizdan yordam so'rang.
  • Smesga o'tib ketishing kerak deganlardan o'zignizni olib qoching, butilkaga o'tishga shoshilmang.
  • Bolaga ko'proq vaqt ajrating, uyda mehmonlar ko'payib ketgan bo'lsa, ulardan dam oling, o'zingizni bolaga bag'ishlang.
  • Bola bilan birga uxlang.
  • Emizish davomida bolani tani bilan o'zingiz tanangizni yalong'och holda ushlang.
  • Emizish sonini ko'paytiring, iloji boricha bolaga ko'kragingizni tez-tez berib turing.
  • Sut haqida, bola haqida o'ylang.
  • Bola uxlaganda uxlang, uyqu davomida sut ko'payadi.
  • Bolani emizishda ko'kraklaringizni almashitrib bering.
  • Bolani qo'yningizda quchoqlab, ko'tarib yuring.
  • Emizishdan oldin va emizishdan keyin ko'kragingizni massaj qiling.
  • Emizish davomida bo'shashing: musiqa eshiting, chiroyli xayollar surib qulay o'tiring.
  • O'tdan qilingan maxsus choylardan iching.

7. Ko'krakda sut yig'ilib qolsa-chi?

Iliq dush tagida ko'kragingizni ushlang, yoki iliq vanna qabul qiling.
Maxsus sut sog'gichlardan foydalanib, ortiqcha sutni sog'ib tashlang.
Vrachga murojaat qiling.

Sut yig'ilib qolishi bilan bog'liq og'riqlarda shubha qilayotgan bo'lsangiz, shifokorga uchrang. Ko'krak emizish davrida zaif bo'ladi.

 

8. Birinchi (katta) farzandingiz oldida yangi chaqaloqni emizish qiyin bo'lsa...

Katta farzandlar ko'pincha emizish davomida onasini rashq qiladilar. Shuning uchun emizish payti katta bolangizni ham oldingizga olib unga ertak aytib bering, agar yotib emizsangiz katta farzandingizni ham yoningizga yotqizib u bilan gaplashib yoting.

9. Bola ko'kragingizni tishlasa...

Bola ko'kragingizni tishlasa baqirib yubormay, bolani qattiq bag'ringizga bosing, bola bunday noqulaylik bir necha bor qaytarilgandan so'ng boshqa unday qilmaydi.

10. Emizish payti asabiylashsangiz...

Emizish payti asabiylashmaslik uchun tinchlantiruvchi klassik qo'shiqlar tinglang, bolangiz haqida o'ylang, suv oqishi, chiroyli manzaralarni tomosha qiling, yaxshilik haqida o'ylang, uy yumushlaridan ko'proq dam oling.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ojiz tomoningiz bormi? qanday insonlardan nafratlanasiz, yoqtirmaysiz?
    • Lily
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1
    • Pazandaxon's Avatar
    • Baliqdan taomlar
    • Xa boladi,kraxmal shart emas. Muzlagan baliqni tikoni yo'q bolsa kotlet qilsayiz ham boladi. Shu mavzuni 1-betiga kirsayiz "Baliqli kotlet"bor.
    • Pazandaxon

Davomi »

loading...