Emizish payti homilador bo'lsa..

Katta farzandini emizayotgan ayol homilador bo'lib qolish hollari ko'p uchraydi. Qo'lida 1 yoshga to'lmagan chaqalog'i bor ona emizishni ham to'xtatishni istamaydi, homilasini ham saqlab qolish niyatida bo'ladi. Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?

Ha, mumkin, lekin hammaga ham emas.

Emizish jarayonida ayol gipofizida oksitotsin moddasi ishlab chiqariladi. Bu modda tug'ish jarayonida bachadon mushaklarini qisqarilishini chaqiradi. Lekin homiladorlikning o'rtacha 20 haftasiga qadar bachadon asab toq'imalari oksitotsinga befarq bo'ladilar, shuning uchun bu darvgacha emizishni to'xtatmaslik mumkin. Ammo homiladorlik muammolar (homila tushish xavfi, yo'ldosh patologiyalari yoki homiladorlik yakunlanishiga olib keluvchi boshqa noxush faktorlar mavjudligi) bilan kechayotgan bo'lsa, u holda homiladorlikni saqlab qolish maqsadida bolani emizish mumkin emas.

Ba'zi ayollar homiladorlikning oxirigacha bemalol katta farzandini emizib, yangi chaqaloq tug'ilganda ham ikkalovini birgalikda egizaklar singari emizishda davom etaveradi. Bundan homilaga ham katta farzandga ham hech qanday ziyon bo'lmaydi. Faqatgina homiladorlik kechishini ginekolog yaxshi nazoratga olishi darkor. Homiladorlikda biron bir muammo yuzaga kelsa, emizishni to'xtatish masalasi ko'riladi.

Homiladorlik yaxshi kechayotgan bo'lib, shifokor bilan maslahatlashgan holda emizishni davom ettirishni rejalashtirgan ayol quyidagilarni bilib qo'yani yaxshi:

1. Ovqatlanish tarzi
Homilador ayol to'g'ri va foydali ovqatlanishga muhtoj bo'lsa, emizuvchi ayol ham mukammal ovqatlanishi zarur. Demak, homiladorlik payti emizayotgan ayol uchun ovqatlanish ratsioni juda mukammal, balanslashtirilgan va foydali moddallarga boy bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Asosiysi, ko'p yeyish emas, balki vitamin va foydali mikroelementlarga boy yeguliklardan yeyish hisoblanadi (batafsil bu yerda o'qing).

2. Katta farzand psixikasi
Agar ayol yangi chaqaloq tug'ilganida katta farzandini emizmaslik yo'lini tanlagan bo'lsa, u holda katta farzandni ko'krak sutidan yangi chaqaloq tug'ilguncha asta-sekin ajratish kerak. Muhimi shundaki, katta farzand "Yangi chaqaloq tufayli men ko'krak sutidan mahrum bo'lyapman", degan psixologik stressga duchor bo'lmasligi. Bola kichkina bo'lsa ham, ruhan u hamma narsani tushunadi. Shuning uchun katta farzand ko'krak sutidan ajratilsa ham, unga mehr va e'tibor yanada ko'proq berilishi lozim. Imkoniyat bo'lib, salomatlik tomondan hech qanday qarshiliklar yuzaga kelmasa, katta farzandni 1 yoshiga qadar emizish foydali bo'ladi.

Mashhur AQSH pediatri Searsning fikricha, bolani emizib homilador bo'lib, keyin yangi chaqaloq tug'ilganda ikkala farzandni birgalikda emizishning zarari yo'q ekan.

3. Dam olish
Homiladorlik davri juda mashaqqatli davr. Bu davrda qo'lida yoshi 1ga bormagan farzandi bor ayolga jismonan juda qiyin bo'ladi. Shuning uchun homiladorlik davrida emizishni rejalashtirayotgan ayolga dam olish uchun uyda yetarlicha sharoit yaratib berish darkor. Kerak bo'lsa, uni uy ishlaridan xoli qilish talab etiladi. Axir hozir eng muhimi, katta farzand jismoniy va ruhiy salomatligi va sog'lom homila rivojlanishidir.

Quyidagi holatlar homiladorlik davrida emizishni to'xtatishga sabab bo'lishi mumkin:

  • Homilador bo'lib qolgan ayolning yoshi kattaligi;
  • Ayolda surunkali kasalliklar mavjudligi;
  • Hozirgi va bundan oldingi homiladorlik davrida muammolar yuzaga kelishi;
  • Toksikoz;
  • Gestoz;
  • Analizlar natijasi normadan tashqarida bo'lishi (masalan, gemoglobin darajasi pastligi homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, emizish esa bu ko'rsatkichni yanada pasaytiradi va boshqalar);
  • Ko'krak uchi sezgirligining oshishi (homilador ayol ko'kraklari juda sezgir bo'lib qoladi, bu emizish davomida og'riq va noqulayliklar keltirishi mumkin);
  • Ko'krak suti mazasining o'zgarishi (ba'zi emizayotgan ayollarda homiladorlikning 2 trimestrdan so'ng ko'krak suti mazasi o'zgarishi kuzatiladi, bunda bolaning o'zi ko'krakdan bosh tortishni boshlaydi).

Ba'zi shifokorlar homiladorlik yuz bergani aniqlansa, emizishni darhol to'xtatishni tavsiya qiladilar. Bunday qilishga haqiqiy asos borligiga amin bo'lish kerak. Agar bola 1 yoshdan oshgan bo'lsa, u holda shoshilmasdan bolani qiynamay asta sekinlik bilan sutdan ajratish unga ziyon keltrimaydi. Lekin 1 yoshga to'lmagan chaqaloq ko'krak sutiga, onaning mehrga to'la bag'riga jismonan va ruhan juda muhtoj bo'ladi. Shuning uchun homiladorlik yuz bersa, emizishni to'xtatish yoki to'xtatmaslik haqida qaror qabul qilishdan oldin hamma tomonlarni inobatga olib bir xulosaga kelish zarur.

Manba: askdsears.com

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ovulyatsiya haqida savol va javoblar
    • Bazal harorat menda 37.2 dan boshlanib kotarildi 5 kundan beri olchayapman 37.2 dan 37.5ga kotarildi🤔 normami yo kuchli yaliglanishmi togrisi tushunme qoldim. Orgatilar 😓
    • Ummu Soliha
    • mavluda1492's Avatar
    • Iltimos, maslahat bering.
    • Raxmat Muslima! Sizdan bitta narsa so'ramoq4idim D calsin neo haqida ma'lumotga egamisiz? Doktor wu dorini yozgandi man retseptni yuqotib quydim internetdan ma'lumot chiqmayabdi bu qanday wakldagi calsiy ekanligini bilmayabman qizim suyuq dori i4maydi degandim tabletka ko'riniwidagim yoki bowqa bilolmayamban. Agar dori haqida bilmasangiz bolaga calsiy tabletkasini bersam buladimi
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

loading...