Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
emlash

Ko'pchilik ota-onani vahimaga soladigan AKDS emlash vaksinasi haqidagi asosiy savollarga javob beramiz.

 

AKDS nima degani?

AKDS vaksinasi bu ko'k yo'tal (koklyush), difteriya va stolbnyak kasalliklariga qarshi vaksinadir.

AKDS bilan bola qachon emlatiladi?

Normada bola AKDS bilan 3 oyligida birinchi marta emlatiladi. Keyingi ukol 4.5 oyligida keyingisi 6 oyligida 1.5 oylik interval bilan amalga oshiriladi. Revaksinatsiya bolaning 1.5 yoshligida amalga oshiriladi.

Nega bola chaqaloqligidanoq bunday o'tkir vosita bilan emlatiladi?

Agar bolada emlashga qarshi ko'rsatmalar (bola muddatidan oldin tug'ilgan, asab tizimida patologiyalar va boshqalar) bo'lmasa, u holda emlatishni aynan belgilangan davrda amalga oshirish kerak. Chunki bola ushbu vaksina bilan vaqtida emlatilmay kasallikni yuqtirib olsa, u bilan kurashishga chaqaloq organizmi zaif bo'ladi va masalan, ko'k yo'tal kasalligi natijasida bolada miya zararlanishi yoki invalidlik rivojlanishi mumkin. Albatta ko'k yo'tal, difteriya va stolbnyak bilan kasallangan chaqaloq hayotini asrab qolsa bo'ladi, lekin bola organizmiga bu kasalliklar to'g'irlab bo'lmas zarar keltirib o'tish ehtimoli katta.

Vaqtida qilingan emlatish bolani uch og'ir kasalliklardan himoya qilib turadi.

Shu ta'kidlash lozimki, AQSh va Evropada ishlab chiqarilgan ushbu vaksina bolaning 2 oyligidan boshlab qilinadi.

AKDS vaksinasi nimadan iborat?

Vaksina tarkibida ko'k yo'tal qo'zg'atuvchi o'lik hujayralari, stolbnyak anatoksini va difteriya anatoksini bo'ladi. Muhimi shundaki, chet elllik AKDS vaksinalarida ko'k yo'tal qo'zg'atuvchi modda tarkibida kasallikning hujayrasi mavjud emas.
Tarkibida o'lik hujayra mavjud bo'lgan vaksina bolada og'ir reaksiya qo'zg'atishi mumkin.
AQSh va Evropa vaksinalari odatda bundan mustasno bo'ladi.

Ota-ona bolasini emlatishdan oldin vaksinani tanlash huquqiga ega. Shifokordan o'lik hujayrasi mavjud bo'lmagan vaksina bilan bolani emlatishni talab qilsa bo'ladi. Bu vaksinaning narxi balandroq bo'lgani bilan bola organizmiga reaksiya deyarli qo'zg'atmaydi. Reaksiya bo'lsa, ham juda yengil o'tadi.

AKDS vaksinasiga reaksiya qanday bo'ladi?

Normal reaksiya tana haroratining 37-38 darajagacha ko'tarilishida namoyon bo'ladi. Tana harorati shundan ko'roq ko'tarilsa yoki bolada toshmalar paydo bo'lib boshqa noxush holatlar yuzaga kelsa, bu emlash vositasiga qarshi oddiy o'tib ketadigan reaksiya bo'lmay, balki og'ir asorat paydo bo'ldi demakdir. Har safar bolani emlatishdan oldin shifokor bilan emlatish asoratlari, bolaning salomatligi, bundan oldingi emlatish vositalariga bo'lgan reaksiyalari, allergik holati va boshqa shu kabi masalalar haqida maslahatlashish talab etiladi (Bu haqda bu yerda batafsil o'qing).

Shuni esda tutish muhim! Hech qachon bolani emlatgan joyiga maz, spirt, krem yoki boshqa vositalar bilan kompress qo'yish mumkin emas. Bu ukol joyida yiring paydo bo'lishiga yoki og'riq yuzaga kelishiga, ba'zida esa emlash vositasini organizmda kasallikga qarshi immunitet ishlab chiqarish jarayonini to'xtatib qo'yilishiga olib keladi.

Bolani qay hollarda AKDS vaksinasi bilan emlatish mumkin emas?

  • Agar bolada bundan oldin AKDS vaksinasiga o'tkir asorat kuzatilgan bo'lsa, u AKDS vaksinasi bilan emlatilmaydi. Uning o'rniga tarkibida ko'k yo'talga qarshi vaksina mavjud bo'lmagan ADS bilan emlatilishi tavsiya etilishi mumkin.
  • Bola infeksion kasallik bilan kasallangan bo'lsa;
  • Surunkali kasalligi mavjud bo'lsa (bu borada mutaxassis konsultatsiyasi zarur).
  • Oila a'zolar orasida biron a'zo kasal, yaqin orada ko'chish, sharoit o'zgarishi, maktab yoki bog'cha o'zgarishi umuman bola organizmi uchun stress holati o'rin olgan bo'lsa;
  • Bolada vaksina komponentlariga allergiyasi mavjud bo'lsa;
  • Oldingi olingan vaksina kuchli asorat (tana haroratining 38 darajadan yuqoriroq bolishi, talvasa bo'lishi va boshqalar) bergan bo'lsa;
  • Bolaning asab tizimida patologiyalar mavjud bo'lsa;
  • Bolaning immun tizimida patologiyalar mavjud bo'lsa.

Undan tashqari, agar bola AKDS vaksinasi bilan emlatilishdan oldin ko'k yo'tal kasalligiga uchragan bo'lsa, u holda u AKDS bilan emas, balki tarkibida ko'k yo'tal vaksinasi mavjud bo'lmagan ADS vaksinasi bilan emlatiladi.

Agar bolada allergiya yoki boshqa surunkali kasalliklari mavjud bo'lsa?

Bunday bolalarga emlatishni amalga oshirish masalasini bolani kuzatuvchi mutaxassis va pediatr bilan, kerak bo'lsa, immunolog bilan maslahatlashgan holda hal qilish talab etiladi.

Agar bola emlash muddatida kasal bo'lib qolgan bo'lsa?

Kasal, tana harorati ko'tarilgan bolani emlatish mumkin emas. Undan tashqari tuzalgan bolani ham emlatishdan oldin yaqin orada qanday kasallik bilan kasallangani, shundan qancha vaqt o'tganligi haqida shifokorga xabar berish kerak.

Quyidagi hollarda shifoxonaga borish yoki tibbiy yordam chaqirish talab etiladi:

  • Bolaning tana harorati 38 darajadan yuqori ko'tarilsa;
  • Bolani ko'ngli aynab, qusib, ichi ketayotgan bo'lsa;
  • Bola yo'talib burni oqishni boshlasa;
  • Bolada ota-onani bezovta qiladigan boshqa noxush holatlar paydo bo'lsa.

Bolani emlatishdan oldin ota-onaning bilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar haqida batafsil mana bu maqolamizda o'qing.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka
    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Вақт қадри Анча йиллар илгари, болалигимда отам нимадир иш қилаётганида унинг ёнида ўтиришни яхши кўрардим. Айниқса, отамнинг бирор нимани ушлаб туришимни сўрагани мен учун шарафли юмуш эди. Шу тахлит ота-қиз мириқиб суҳбатлашардик, отам учун қизиқишларим, фикрларим жуда қизиқ эди. У оталар бериши мумкин бўлган энг катта...
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

loading...