Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
emizishdan chiqarish

Bolani ko'krak sutidan ajratish ona uchun ham, bola uchun ham juda yoqimsiz va achinarli holat. Ko'krakdan ajratishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Imkoniyat va xohishingiz bo'lsa, bola sutdan o'zi chiqib ketguncha emizganingiz yaxshi, lekin bu davr kamida 1-2 yilni tashkil qilishi kerak.

Agar ma'lum bir sabablarga ko'ra bolani ko'krakdan ajratishni ko'zlab qo'ygan bo'lsangiz, quyidagi maslahatlar sizga qo'l keladi.

1. Ko'krakdan ajratish jarayonini asta-sekin uzoq vaqt davomiga cho'zib amalga oshiring.

Ko'p o'zbek oilalariga xos bo'lgan odat borki, emizishdan chiqarayoganda bolani buvisiga tashlab ona 3-4 kunga ketadi. Natijada bola ko'krakni bir necha kun ko'rmay, his qilmay emizishdan chiqib ketadi. Hech qachon bunday qilmang.

Birinchidan, buning natijasida ayol organizmi qattiq zarb yeydi. Bir necha oy davomida gormonlar faoliyati tufayli ko'krakda sut ajralib chiqadi. Sut talabga yarasha kerakli miqdorda ajraladi. Lekin birdaniga talab bo'lmay qolganda organizm sut ajralishini tezda to'xtata olmagani sababi, gormonal buzulish, ko'krakda og'riq, mastopatiya va boshqa salbiy oqibatlar yuzaga keladi. Buni oldini olish maqsadida ko'pchilik dori vositalaridan foydalanadi. Lekin sun'iy ravishda dorilar yordamida sut ajralishini to'xtatish ko'krak bezlari faoliyatiga zarar keltirish ehtimoli katta.

Ikkinchidan, bola ko'krakdan ajralayotganidan qiynalishi o'zi bir katta stress bo'lsa, unga qo'shilib yana onasidan ham bir necha kunga mahrum bo'ladi. Buvilarining qo'lida u yig'lamay, o'zini yaxshi tutishi aslida unga qattiq psixologik zarba keltirilganidan dalolat beradi. Keyinchalik u kechalari birdan uyg'onib yig'lashlari, kunduzi o'zini injiq tutishi, asabiy bo'lib qolganini ko'rib hayron bo'lmang.

Eng yaxshisi bolani ko'krakdan asta-sekinlik bilan ajrating. O'sha kunlari ko'krak o'rniga bola sizning mehringizga to'ysin. Boshida kun davomidagi bir emizishni qoldirib ko'ring, keyin ikkitasini, keyin kunda 1 marta faqat emizishga o'ting. Shunda bolani qiynamaslik uchun o'sha payt ko'chaga aylanishga chiqing, bola yaxshi ko'radigan yeguliklardan tayyorlab yediring, bolani qiziqtirib o'yating. Asosiysi bola zerikib qolib ko'krakni eslab qolmasin. Borib-borib faqat kechki uyqudagi emizishlar qoladi. Har bir etap orasida 1-2 hafta muddat bo'lsin. Agar bola qattiq qiynalayotganini ko'rsangiz, ajratish jarayonini 1-2 haftaga suring.
Shunda ayol organizmida ham sut ajralish sur'ati asta-sekin tabiiy ravishda kamayib boradi. Sut yig'ilib qolganda esa uni keyingi emizish vaqti hali uzoq bo'lsa, sog'ib tashlash mumkin bo'ladi.

O'zim ikkala farzandimni shu qoidalarga amal qilgan holda ko'krak sutidan ajratganman. Ajratish vaqti ko'pi bilan 2 oy bo'lgan. Asta-sekinlik bilan bo'lgani uchun bolamda keyin hech qanday qiyinchiliklar yuz bermagan. Bola yoshligida emizish orqali oladigan mehrga to'yib olmasa, keyin uni boshqa joy (shirinlik, televizor ko'rish, qo'l so'rish va hokazo) izlaydi.

2. So'ramasa, taklif qilmang.

Ba'zi bolalar o'yin bilan ovora bo'lib emish haqida unutib qo'yadilar. Shunda qorni ochib qoldi deb o'zingiz taklif qilmang. So'ramaganidan foydalanib, boshqa yeguliklar bilan qornini to'yg'azib qo'ying.

