Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Emizish davrida yeyish

Agar emizish davrida siz iste'mol qilayotgan mahsulotlardan qaysi biri bolajoningizga zarar keltirishi haqida o'ylansangiz, ushbu svetofor qoidasini eslab qoling.

 

Qizil rang - aslo mumkin emas!


Bu turkumdagi mahsulotlar bolaga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

1. Vino - alkogol 100% bo'lmasada, albatta ona suti bilan bolaga o'tadi.

2. Xom va konservadagi piyoz, sarimsoq, garimdori, mayonez va Tobasko souslari-sut mazasini achchiqlashtirib buzadi.

3. Gorchitsa (mustard), achchiq kofe, achchiq shokolad, ko'k pishloq, har xil hidli qo'shimchalarga boy bo'lgan pishloq - sut mazasini buzadi.

4. Selyodka, dengiz mahsulotlari, ikra - sutni sho'r qiladi.

5. Xom va konservadagi tunets (tuna) balig'i va krevetka-allergiya sabachisi bo'ladi.

Sariq rang - mumkin lekin ehtiyotlik bilan!


Bu turkumdagi mahsulotlarning zarari bo'lmasada, ularni ko'p miqdorda va ehtiyotsizlik bilan iste'mol qilish mumkin emas.

1. Qovun, lavlagi, qatiq, no'xat, o'simlik yog'i - ushbu mahsulotlarning ko'pligi bola qornida og'riq va ichi ketishiga olib kelishi mumkin.

2. Nok, anor, xurmo, guruch, non va pishiriqlar - bola ichini qotirishi mumkin.

3. Sigir suti, apelsin, greypfrut, qora smorodina, tuxum, qizil ikra, baliq, mankali, jo'xo'rili va bug'doyli kashalar-allergik reaksiyalar qo'zg'atishi mumkin.

Yashil rang - xohlagancha iste'mol qilishingiz mumkin!


Bu turkumdagi mahsulotlarni iste'mol qilish ham mumkin, ham foydali.

1. Sabzi, petrushka, ukrop - bola ko'zini yaxshi qiladi.

2. Salat barglari, krijovnik, smorodina - immunitet oshiradi.

3. Kabachok, qovoq, treska balig'i - bola rivojlanishi va o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

4. Tvorog, yogurt - suyak va tishlarni mustahkamlaydi.

5. Kefir, qatiq, ayron, ovsyankali kasha, brokkoli, gulli karam - hazm qilish tizimini yaxshilaydi.

ENG ALLERGIK MAHSULOTLAR:

  • Sigir suti - ayrim bolalarda juda qattiq allergik reaksiyalar qo'zg'atadi. Sutni ozginadan sinab-sinab, bolangizni kuzatib ichiring.
  • Tuxum oqi - haftada bitta tuxum yesangiz yetarli, aks holda bolada allergiya qo'zg'ashi mumkin.
  • Parda pishgan go'sht - agar bolangizda allergiyaga moyilligi bo'lsa, muzlagan go'shtni ishlating, muzlagan go'shtda allergenlar darajasi pastroq bo'ladi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Вақт қадри Анча йиллар илгари, болалигимда отам нимадир иш қилаётганида унинг ёнида ўтиришни яхши кўрардим. Айниқса, отамнинг бирор нимани ушлаб туришимни сўрагани мен учун шарафли юмуш эди. Шу тахлит ота-қиз мириқиб суҳбатлашардик, отам учун қизиқишларим, фикрларим жуда қизиқ эди. У оталар бериши мумкин бўлган энг катта...
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

loading...