3. Orqaga qadam qo'yishga tayyor bo'ling.

Ba'zida 1-2 hafta davomida kunduzgi emizishlardan butunlay voz kechgan bola birdaniga emishni qumsab qolishi mumkin. Odatda bu holat bola yangi rivojlanish bosqichiga o'tayotganda namoyon bo'ladi. Shunda 1-2 bor kunduzi emizib qo'yganingiz yaxshi. Bu degani yana boshiga qaytish degani emas, shunchaki bola organizmidagi o'zgarishlar davomida unga vaqtincha ko'krak suti ko'rinishidagi kuch berish degani, xolos.

4. Yo'q deyish vaqti ham bor.

Agar bola sizning barcha harakatlaringizga qaramay qo'ymay emizishdan chiqmayotgan bo'lsa, u holda to'g'ri "yo'q" deyishni o'rganing. Masalan, bola emmasdan uxlolmaydi. U holda ko'krak unga bir allalovchi vosita xolos. Siz unga boshqa allalovchi vosita topib berishingiz kerak bo'ladi. Ayiqcha, adasining qo'llari, qo'g'irchoq va hokazolarni bolaga taqdim etib uni allalating. Ko'krakni tinmay so'rayotgan bo'lsa, unga ko'krak ham uyquga ketganini ko'zlariga qarab mehr bilan tushuntiring. Albatta, boshida u yig'laydi, lekin sizning mehringiz, yonidagi yumshoq ayiqcha unga sizning fikringizni tushunishga va qabul qilishga yordam beradi.

5. Bola zerikmasligi kerak.

Ko'pincha 2 yoshdan katta bola uchun ko'krak bir ermakdek bo'ladi. Zerikkan payti u onasini tizzalarida yotib, emib, o'ynashni xush ko'radi. Shuning uchun uni sutdan ajratayotganingizda zerikishiga yo'l qo'ymang. Kun davomida boshqa ishlaringizni bir chetga surib faqat bolajoningiz haqida o'ylang, uni o'ynating. Axir ish qochib ketmaydi, lekin bolaning psixologik salomatligi uning butun umriga kerak bo'ladi.

6. Emizish - yupatish yo'li.

Hech qachon bola yig'laganda yoki bolani yupatish maqsadida unga ko'krak tutqazmang. U o'rganib qoladi. Keyin har yig'laganda emizmagunizcha tinchimaydi. Agar bola shunga o'rganib qolgan bo'lsa, u holda ko'krakdan ajratishdan oldin birinchi shu odatni yo'q qiling. Yiqilib qolib yig'lasa uni erkalab, alaxstirib, o'pib. quchoqlang, asta-sekin bu odati yo'qoladi va sizning quchog'ingizni o'zidan ovunishni o'rganadi. Shundan keyingina ko'krakdan ajratishni boshlashingiz mumkin.

7. Sabr qiling.

Ma'lum bir rivojlanish bosqichi (yurishni, emaklashni boshlash kabi) dan o'tayotgan bolani, shifoxonada yotgan yoki shunchaki kasal bo'lgan bolani aslo emizishdan chiqarmang. Shu paytda bolaga aynan ko'krak suti talab etiladi.

Muhimi bolani ko'krakdan chiqarayotganingizda u ko'kragingiz o'rniga sizning mehringiz va e'tiboringizga to'yib olsin. Shunda katta bo'lganida kichikligida yetarlicha qondirilmagan ehtiyojini qondirish yo'llarini izlamaydi. Psixologik stressiz ko'krakdan chiqqan bolalar katta bo'lganida juda mehribon, odamlarga talpinadigan va xushfe'l bo'ladilar.

Manba: askdsears.com

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ojiz tomoningiz bormi? qanday insonlardan nafratlanasiz, yoqtirmaysiz?
    • Lily
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1
    • Pazandaxon's Avatar
    • Baliqdan taomlar
    • Xa boladi,kraxmal shart emas. Muzlagan baliqni tikoni yo'q bolsa kotlet qilsayiz ham boladi. Shu mavzuni 1-betiga kirsayiz "Baliqli kotlet"bor.
    • Pazandaxon

Davomi »

loading...